07.08.2018 yildagi 622-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini taʼminlash, elektron davlat xizmatlari koʻrsatishning yagona tizimini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi tub demokratik islohotlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining yanada ochiqligi va shaffofligini taʼminlashni, ularning jamoatchilik bilan aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga oid vazifalarni amalda roʻyobga chiqarish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini yanada takomillashtirish, axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga aholining munosabatini tizimli oʻrganish boʻyicha rolini kuchaytirish, roʻy berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining oʻz vaqtida va doimiy ravishda munosabat bildirishini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi (keyin oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq, Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “yoʻl xaritasi” deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼuliyat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
622-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 622-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda davlat organlarining virtual makonda ishtirokini taʼminlash, elektron davlat xizmatlari koʻrsatishning yagona tizimini rivojlantirish, davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati tizimida yangi institut — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, joylarda esa Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar bilan ularning eng muhim muammolarini hal etish boʻyicha samarali hamkorlik tizimiga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadal rivojlanayotgan milliy axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining yangi axborot texnologiyalarini faol qoʻllash hisobiga davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro tezkor aloqa oʻrnatishini taʼminlamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi, rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining yanada ochiqligi va shaffofligini, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik bilan faol hamkorlikni taʼminlash borasida bir qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, Internet jahon axborot tarmogʻidagi (keyingi oʻrinlarda Internet deb ataladi) milliy axborot resurslari mamlakatning innovatsion rivojlanish yoʻliga, raqamli jamiyat va iqtisodiyotga oʻtish, axborotlashgan jamiyat shakllanishi bilan bogʻliq muhim vazifalarni amalga oshirishga yetarli darajada xizmat qilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga aholining munosabatini tizimli oʻrganish, roʻy berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining oʻz vaqtida va doimiy ravishda munosabat bildirishini samarali tashkil etish borasidagi faoliyati hozirgi kun talablariga toʻla javob bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi ishlar yangicha innovatsion yondashuvni talab etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, Oʻzbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”ni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining biznes va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi yetarli darajada rivojlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, aholining axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, sohada ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, xalqaro axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda qoʻshimcha choralar belgilash talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga oid vazifalarni amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi ishtirokini yanada takomillashtirish, axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga munosabatini tizimli oʻrganish, roʻy berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining oʻz vaqtida munosabat bildirishini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Konsepsiyaning asosiy vazifalari va tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish, Internet tarmogʻini fuqarolar, jamiyat hamda davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda ularning barqaror ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi maʼlumotlar bilan boyitish, global virtual makonda milliy axborot mahsulotlarini keng tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan muloqotning va ikki tomonlama aloqaning faol va samarali shakllarini joriy etish, ayniqsa, qarorlar qabul qilishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, rejali hamda reprezentativ axborot-kommunikatsiya aloqalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimiga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha keng miqyosli ishlarni izchil davom ettirish va ularni yangi bosqichga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hamda uning iqtisodiyoti, ijtimoiy va gumanitar sohalarda zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy sharoitlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi ishtirokini, aholining axborotdan va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni koʻpaytirish, sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes vakillari va aholining raqamli iqtisodiyot makonini shakllantirishdagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va ularning raqamli texnologiyalardan keng foydalanish samaradorligiga ishonchini oshirishga qaratilgan tashkiliy shart-sharoitlar yaratish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual makondagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish, axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, jamiyat va davlat faoliyatida raqamli texnologiyalarni, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat axborot tizimlari va resurslarini, shuningdek, Internet milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsepsiya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarining ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama aloqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yoʻnaltirilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot makonining birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga axborot va bilim qadriyatlarini singdirish, mamlakatning innovatsion rivojlanishi va jahon “raqamli hamjamiyati”ga integratsiyalashuvi, “raqamli iqtisodiyotga” oʻtishiga xizmat