Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2019 21.11.2000 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI NAZORAT INSPEKSIYALARI TUZILMASINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-martdagi PF-5690-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlarining joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat tashkil etilishini ta’minladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lini izchillik bilan amalga oshirish davlat nazorati tizimida eng avvalo davlatning nazorat va boshqarish funksiyalarini qisqartirishga, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini cheklashga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlar va usullarni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2001-yil 1-yanvardan boshlab viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari lavozimlari tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, tegishli hududlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ijro intizomini takomillashtirish masalalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nazorat inspeksiyalari apparati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda nazorat bo‘limi deb ataladi) tashkil etilsin va ular bevosita viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysundirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat bo‘limlariga, shaharlar va tumanlar hokimliklarida bosh inspektorlar zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan birgalikda korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshirishlarni tartibga solish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash funksiyalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat bo‘limlarining tuzilmasi va inspektorlarining cheklangan soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga nazorat inspeksiyasi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga (1 va 2-ilovalarga) va 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga (1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 3b, 4 va 4a-ilovalarga) tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 455-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat bo‘limining tuzilmasi va inspektorlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozimlarning nomi‎‏ Shtat birliklarining soni‎‏ Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari ‎‎
toifada bo‘lmagan‎ 1 toifa‎ 2 toifa‎ 3 toifa‎
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bo‘lim boshlig‘i

1‎ 16‎ 15‎ 14‎ 13
Bosh inspektor‎* 1‎ 14‎ 13‎ 12‎ 11‎
yetakchi inspektor‎ 1‎ 13‎ 12‎ 11‎ 10‎

Viloyatlar markazlarida shaharlar hokimliklari

Bosh inspektor‎ 1‎ —‎ 11‎ 10‎ —‎
Etakchi inspektor‎ 1‎ —‎ 10‎ 9‎ —‎

‎‎Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hokimliklari

Bosh inspektor‎ 1‎ —‎‎ 10‎ 10‎ —‎‎
‎‎Qishloq tumanlari hokimliklari
Bosh inspektor ‎ 1‎ —‎ 11‎ 10‎ —‎
‎‎Shaharlardagi tumanlar hokimliklari
Bosh inspektor ‎ 1‎ —‎‎ 10‎ 9‎ —‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ) Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri — 2 tadan
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 9-10-son, 144-modda)