Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.02.1992 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-YILDA DAVLATGA QORA VA RANGLI METALL PARChALARI HAMDA ChIQINDILARINI YETKAZIB BERISh (TAYYORLASh VA TOPShIRISh) BOʻYIChA DAVLAT BUYuRTMASINI TASDIQLASh TOʻFRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilaridan foydalanishning alohida ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutib hamda hamdoʻstlikdagi davlatlar bilan metall mahsulotlari ayirboshlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1992-yilda davlatga qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini yetkazib berish (tayyorlash va topshirish) boʻyicha Davlat buyurtmasi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, davlat konsernlari, korxona va birlashmalar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroqoʻmlari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi metall parchalari va chiqindilarini yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasini oʻz tashkilotlari boʻyicha taqsimlashni “Uzkoopvtormet” respublika kooperativ birlashmasiga oʻn kundan kechikmasdan topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Uzkoopvtormet” RKB (oʻrtoq M.F. Foziyev)ga bir oy muddat ichida respublika tashkilotlari bilan 1992-yil uchun shartnomalar tuzishni tugallash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Uzkoopvtormet” RKB davlat buyurtmasi boʻyicha metall parchalari topshirganlar bilan shu yilning har choragida kelishilgan narx asosida, metall parchalarini buyurtmadan ortiqcha topshirganlar bilan esa shartnomaviy narx asosida hisob-kitob qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat kooperativ qoʻmitasi (oʻrtoq M.M. Mirayubov) va Oʻzbekiston metallurgiya zavodi (oʻrtoq A.M. Anoxin) “Uzkoopvtormet” RKB bilan qora va rangli metallar parchalari hamda chiqindilari topshirish yuzasidan shartnoma tuzgan isteʼmolchilar bilangina metall prokati yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birlashma, korxona va boshqa tashkilotlar tomonidan metall chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz boshqa respublikalarga berish, ayirboshlash, sotish, shuningdek, eksport qilish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son