qiladigan veb-resurslarni shakllantirish, ularni tijoratlashtirish hamda tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internetda milliy segmentni gʻoyaviy-mafkuraviy jihatdan boyitish, foydalanuvchilar, eng avvalo, yoshlarning zamonaviy talab va ehtiyojlariga mos boʻlgan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlar, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish hamda Internet jurnalistikasini taraqqiy ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining zamonaviy veb-resurslarini fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes tuzilmalarning intellektual va axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internetda iqtisodiyot, taʼlim, fan va texnika, sogʻliqni saqlash, madaniyat, huquq va boshqa sohalarga oid taʼlim muassasalari oʻquv dasturlari bilan uygʻunlashgan zamonaviy axborot resurslari salmogʻini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internetda mahalliy va xorijiy investorlarni mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, islohotlarni amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlar, axborot-tahliliy va statistik maʼlumotlar bilan taʼminlashga xizmat qiladigan Investitsiyaviy va boshqa portallarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internetning global va milliy segmentini rivojlantirish tendensiyalarini doimiy ravishda oʻrganib borish, veb-resurslar kontentini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, Internetda yurtimizda yaratilayotgan milliy axborot resurslarini yanada ommalashtirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet manbalarini oʻzbek tilidagi adabiyotlar bilan toʻldirish boʻyicha choralar-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, jahon adabiyoti durdonalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish, mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyotining ilgʻor namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet ellarda oʻrganish ishlarini tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tarmoqlardagi milliy kontentni yanada boyitish va ularning xorijiy axborot resurslari, Internetga kirib borishini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligi va mazmundorligini oshirish evaziga foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat ichki va tashqi siyosatini hamda iqtisodiy ustuvorliklarini samarali amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, milliy brendlarni yaratish, mahsulot va xizmatlarni dunyo va mintaqa bozorlariga olib kirishga yoʻnaltirilgan axborot, axborot-tahliliy resurslarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning ijobiy imijini rivojlantirish, dunyo reytinglarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar taraqqiyot borasida mamlakat koʻrsatkichlari darajasini koʻtarishga xizmat qiladigan axborot kontentini qoʻllab-quvvatlash va shakllantirish sohasida ijtimoiy sheriklikni hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, tizimli muloqotini taʼminlash va axborot-kommunikativ aloqalarini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikka davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida tizimli ravishda axborot berib borish, aholining ochiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari va aholining oʻzaro hamkorligida, avvalambor joylardagi dolzarb muammolarni hal etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda samarali qarorlar qabul qilish tizimini yaratishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda, ayniqsa, joylardagi dolzarb muammolarni hal etish, ochiqlik va shaffoflikka asoslangan qarorlar qabul qilish tizimini yaratishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari va aholining oʻzaro hamkorligini tashkillashtirishda innovatsion yondashuvlarini tatbiq etish. Jumladan, bu borada qonun loyihalarini aholi keng qatlamlari ishtirokida jamoatchilik muhokamasi va ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish tizimini rivojlantirish, Internetda maxsus “maydoncha”lar yaratish hamda aholiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga oid qabul qilingan va qilinayotgan qarorlarni tushuntirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasida aholi bilan oʻzaro taʼsirchan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va qabul qilinayotgan qarorlar haqida jamoatchilik fikrini oʻrganish va monitoring olib borish borasida samarali ijtimoiy sheriklikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ochiq kollegial yigʻilishlarida mansabdor shaxslarning faoliyatiga oid va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan axborotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir koʻcha, mahalla, tuman, shahar va mintaqa boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, ularning natijalari boʻyicha aholining aniq fikr va mulohazalarining “ijtimoiy xaritalari”ni tuzish, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal qilish va mintaqani sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan uzviy aloqa qilishning koʻpkanalli axborot-kommunikatsion tizimining zamonaviy shakllarini (xususan, jonli efir orqali muloqot, ekspert kengashlari ishini tashkil qilish va shu kabilar) amaliyotini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, elektron hukumat tizimiga, shu jumladan, axborotlashgan jamiyat va raqamli iqtisodiyotni qaror toptirishga koʻmaklashish maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ichki bozorini rivojlantirish, davlat elektron va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot va resurslar tizimini, idoralararo elektron hamkorlikni, yagona elektron reyestrlar va “yagona darcha” tamoyili asosida elektron va virtual davlat xizmatlari tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash, Internetga mamlakatning har bir hududidan kirish imkoniyatlarini “oxirgi mil” tamoyili asosida kengaytirish, multiservis aloqa tizimini, mobil aloqa bozori, telekommunikatsiyalarning boshqa zamonaviy xizmatlari hamda logistika va pochta xizmatlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat aʼzolari hamda biznes sohasi vakillari bilan oʻzaro hamkorlikda maʼmuriy toʻsiqlarga barham berish, hujjatlar qogʻoz shaklida aylanishini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yaqin kelajakda ushbu biznes segmentini rivojlangan davlatlar darajasiga koʻtarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy raqobatbardosh va eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmini tatbiq etishni ragʻbatlantirish, tegishli qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy axborot tizimida axborot xavfsizligini taʼminlashni takomillashtirish, uning axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, dasturiy mahsulotlari va tarmoqlarini himoya qilishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shaxsiy va biometrik maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlashning himoyalangan texnologiyasini keng qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”, iqtisodiyoti, ijtimoiy, sotsial va gumanitar sohalarini biznes va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot sohalarining raqamli transformatsiyasiga erishish, milliy IT-industriyani rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali raqamli iqtisodiyotning oʻsishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar, biznes va davlatning global iqtisodiyot va ochiq bozorlardagi ishtiroki, raqobatbardoshligi va muvaffaqiyatga erishishini taʼminlash maqsadlarida raqamli tizimlar standartlari, platformalar va infratuzilmalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va sanoatni raqamlashtirish siyosatini tizimli amalga oshirish va buning evaziga yangi raqamli ish oʻrinlari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy intellektual tizimlarni joriy qilish, aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, ijtimoiy himoya qilish, taʼlim, kommunal xizmat, turizm sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, aqlli va xavfsiz shaharlar va mintaqalar texnologiyalarini barpo qilish orqali aholining turmush darajasini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini global raqamli makon shakllanishi sharoitida mamlakatning texnologik raqobatbardoshligini taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda belgilash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʻrsatish sohalarini tashkil qilishga raqamli iqtisodiyot yutuqlari va global raqamli makon shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini inobatga olgan holda samarali innovatsion yondashuvlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy “qattiq raqamli infratuzilmalar”ni, xususan, keng maydonda qayd etiladigan telekommunikatsion infratuzilma va mobil aloqa infratuzilmalarini, raqamli televideniye va radio, Internet buyumlar, shuningdek, hisoblash infratuzilmasi, maʼlumotlarni virtuallashtirish va saqlash, kiberxavfsizlik infratuzilmasi, maxsus infratuzilmalarni rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy “yumshoq raqamli infratuzilmalar” — identifikatsiya va ishonch infratuzilmalari, ochiq maʼlumotlar, interoperabellik, blokcheyn, elektron hisoblagichlar va tranzaksiyalar, elektron tijorat, davlat xizmatlari, turmush farovonligini taʼminlash (tibbiyot, taʼlim, transport va boshqalar)ni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy raqamli iqtisodiyot xavfsizligini hamda mamlakatning global raqamli iqtisodiyot va global raqamli makon shakllanishi jarayonlarida samarali ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda mavjudligini taʼminlash, aholining axborotdan, raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalarni ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat xizmatlari sifatini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlarining strategik va loyihaviy boshqaruv, menejment, marketing, axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya sohalarida malakasini tizimli ravishda oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni joriy etish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va ularning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun oliy taʼlim muassasalari bazasida oʻquv kurslari tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar uchun raqamli dunyo afzalliklari va imkoniyatlaridan keng foydalanishni taʼminlash, inson kapitalini rivojlantirish, raqamli sanoat va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar rivojlanishi surati va oʻzgarishlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tashuvchilar va kompyuter texnologiyalari, virtual kutubxonalar, optimallashtirilgan oʻquv-metodik kompleks va boshqalar yordamida virtual taʼlim tizimi — yagona axborot-taʼlim makonini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining malaka oshirish va raqamli ekotizim interaktiv makonga tegishli boʻlgan raqamli iqtisodiyot talablariga ijtimoiy moslashuvchanligi masalalarini uzluksiz oʻrganib borish, raqamli ishchi muhit va bilimlar jamiyati talablaridan kelib chiqqan holda kishilarning bilim va malakasini oshirish, insonning butun hayoti davomida taʼlim tizimida raqamli vositalardan keng foydalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh iqtidor egalarini aniqlash va ularning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishda chuqur oʻylangan, ilgʻor fan yutuqlariga tayanadigan innovatsion usullarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) global virtual va raqamli makonni shakllantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlatni raqamlashtirish borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur oʻrganish va amaliyotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning global raqamli iqtisodiyot va global raqamli makon taraqqiyoti jarayonlarida samarali ishtirok etishini taʼminlash maqsadida ikki tomonlama va koʻp tomonlama strategik xalqaro munosabatlarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilgan holda milliy IT-infratuzilmasini hamda uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tekshirish muassasalari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida xalqaro texnik standartlarni tatbiq qilishni tashkil etish va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning xalqaro ijobiy imijini ilgari surishda “ochiq diplomatiya” vositalaridan keng foydalanish, avvalo, milliy va xorijiy ekspertlar jamiyatlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan manzilli axborot hamkorligini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib milliy qonunchilikni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 622-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirning nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish

1.

Virtual makonda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari zaxiralaridan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2018-yil
dekabr

Matbuot va axborot agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

“Vikipediya” internet-ensiklopediyasini Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirish, shuningdek, “Vikipediya”ning oʻzbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish boʻyicha koʻngillilarni jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Ijrochilarning qoʻshma rejasi

2018-yil
noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

3.

usport.uz loyihasi doirasida doimiy ravishda yangilanib turadigan sportchilar va Oʻzbekistonda mavjud yangi sport turlari haqida maʼlumotlar bazasini yaratish.

Ijrochilarning qoʻshma rejasi

2019-yil

mart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Sport federatsiyalari

4.

“Safar kompasi” axborot tizimini maʼlumotlar bilan toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va loyihani Internetda yanada ommalashtirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

Doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Butunjahon Internet axborot tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi haqida maʼlumot berishga qaratilgan “Virtual dunyoda Oʻzbekiston muzeylari” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2018-yil

avgust

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

6.

Virtual makonda Oʻzbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, maxsus portallarni mahalliy va xorijiy investorlarni Oʻzbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy-gumanitar sohalariga investitsiya kiritishga jalb etishga qaratilgan axborotlar bilan toʻldirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

noyabr

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
I�tisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Markaziy bank,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Fanlar akademiyasi, tadqiqot va tahlil markazlari

7.

Jahonga taniqli diniy arboblarning radikalizm, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini ochib beruvchi fikrlarini toʻplash, tarjima qilish va diniy-maʼrifiy veb-saytlarga joylashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni

2018 — 2021

yillar mobaynida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Islom sivilizatsiyasi markazi
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro markaz,
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti

8.

Butunjahon Internet axborot tarmogʻida mualliflik huquqiga amal qilgan holda badiiy, hujjatli, madaniy-maʼrifiy filmlarni joylashtirib bo�ish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar rejasi

Doimo

“Oʻzbekkino” milliy agentligi,
Intellektual mulk agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Oʻzbekistonning global virtual makondagi turistik salohiyatini taʼminlash, turizm sohasida faol reklama va axborot siyosatini olib borish, boy tarixiy-madaniy merosni keng targʻib qilish, mamlakatning turistik imijini rivojlantirish, milliy turistik mahsulotlar va brendlarni xalqaro turistik bozorlarga jalb etishga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan — your dreams”, “Oʻzbekiston — orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “Gʻaroyib Oʻzbekiston” va hokazo) loyihalarini amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil

yanvar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

10.

