08.08.2018 yildagi 635-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining oshkoraligini taʼminlash, ularning qonuniy faoliyat olib borish asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
635-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 635-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va oʻrganish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganishlarni oʻtkazishda ushbu Nizomdan boshqacha talablar belgilangan taqdirda, qonun hujjatlari talablariga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom adliya organlari tomonidan vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning ishchi guruhlari tarkibida oʻtkaziladigan oʻrganishlarni amalga oshirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa taʼsir choralari — monitoring qilish, oʻrganishni oʻtkazish davomida yoki ularning natijasi boʻyicha qoʻllaniladigan taʼsir choralari (daʼvo ariza, maʼmuriy bayonnoma va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazorati — nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi) tomonidan qonun hujjatlari va oʻz taʼsis hujjatlariga rioya etilishini, shuningdek, ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring — NNTlarning qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga muvofiq, shuningdek, ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi boʻyicha maʼlumotlarni tizimli ravishda yigʻish, oʻrganish va tahlil qilish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali oʻrganish — adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan ish rejaga muvofiq oʻtkaziladigan oʻrganish. Bunda NNTni ish rejaga qoʻshish uchun asos uning davlat (hisob) roʻyxatidan oʻtkazilganidan yoki oxirgi oʻrganish oʻtkazilganidan uch yil oʻtganligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejadan tashqari oʻrganish — adliya organi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan ish rejasiga kiritilmagan oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnoma — adliya organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish xususida qonunbuzilishni bartaraf etish vakolatlariga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif — adliya organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga kiritiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohnoma — sodir etilishi mumkin boʻlgan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntirish haqida adliya organi tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan kiritiladigan yozma hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya organlari NNTlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga rioya etilishi, shuningdek, ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan nazorat funksiyalari doirasida boshqa oʻrganishlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻrganishlarni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar oʻrganishlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari yoki ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida chiqarilgan adliya vazirining buyrugʻi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarining ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring hamda boshqa NNTlardan olingan maʼlumotlar (hisobotlar) tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTlar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga rioya etilmagan holda oʻtkazilgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejadan tashqari oʻrganish ushbu oʻrganishga asos boʻlgan aniq faktlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrganishlar adliya organi rahbarining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyruqda oʻrganishning maqsad va vazifalari, oʻrganiladigan NNT nomi, oʻrganish davri va uni oʻtkazish muddatlari, oʻrganishni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi, ularning ismi, familiyasi va lavozimi, oʻrganish hujjatlarini umumlashtirish va tahlil qilish vazifalarini amalga oshiruvchi xodimlarning ismi, familiyasi va lavozimi hamda oʻrganish natijasini muhokama qilishga doir masalalar koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrganish toʻgʻrisidagi buyruq oʻrganish oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin qabul qilinadi va shu kunning oʻzida bu haqda adliya organi oʻrganish oʻtkaziladigan tashkilot rahbarini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada oʻrganishni oʻtkazish uchun asos, oʻrganiladigan NNTlar roʻyxati, sohasi, oʻrganiladigan davr va uni oʻtkazish muddati, ishchi guruhi tarkibi koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomaga oʻrganish savolnomasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savolnoma oʻrganish predmetidan kelib chiqib, adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savolnoma oʻrganishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqqa ilova tarzida tasdiqlanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga qarab, oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning asoslantirilgan taklifiga koʻra adliya organi rahbari tomonidan savolnomaga qoʻshimcha masalalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibi kamida ikki nafar xodimdan iborat boʻladi. Bunda bir nafar xodim ishchi guruh rahbari etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻrganish muddati oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh rahbarining asoslantirilgan bildirgisi asosida ushbu muddat adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan oʻttiz kundan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻrganish faqat buyruqda koʻrsatilgan adliya organlari xodimlari tomonidan ish vaqti davomida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrganishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda oʻrganish belgilangan barcha NNTlar faoliyati toʻliq oʻrganilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim sabablarga koʻra, buyruqda koʻrsatilgan NNTlarda oʻrganish oʻtkazilmaganda, bu haqda alohida dalolatnoma tuzilib, asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinishi va bir kunlik muddat ichida oʻrganish ustidan nazorat qiluvchi rahbarga xabar qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻrganishlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari oʻrganishni boshlashdan oldin oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT rahbariga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda, oʻrganishning maqsad va vazifalari bilan tanishtirishi hamda oʻrganish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq va savolnoma nusxasini topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻrganish oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar topshirilgan vaqt oʻrganish boshlangan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortishi oʻrganishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish yoki monitoring oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda guvohlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolariga oʻrganish oʻtkazish uchun hudud va binoga kirishga toʻsqinlik qilinganda, bu haqda oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tomonidan oʻrganish