Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Kompleks tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 162-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari va Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyet tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov oʻn kun muddatda Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-dekabrdagi 997-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyul,
591-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 591-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot real sektori mahsulotlarini eksport qilish, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishni muvofiqlashtirish; avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralari, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasi bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda hamda barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari hamda Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash.
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish sohasida:
yagona tashqi savdo siyosatining, birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini taʼminlash, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importining hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish sohasida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatni tartibga solishga oid takliflar tayyorlashni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni boʻyicha tashqi savdo hamkorligi sohasida erishilgan bitimlar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi hamda yuritilishini tashkil etish va ushbu bitimlar amalga oshirilishining monitoringini olib borish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflarni baholash;
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarining tashqi savdo aloqalari sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash hamda respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va yoʻnalishlaridan kelib chiqib, jahon bozoridagi konyunktura oʻzgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot institutlari, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishga, axborotni idoralararo ayirboshlashga, xorijiy mamlakatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga, bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bojxona toʻlovlarining toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash yuzasidan bojxona organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va turlari har tomonlama tahlil qilinishini tashkil etish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojxona bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligi usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasini tahlil qilish natijalari inobatga olingan holda ichki tarmoq kooperatsiyasini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, mahalliylashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirishga oid takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus tovarlar eksporti va importiga litsenziyalar berilishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tashqi savdo hamkorligi va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etish taʼminlanayotgani yuzasidan xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatidan ishlab chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlik qilish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan tashqi savdo faoliyati sohasida shartnomalar tayyorlash hamda tuzish masalalari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etish;
b) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi hisobiga eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini maqbullashtirish yuzasidan yagona tashqi savdo siyosatini yuritish boʻyicha iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish hamda shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, eng avvalo, eksport turlarini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, sotishning tashqi bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda belgilangan eksport prognoz koʻrsatkichlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mahalliy tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tashqi bozorlarga kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish;
eksportning asosiy turlari boʻyicha marketing tadqiqotlari hamda marketing va tahliliy sharhlarni, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlarini tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy koʻmaklashish;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, ushbu loyihalar va dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
v) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining hajmlari va tuzilmasini, birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish hisobiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, hududlarga boʻysunuvchi korxonalarni optimallashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan va tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini yaratishga hamda eksportchi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda eksportning belgilangan prognoz parametrlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mintaqaviy darajadagi tashkilotlar va eksportchi korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, ularga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
mintaqalarda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil etishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunishdagi tashkilotlarning va boshqa turdosh tarmoqlarning, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflarni, loyihalarni va istiqbolli rejalarini har tomonlama tahlil qilishni va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, ustuvor loyihalar va dasturlar amalga oshirishi, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha hududiy boʻysunishdagi tashkilotlar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish, ularni moliya va xomashyo resurslari bilan taʼminlash, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
g) meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish sohasida:
meva-sabzavot mahsulotlari jahon bozorlari va mintaqaviy bozorlar konyunkturasini chuqur oʻrganishni muvofiqlashtirish va shu asosda respublika mintaqalarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni va eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksportining oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashayotgan tumanlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning yerlarida tegishli ekinlarni joylashtirish va oʻstirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;
mamlakatimizda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishini, ularni sotishning yangi bozorlarini izlash va oʻzlashtirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, respublikada xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etish, tuziladigan kontraktlar boʻyicha mahsulotlar yetkazib berish hajmlari va geografiyasi monitoringini olib borish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash, ularning faoliyatida paydo boʻladigan masalalarni hal etishda, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarida koʻmaklashish;
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashkil etish, ushbu soha infratuzilmasining yangi ixtisoslashtirilgan obyektlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan sabzavot omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy oʻrab-joylashtirish mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun mamlakatda zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
d) avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:
ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, texnologik liderlar bilan birgalikda yuk avtomobillarining importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarni oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
e) qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini asosan zamonaviy energiyadan samarali foydalanuvchi va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini qayta tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni, texnologik liderlar bilan birgalikda importning oʻrnini bosuvchi yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini optimallashtirishni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy qilinishini, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni koʻrib chiqish va baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis va taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishning istiqbolli rejalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etishni nazorat qilish;
fermer xoʻjaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan lizing asosida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
j) elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiya samarador va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan elektrotexnika sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlar oʻzlashtirilishini, jahonga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun asbob-uskunalar va aksessuarlar chiqarish boʻyicha yangi quvvatlari tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika sanoati, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi samaradorligini yanada oshirishga, ushbu tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va isteʼmol tovarlarining zarur turlari bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
elektrotexnika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini taʼminlash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni koʻrib chiqish va baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturiga muvofiq elektrotexnika sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
z) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
asosan zamonaviy energiyadan samarali foydalaniladigan va energiyani tejaydigan texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻliq boshqa tarmoqlar korxonalarining, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya sigʻimini kamaytirish tarmoq dasturlarini va yonilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
i) paxtani qayta ishlash sanoatini va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish sohasida:
paxtani qayta ishlash sanoatida va toʻqimachilik sanoatida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini toʻqimachilik sanoati tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil qilish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, toʻqimachilik sanoati tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxtani qayta ishlash tarmogʻida, toʻqimachilik sanoatida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