Global virtual makonda Oʻzbekistonning kitob mahsuloti, xususan, jahon adabiyotining durdona asarlarini tarjima qilish va chop etish, oʻzbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish, mamlakat hududlarida va chet ellarda kitob doʻkonlari tarmogʻini yanada rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma ish rejasi

2018-yil

sentyabr

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

11.

Oʻzbekiston arboblari (arboblar.uz) loyihasi kontentini maʼlumotlar bilan toʻldirish. Ijtimoiy tarmoqlarda arboblar haqidagi maʼlumotlarni ommalashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

“Oʻzbekkino” MA, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

12.

Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning jahon reytinglarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar rivojlanishdagi oʻrnini izchillik bilan oshirib borish, jahon va mintaqa bozorlarida milliy brendlarni targʻib etish sohasida ijtimoiy va davlat-xususiy hamkorligini tashkil qilish boʻyicha kompaleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Ijrochilarning qoʻshma chora-tadbirlar dasturi

Doimo

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
“Oʻzbekkino” MA,
Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, tizimli muloqotini taʼminlash va axborot-kommunikativ aloqalarini kuchaytirish

13.

Milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rasmiy sahifalarini yanada faollashtirish va rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida ularning faoliyatini keng yoritishga axborot xizmatlarini jalb qilish.

Idoraviy dasturlarni qabul qilish

2018-yil
sentyabr

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

14.

Ijtimoiy, ilovali texnologiyalar, maʼlumotlar tahlili texnologiyalari, Internet buyumlarni davlat boshqaruvi tizimiga keng joriy qilishga qaratilgan davlat sektorining unumli faoliyatini taʼminlash, shu jumladan, davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllash, egalik huquqlarini roʻy�atdan oʻtkazish.

Idoralararo rejalarni qabul qilish

2018-yil
oktyabr

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

15.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini raqamlashtirish, davlat xizmatchisining raqamli ish joyini tashkil qilishning tegishli texnologik konsepsiyasi boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va joriy qilish.

Idoraviy dasturlarni qabul qilish

2018-yil
noyabr

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

16.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, aholi bilan, eng avvalo, joylarda muhim masalalarni hal qilishda samarali qaror qabul qilish, ularning ochiqligi va shaffofligiga innovatsion yondashuvni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Qonun hujjatlari loyihalarining ijtimoiy muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi tizimini keng qoʻllash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning masʼul mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli qarorlarini aholiga tushuntirish.

Idoraviy dasturlarni qabul qilish

2018-yil
avgust

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

17.

Nodavlat notijorat tashkilotlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan Internet va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning amal qilishi boʻyicha aholi bilan amaliy va samarador aloqani tashkil qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish va monitoring olib borish.

Idoraviy hujjatlar

2018-yil
avgust

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

18.

Jamoatchilik bilan aloqalarni zamonaviy koʻrinishda rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini amalga oshirish, aholi bilan ochiq muloqotning yangi taʼsirchan mexanizm va usullarini joriy qilish.

Chora-tadbirlar dasturlari

2018-yil
avgust

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

III. Davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish

19.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash, “oxirgi mil” tamoyili asosida Internetga kirishni kengaytirish, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2018-yil
avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va �doralar

20.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot tizimlari va resurslari, idoralararo elektron aloqa, yagona elektron roʻyxatga olish va maʼlumotlar bazalari, elektron va virtual davlat xizmatlari tizimlarini “yagona darcha” tamoyili asosida rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2018-yil
avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Yangi dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatishni keng joriy etish, jamiyat va biznes uchun ortiqcha maʼmuriy xarajatlarni bartaraf etish, hujjat ishlarini qisqartirish.

Ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish

2018-yil

sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sharoitlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini keng joriy etish, zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini tashkil etishga qaratilgan seminarlar tashkil etish.

Seminarlar rejasi

2018-yil
dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, tarmoqlarni himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik maʼlumotlarni xavfsiz toʻplash
va saqlash uchun texnologiyalarni keng qoʻllash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

24.

Qishloq xoʻjaligi sektorini raqamlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, qishloq yoshlarining noqonuniy mehnat migratsiyasini qisqartirishga qaratilgan qishloq infratuzilmasi, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, innovatsiyalar, nanotexnologiyalarni qoʻllagan holda yangi ish oʻrinlari tashkil etishni targʻib etishga qaratilgan portal tashkil qilish va uni muntazam ravishda axborot-tahliliy maʼlumotlar, foto va video materiallar bilan boyitib borish.

Portal tashkil qilish

2018-yil
dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Oʻzbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”, uning iqtisodiyoti, ijtimoiy, sotsial va gumanitar sohalarini biznes va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligida rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish

25.

Qattiq va yumshoq raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni ishlab chiqish, ularni tarqatish va oʻlchash bosqichlarini aniqlash, davlat-xususiy hamkorlikning tegishli modellarini yaratish va zarur investitsiyalarni jalb qilish.

Taraqqiyot dasturi

2019-yil
fevral

Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlari

26.

Taʼlimni raqamlashtirishga qaratilgan taʼlim muassasalari va oʻquvchilarining umumiy foydalanishlari uchun interf�ol va multimedia kontentini qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim resurslari va raqamli platformalarni, shu jumladan, taʼlim muassasalarining asosiy jarayonlari uchun avtomatlashtirish vositalarini yaratish;

raqamli oʻquv muhitini yaratish uchun innovatsion kompyuter, multimedia va kompyuterga asoslangan oʻquv qoʻllanmalari va jihozlarini ishlab chiqish va joriy etish (multimedia sinflari, laboratoriya STEM-markazlari, inklyuziv sinflar, aralash sinflar);

talabalar uchun barcha darajadagi oʻquv yurtlarida sinf xonalari va auditoriyalarda keng polosali Internet tarmogʻidan foydalanishni tashkil etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivoj�anish vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

27.

Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan axborot, aloqa va raqamli texnologiyalar yordamida bemorlar, tibbiyot xodimlari va muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni taʼminlash, tibbiy hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish, tibbiy va tegishli xizmatlarni raqamlashtirish;

Fuqarolarga masofadan tibbiy yordam koʻrsatish va shifokorlarning, ayniqsa, qishloq joylarda faoliyat yuritishini taʼminlash uchun teletizimlarni joriy etish;

tibbiy yordam koʻrsatish tizimining sifati, samaradorligini oshirish, onlayn-diagnostikani tashkil etish, inson salomatligi holati doimiy monitoringini olib borishning datchiklar va sensorlari, Internet vositalarni rivojlantirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi

2018-yil

dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

28.

Internetda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish odob-axloqi boʻyicha davlat organlarining axborot xizmatlari uchun tavsiyalar tayyorlash.

Tavsiyalar tayyorlash

2018-yil
dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

29.

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining axborot xizmatlari faoliyati monitoringini olib borish va tegishli tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumot tayyorlash

Har chorakda

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

30.

Davlat organlari faoliyati ochiqligi, axborot xizmatlarining davlat ichki va tashqi siyosatini keng ochib berishi boʻyicha faoliyat samaradorligini oshirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati ochiq va oshkoraligi, axborotdan erkin foydalanishni taʼminlash.