oʻtkaziladigan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi ishtirokida dalolatnoma tuziladi va ular tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqda dalolatnomaga qayd etib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh rahbari shu kunning oʻzida tuzilgan dalolatnomani ilova qilgan holda oʻrganishni tayinlagan adliya organi rahbariga bildirgi taqdim etadi. Adliya organi rahbari ikki kunlik muddatda ushbu bildirgi asosida oʻrganish oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchini tegishli javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishni oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi oʻrganishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish jarayonida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha tegishli bayonnomalarni rasmiylashtirish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonun hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar yuzasidan zarur hollarda adliya organlari oʻrganishni oʻtkazish uchun tegishli tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislar jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻrganish oʻtkazilayotgan tashkilot rahbariga yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tomonidan har kuni oʻrganishning oʻtkazilishi haqida uni ustidan nazoratni olib borayotgan adliya organi rahbariga axborot berib borilishi shart. Bunda adliya organi rahbari axborot bilan tanishib chiqib, oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi aʼzolariga oʻrganish davomida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar va uni samarali amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatma va vazifalarni belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savolnomadagi har bir masala toʻliq oʻrganilishi va maʼlumotnomada qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savolnomadagi masala boʻyicha kamchilik aniqlanmaganda, ishchi guruhi tomonidan bu haqda maʼlumotnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh va NNTlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh oʻrganishni amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan qoʻriqlanadigan sirga rioya qilish sharti bilan oʻrganishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, NNTlarning elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish, NNTlarning hududlari va binolariga kirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida NNT tomonidan ish yuzasidan foydalanishda boʻlgan narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni bayonnoma rasmiylashtirilgan holda olib qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan qonun hujjatlari, ustav faoliyati, taʼsis hujjatlarining buzilishi holati yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun buzilishi holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar boʻyicha zarur hollarda mutaxassislar bilan birgalikda oʻrganish oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT rahbariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazilishi belgilangan NNTlarning barchasida toʻliq va xolisona oʻrganishlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi aʼzolarining bir xonaga joylashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish predmeti boʻlmagan masalalarni surishtirmaslik hamda hujjatlarni talab qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish vaqtini oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT ish vaqti bilan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida aniqlangan har bir qonunbuzilish holatiga qonun nuqtai nazaridan va professional baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT xodimlariga doʻq-poʻpisa qilmaslik, ular bilan xolis, prinsipial va qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib muomala qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazilayotgan NNT xodimlarini qonun hujjatlari normalarini notoʻgʻri talqin qilish va maʼlum boʻlgan faktlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazish bilan qoʻrqitmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishlarni savolnoma asosida olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish ustidan nazorat olib borayotgan rahbarning oʻrganish oʻtkazish bilan bogʻliq topshiriqlari hamda koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish maʼlumotnomalarida koʻrsatilgan faktlarning asosliligiga masʼuliyat bilan yondashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan xizmat va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida oʻrganish oʻtkazilayotgan NNTdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va materiallarni but saqlanishini hamda oʻrganish yakunlangandan soʻng qaytarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh rahbari oʻrganish oʻtkazish davomida quyidagi vazifalarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazilishi belgilangan NNTlarning barchasida toʻliq oʻrganishlar oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolarining bir-biri bilan uzviy aloqadorligi va birligini taʼminlash, ularga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari tomonidan oʻrganish jarayonida mansab suiisteʼmolligiga yoʻl qoʻyilishining oldini olish, oʻrganishning xolisona oʻtkazilishini taʼminlash, maʼlumotnomada aks etayotgan faktlarning asosli ekanligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolarining mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan oʻrganishning borishi toʻgʻrisida oʻrganish ustidan nazorat olib borayotgan rahbarga kunlik axborot taqdim qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijasini umumlashtirish, tahlil qilish hamda uning muhokamasini tashkil qilish, rahbar topshirigʻiga muvofiq oʻrganish natijasi muhokamasida qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻrganilayotgan NNT quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati oʻrganilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolaridan oʻrganish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqni, oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblangan boshqa hujjatlarni talab qilish, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning oʻrganishni oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va oʻrganish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda oʻrganish natijalari boʻyicha shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. NNTlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh aʼzolarining qonuniy talabiga binoan oʻrganishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni oʻrganish obyektlariga kiritishga, ishchi guruh aʼzolariga oʻz vazifalarini bajarishlari uchun koʻmaklashishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻrganish maʼlumotnomasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tomonidan oʻrganish natijasi yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda maʼlumotnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma davlat tilida tuziladi, zaruratga koʻra boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maʼlumotnomaning varagʻi, qoida tariqasida, A4 standart varaq 1,2 qator oraligʻida yozilishi, har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi hamda xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” shriftida va uning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 yoki 14 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma varaqlari izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma, qoida tariqasida, 3 — 10 varaqni tashkil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maʼlumotnoma rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unda ogʻzaki nutq shakllari,eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalarning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maʼlumotnomada oʻzgartirish, chizish, boʻyash yoki tuzatish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomada xatoliklar aniqlangan taqdirda, ushbu xatoliklar oʻrganish boʻyicha ishchi guruh rahbari va oʻrganish oʻtkazilgan NNT rahbari tomonidan koʻrib chiqilib, bartaraf etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maʼlumotnomada yetarli darajada isbotlanmagan, asossiz, taxminiy xulosalar boʻlmasligi lozim. Agarda,oʻrganish davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmasa, bu maʼlumotnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maʼlumotnoma ikki nusxada tuzilib, ularning har biri boʻyicha ishchi guruh rahbari va aʼzolari, oʻrganish oʻtkazilgan NNT rahbari tomonidan imzolanadi va bir nusxasi oʻrganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun oʻrganish oʻtkazilgan NNTda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish oʻtkazilgan NNT rahbari yoki vazifasini bajaruvchi maʼlumotnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiradi va u maʼlumotnomaga ilova qilinadi. Bu holatda maʼlumotnomaning bir nusxasi oʻrganish oʻtkazilgan NNTga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgach unga topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaning bir nusxasi adliya organining oʻrganishni oʻtkazishga masʼul tarkibiy boʻlinmasida ilovalari va asoslantiruvchi hujjatlari bilan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻrganish maʼlumotnomasi imzolanib, oʻrganish oʻtkazilgan NNTga topshirilgan kun oʻrganish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xizmat zarurati tufayli oʻrganish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa nazorat organlariga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻrganishni oʻtkazishga masʼul tarkibiy boʻlinma oʻrganish tamomlangandan soʻng unga tegishli barcha hujjatlarni yigʻma jild shaklida tikishi lozim. Yigʻmajildda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishni oʻtkazish uchun adliya organi rahbarining buyrugʻi nusxasi yoki undan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish savolnomasining tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish davomida tuzilgan bayonnomalar va dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish maʼlumotnomasida aks etgan qonunbuzilish holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar, ularga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarning tushuntirish xatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish maʼlumotnomasi va unga keltirilgan ilovalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari boʻyicha kiritilgan taʼsir choralarining nusxalari va ularning natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganishga asos boʻlgan topshiriqni nazoratdan olish toʻgʻrisidagi adliya organi rahbariga kiritilgan bildirgining asl nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlik ish rejasiga asosan hududiy adliya organlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha maʼlumotnomalar uni taqdim qilishning boshqa qisqartirilgan muddati belgilangan boʻlmasa, oʻrganish tugagan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmasiga taqdim qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻrganish davomida rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar tahlil guruhiga oʻrganish tugallangan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Monitoring oʻtkazish va tadbirlarda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Adliya organining masʼul xodimi NNTning faoliyatiga oid adliya organidagi mavjud hujjatlarni, shu jumladan hisobotlarni, oldin oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma, dalolatnomalarni, aniqlangan qonunbuzilishlar bartaraf qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, monitoring va oʻrganish oʻtkazish maqsadidagi boshqa hujjatlarni oʻrganadi va tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Adliya organining masʼul xodimi NNT tomonidan oʻtkazilgan tadbirlarda ishtirok etish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tuzishi lozim. Maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirda ishtirok etgan adliya organi masʼul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirning nomi va maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirning oʻtkazilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirni oʻtkazish mobaynida aniqlangan qonunbuzilishlar (ular mavjud boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirda ishtirok etgan adliya organi masʼul xodimining imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma tadbir oʻtkazilganidan soʻng bir ish kuni ichida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Adliya organining masʼul xodimi tomonidan monitoring va tadbirda ishtirok etish natijasiga koʻra qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, adliya organi rahbariga taʼsir chorasini qoʻllash yoki NNTni keyingi rejali oʻrganishga qoʻshish yoxud uning faoliyatini rejadan tashqari oʻrganish oʻtkazish yuzasidan taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Taʼsir choralarini koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Adliya organi rahbari monitoring qilish yoki oʻrganish oʻtkazish va tadbirda ishtirok etish natijalariga koʻra besh ish kuni ichida aniqlangan qonunbuzilish holatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibdagi taʼsir choralarini koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, taʼsis hujjatlarini va qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun, shuningdek, ularning aybi bilan davlatga yoki NNTga yetkazilgan moddiy zararni qoplash boʻyicha yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek, ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼsir choralarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiritilgan taqdimnoma muhokama qilinganda adliya organiga majlis oʻtkaziladigan kun haqida maʼlum qilinadi, adliya organi xodimi bu majlisda qatnashishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida taqdimnomalarni koʻrib chiqishning aniq muddati belgilanmagan boʻlsa, taqdimnomada uning koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumot olishning aniq muddatini koʻrsatishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻrganishlarning toʻliq va xolisona oʻtkazilishiga, oʻrganish maʼlumotnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarning asosliligi va ishonchliligiga oʻrganish oʻtkazgan adliya organining masʼul xodimlari shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDA
‎ BAYONNOMA