paxtani qayta ishlash sanoatida va toʻqimachilik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish;
paxtani qayta ishlash sanoati, toʻqimachilik sanoati boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
paxtani qayta ishlash sanoati va toʻqimachilik sanoatida korporativ boshqaruvning ishlab chiqarish, investitsiya, marketing jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy metodlarini joriy etishni tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
paxta tozalash va toʻqimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
paxtani qayta ishlash va toʻqimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
paxtani qayta ishlash sanoati va toʻqimachilik sanoati korxonalarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
paxtani qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilishni muvofiqlashtirish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini, shuningdek, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
k) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil qilish;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli oʻrganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash va shu asosda xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
l) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish;
davlat moddiy zaxiralarini jamgʻarish, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilishni tashkil etish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlari va mahsulotlarining sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatini monitoring va tahlil qilish;
m) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Kompleks vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi markaziy apparati, uning boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli tarmoqlarida va hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlariga bevosita rahbarlik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, boshqa tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlarining departament mudirlari, shuʼbalari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlari mudirlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshqaradigan tegishli komissiyalarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Kompleks yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha komissiyalar (kengashlar) faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi va qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
10. Bosh vazir oʻrinbosari:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kompleks vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Bosh vazir oʻrinbosarining oldiga qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
11. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 591-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot real sektori mahsulotlarini eksport qilish, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini tashqi savdo faoliyatini va eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari hamda Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” bajarilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish sohasida:
yagona tashqi savdo siyosatining, birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini taʼminlash, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importining hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish sohasida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatni tartibga solishga oid takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni boʻyicha tashqi savdo hamkorligi sohasida erishilgan bitimlar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda yuritish va ushbu bitimlar amalga oshirilishining monitoringini olib borish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflar ishlab chiqish;
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarining tashqi savdo aloqalari sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash hamda respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va yoʻnalishlaridan kelib chiqib, jahon bozoridagi konyunktura oʻzgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot institutlari, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishga, axborotni idoralararo ayirboshlashga, xorijiy mamlakatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga, bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bojxona toʻlovlarining toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash yuzasidan bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va turlari har tomonlama tahlil qilinishini tashkil etish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojxona bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligi usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasini tahlil qilish natijalari inobatga olingan holda ichki tarmoq kooperatsiyasini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, mahalliylashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirishga oid takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus tovarlar eksporti va importiga litsenziyalar berilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tashqi savdo hamkorligi va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etish taʼminlanayotgani yuzasidan xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatidan ishlab chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlik qilish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan tashqi savdo faoliyati sohasida shartnomalar tayyorlash hamda tuzish masalalari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etish;
b) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi hisobiga eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini maqbullashtirish yuzasidan yagona tashqi savdo siyosatini yuritish boʻyicha iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, eng avvalo, eksport turlarini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, sotishning tashqi bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda belgilangan eksport prognoz koʻrsatkichlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mahalliy tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tashqi bozorlarga kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish;
eksportning asosiy turlari boʻyicha marketing tadqiqotlari hamda marketing va tahliliy sharhlarni, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlarini tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy koʻmaklashish;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish, ushbu loyihalar va dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
v) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining hajmlari va tuzilmasini, birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish hisobiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, hududlarga boʻysunuvchi korxonalarni optimallashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan va tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini yaratishga hamda eksportchi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda eksportning belgilangan prognoz parametrlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mintaqaviy darajadagi tashkilotlar va eksportchi korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, ularga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mintaqalarda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil etishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunishdagi tashkilotlarning va boshqa turdosh tarmoqlarning, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflarni, loyihalarni va istiqbolli rejalarini har tomonlama tahlil qilishni va kompleks ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha hududiy boʻysunishdagi tashkilotlar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, ularni moliya va xomashyo resurslari bilan taʼminlash, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
g) meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish sohasida:
meva-sabzavot mahsulotlari jahon bozorlari va mintaqaviy bozorlar konyunkturasini chuqur oʻrganish va tahlil qilish va shu asosda respublika mintaqalarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni va eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksportining oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashayotgan tumanlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning yerlarida tegishli ekinlarni joylashtirish va oʻstirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;
mamlakatimizda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishini, ularni sotishning yangi bozorlarini izlash va oʻzlashtirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, respublikada xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etish, tuziladigan kontraktlar boʻyicha mahsulotlar yetkazib berish hajmlari va geografiyasi monitoringini olib borish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish, ularning faoliyatida paydo boʻladigan masalalarni hal etishda, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarida koʻmaklashish;
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashkil etish, ushbu soha infratuzilmasining yangi ixtisoslashtirilgan obyektlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan sabzavot omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy oʻrab-joylashtirish mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun mamlakatda zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
d) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tashkilotlarda va hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganishni taʼminlaydi, uning yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokollari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligini hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari va hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda hududlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil qilish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuningdek:
Tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
Iqtisodiyot real sektorining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
Hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish masalalari shuʼbasi;
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Har bir shuʼbaning tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
13. Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan taʼminlanadi.
15. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, mudirning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mudirning oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari kengashlari, idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Departament yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Departament mudirining oʻrinbosari bajaradi.
17. Mudirning oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalar boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Departament mudiri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, ular boʻyicha respublika Hukumatining qarori talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi hujjatlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflarni Departament mudiriga kiritadi;
Departament mudiriga Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
18. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga, mudir oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, mudir oʻrinbosariga shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va mudir oʻrinbosariga shuʼba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, mudir oʻrinbosariga va shuʼba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 591-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralari, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari hamda Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” bajarilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:
ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, texnologik liderlar bilan birgalikda yuk avtomobillarining importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarni oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
b) qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini asosan zamonaviy energiyadan samarali foydalanuvchi va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini qayta tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, texnologik liderlar bilan birgalikda importning oʻrnini bosuvchi yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini optimallashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis va taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishning istiqbolli rejalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish;
fermer xoʻjaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
v) elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiya samarador va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan elektrotexnika sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish, jahonga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun asbob-uskunalar va aksessuarlar chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika sanoati, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi samaradorligini yanada oshirishga, ushbu tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va isteʼmol tovarlarining zarur turlari bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
elektrotexnika tarmogʻi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar, shu jumladan, respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini taʼminlash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va ekspert baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturiga muvofiq elektrotexnika sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
g) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
asosan zamonaviy energiyadan samarali foydalaniladigan va energiyani tejaydigan texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻliq boshqa tarmoqlar korxonalarining, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha takliflarni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya sigʻimini kamaytirish tarmoq dasturlarini va yonilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
d) paxtani qayta ishlash sanoatini va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish sohasida:
paxtani qayta ishlash sanoatida va toʻqimachilik sanoatida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini toʻqimachilik sanoati tovarlari bilan toʻldirish masalalari boʻyicha monitoringni taʼminlash hamda tahlil qilish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining paxtani qayta ishlash sanoati, toʻqimachilik sanoati tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
paxtani qayta ishlash tarmogʻida, toʻqimachilik sanoatida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
paxtani qayta ishlash sanoatida va toʻqimachilik sanoatida texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish;
paxtani qayta ishlash sanoati, toʻqimachilik sanoati boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
paxtani qayta ishlash sanoati va toʻqimachilik sanoatida korporativ boshqaruvning ishlab chiqarish, investitsiya, marketing jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy metodlarini joriy etishni tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
paxta tozalash va toʻqimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirishning ilmiy-texnik darajasini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
paxtani qayta ishlash va toʻqimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish hamda ularning jahon standartlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
paxtani qayta ishlash sanoati va toʻqimachilik sanoati korxonalarida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning talab etilgan turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
paxtani qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda paxta tolasi va lint ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini, shuningdek, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
e) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli oʻrganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash va shu asosda xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;
j) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
davlat moddiy zaxiralarini jamgʻarish, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlari va mahsulotlarining sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatini monitoring va tahlil qilish;
z) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tashkilotlarda va hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tahliliy maʼlumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokollari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishi, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi va ular amalga oshirilishini hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari oʻz vaqtida hal etilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek:
Mashinasozlik va avtomobil sanoati shuʼbasi;
Elektrotexnika sanoati va standartlashtirish shuʼbasi;
Mudofaa sanoati shuʼbasi;
Paxtani qayta ishlash sanoati va toʻqimachilik sanoati shuʼbasi kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
13. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
15. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalarida va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Departament yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
17. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.