Idoraviy dasturlar

Doimiy

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari

31.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallarga (voqea-hodisalarga) davlat organlarining oʻz vaqtida javob qaytarishi mexanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil

mart

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar �azirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

Turizm sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sayyohlar, ayniqsa, yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish;

mintaqaviy va hududiy miqyosda “aqlli” sayyohlik yoʻnalishlari (Smart Tourist Destination)ni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

virtual turlarni yaratish, 3D-modellash, sayyohlik obyektlariga veb-kameralar joylashtirish, QR-kodlar, RFID-belgilar, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish, sayyohlarning toʻgʻrilik va elektron kartochkalar dasturini kiritish; sayyohlik joylari va dam olish maskanl�rida sayyohlik uchun mobil ilovalar (qatnov yoʻnalishi xaritasi, audiogid, geolokatsiya) yaratish; muzeylarni raqamlashtirish (koʻp tilli elektron kataloglar, virtual va kengaytirilgan voqeliklar, audio va video qoʻllanmalar)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi

2019-yil
fevral

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

V. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi mavjudligini taʼminlash, aholining axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

33.

Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda axloq qoidalari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash, turli axborotlarni toʻgʻri qabul qilish qobiliyati boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish, Internet jahon axborot tarmogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarning oldini olish.

Seminarlar va amaliy chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi

34.

Davlat organlari axborot xizmatlari mutaxassislariningaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari, r�qamli texnologiyalardan foydalanish, virtual dunyo imkoniyatlaridan keng foydalangan holda jamoatchilik bilan aloqalarni samarali tashkil etish boʻyicha malakalarini muntazam oshirishni tashkil etish.

Oʻquv kurslarini tashkil qilish

Doimiy ravishda

Bosma OAV fondi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

35.

Yosh dasturchilar maktablari, xususan, AKT maktabi faoliyatiga koʻmaklashish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

36.

Shaharlar va aholi punktlarida aqlli shaharlar modelini (raqamli texnologiyalar, Internet tarmogʻidan foydalanish, “yashil” texnologiyalar, “smart-tarmoqlar” va boshqalardan foydalangan holda) yanada rivojlantirishga qaratilgan tegishli shaharlar “yoʻl xaritalari”ni shakllantirish va shaharlar loyihalarini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlashning asosi sifatida milliy “yoʻl xaritalari” va raqamli transformatsiyalash freymvorkini ishlab chiqish;

dunyoning rivojlangan mamlakatlari, “aqlli” shaharlari tajribalaridan kelib chiqib, aqlli shahar konsepsiyasining milliy platforma-katalogini tashkil etish;

aqlli shaharlarni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy qilish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va chora-tadbirlar rejasi

2019-yil
fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

37.

Diniy va maʼrifiy mazmundagi axborot resurslarini koʻpaytirish va ommalashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimo

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK

38.

Istiqbolli texnologiyalar va mahsulotlarni kiritish boʻyicha iqtisodiyot va sanoat ishlab chiqarishida 4.0 sanoati texnologik konsepsiyasi modelini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlar oʻtkazish.

Tadqiqotlar oʻtkazish

Doimo

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

VI. Global virtual va raqamli makonni shakllantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro axborot makonida Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish

39.

Internet axborot tarmogʻining milliy segmentida axborot mahsulotlarini tarqatishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning samarali mexanizmlarini yaratish va qoʻllash.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimo

Intellektual mulk agentligi,
“Oʻzbekkino” MA,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

40.

Raqamli sanoatni rivojlantirish, soliq sohasini raqamlashtirish, milliy qonunchilikni naqd pulsiz toʻlovlar va hisob-kitoblar sohasida xalqaro qonunchilik normalariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash

Doimo

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Markaziy bank,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

41.

Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi va imijini oshirish, shu jumladan, Internet va raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash orqali Oʻzbekistonning milliy brendini jahon bozorida faol ragʻbatlantirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori va amaliy rejasi

Doimo

Tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

42.

Mahalliy mahsulotlarning jozibadorligini oshirish, eksportni ragʻbatlantirishni hisobga olgan holda uni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan, “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida oʻzbek mahsulotlarining virtual koʻrgazmalarini oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilish bayoni

2019-yil
mart

Tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

43.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonunchilik, institutsional va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish, biznes tuzilmalar va fuqarolar tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, talab va ehtiyojlarni shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash

2019-yil
yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/622/1637-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)