20____ yil “_____”____________
‎‎_____________________ tumani

Bayonnoma tuzuvchi: ________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

Huquqbuzarning shaxsiga oid maʼlumotlar: ____________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy va vaqti: ____________________________________________________

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

Huquqbuzarlikning mohiyati va uning uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar: _________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

Huquqbuzarning tushuntirishi: _______________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎Ushbu maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizom hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 279 — 281-moddalariga asosan tuzildi
‎‎Bayonnoma tuzuvchi:_________________________________________________________________________________
‎‎‎‎Maʼmuriy huquqbuzar: _____________________________________________________________________________
‎‎Guvohlar: ________________________________________________________________________________________
‎‎Bayonnoma tuzish vaqtida huquqbuzarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va burchlari tushuntirildi:
‎‎‎‎Imzo: ______________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va oʻrganish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MAʼLUMOTNOMA

‎‎Namuna

‎‎20____ yil “_____”____________

Toshkent shahri

‎‎Oʻrganish oʻtkazilgan tashkilot:

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi
Oʻrganish boshlangan sana

01.10.2018-y.
‎‎Oʻrganish tamomlangan sana

10.10.2018-y.
‎‎Oʻrganish oʻtkazish uchun asos

Adliya vazirligining 2018-yil II-yarim yillik ish rejasi 9-bandi, adliya vazirining 2018-yil 29-sentabrdagi 228-um-son buyrugʻi
Ishchi guruh aʼzolarining F.I.O. va lavozimi ‎‎

___________________________ — Adliya vazirligi boʻlim boshligʻi;
‎ ___________________________ — Adliya vazirligi katta maslahatchisi ‎‎
Tekshirilgan davr

‎‎2016-2017-yillar
‎‎Oʻrganish oʻtkazilgan soha

Nodavlat notijorat tashkilotining ustav faoliyati hamda qonun hujjatlariga rioya qilinishi sohasi
Oʻrganishda ishtirok etgan tashkilot xodimi‎‎

Tashkilot yuriskonsulti F.Aliyev
Jalb qilingan mutaxassis

‎‎Davlat soliq qoʻmitasi xodimlarini jalb qilish boʻyicha xat kiritilgan.

‎‎Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) ushbu yoʻnalishdagi faoliyati 2014-yilning sentabr oyida oʻrganish oʻtkazilgan.
‎Oʻrganish Uyushma xodimlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tanlab olib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshirildi.
‎Uyushma ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

‎‎Jumladan, _______________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, Uyushma faoliyatida muayyan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Xususan, _________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎kabi qonun talablariga amal qilinmaganlik holatlari aniqlandi.

‎‎‎‎Oʻrganish natijasi boʻyicha quyidagilar tavsiya etiladi:

‎‎‎‎ushbu maʼlumotnomada koʻrsatib oʻtilgan qonun hujjatlari talablariga zid boʻlgan Uyushma buyruqlarini qisqa muddat ichida qonunchilikka muvofiqlashtirish choralarini koʻrish;
‎“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etish.

‎‎‎‎Maʼlumotnomani tuzdik:
‎‎Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi ‎‎
‎________________
‎‎‎‎Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi katta maslahatchisi ‎‎
‎________________

‎‎Maʼlumotnoma bilan tanishdim, eʼtirozlarim ____________________ (mavjud yoki mavjud emas) va bir nusxa oldim:

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari ‎“Hunarmand” uyushmasi raisi
‎________________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 09/18/635/1684-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)