1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirning nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Ijro uchun mas’ullar |
|
I. Axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish | ||||
|
1. |
Virtual makonda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari zaxiralaridan ommaviy foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2018-yil |
Matbuot va axborot agentligi, |
|
2. |
“Vikipediya” internet-ensiklopediyasini O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirish, shuningdek, “Vikipediya”ning o‘zbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish bo‘yicha ko‘ngillilarni jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qo‘shma rejasi |
2018-yil |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
|
3. |
usport.uz loyihasi doirasida doimiy ravishda yangilanib turadigan sportchilar va O‘zbekistonda mavjud yangi sport turlari haqida ma’lumotlar bazasini yaratish. |
Ijrochilarning qo‘shma rejasi |
2019-yil mart |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
4. |
“Safar kompasi” axborot tizimini ma’lumotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va loyihani Internetda yanada ommalashtirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
Doimiy |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, |
|
5. |
Butunjahon Internet axborot tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi haqida ma’lumot berishga qaratilgan “Virtual dunyoda O‘zbekiston muzeylari” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2018-yil avgust |
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
6. |
Virtual makonda O‘zbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, maxsus portallarni mahalliy va xorijiy investorlarni O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy-gumanitar sohalariga investitsiya kiritishga jalb etishga qaratilgan axborotlar bilan to‘ldirish. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil noyabr |
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, |
|
7. |
Jahonga taniqli diniy arboblarning radikalizm, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini ochib beruvchi fikrlarini to‘plash, tarjima qilish va diniy-ma’rifiy veb-saytlarga joylashtirish. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni |
2018 — 2021 yillar mobaynida |
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, |
|
8. |
Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida mualliflik huquqiga amal qilgan holda badiiy, hujjatli, madaniy-ma’rifiy filmlarni joylashtirib bori�. |
Ijrochilarning chora-tadbirlar rejasi |
Doimo |
“O‘zbekkino” milliy agentligi, |
|
9. |
O‘zbekistonning global virtual makondagi turistik salohiyatini ta’minlash, turizm sohasida faol reklama va axborot siyosatini olib borish, boy tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilish, mamlakatning turistik imijini rivojlantirish, milliy turistik mahsulotlar va brendlarni xalqaro turistik bozorlarga jalb etishga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan — your dreams”, “O‘zbekiston — orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “G‘aroyib O‘zbekiston” va hokazo) loyihalarini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2019-yil yanvar |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
|
10. |
Global virtual makonda O‘zbekistonning kitob mahsuloti, xususan, jahon adabiyotining durdona asarlarini tarjima qilish va chop etish, o‘zbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish, mamlakat hududlarida va chet ellarda kitob do‘konlari tarmog‘ini yanada rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma ish rejasi |
2018-yil sentyabr |
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
11. |
O‘zbekiston arboblari (arboblar.uz) loyihasi kontentini ma’lumotlar bilan to‘ldirish. Ijtimoiy tarmoqlarda arboblar haqidagi ma’lumotlarni ommalashtirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
“O‘zbekkino” MA, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
12. |
O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning jahon reytinglarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar rivojlanishdagi o‘rnini izchillik bilan oshirib borish, jahon va mintaqa bozorlarida milliy brendlarni targ‘ib etish sohasida ijtimoiy va davlat-xususiy hamkorligini tashkil qilish bo‘yicha kompaleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qo‘shma chora-tadbirlar dasturi |
Doimo |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, tizimli muloqotini ta’minlash va axborot-kommunikativ aloqalarini kuchaytirish | ||||
|
13. |
Milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rasmiy sahifalarini yanada faollashtirish va rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmog‘ida ularning faoliyatini keng yoritishga axborot xizmatlarini jalb qilish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
14. |
Ijtimoiy, ilovali texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili texnologiyalari, Buyumlar internetini davlat boshqaruvi tizimiga keng joriy qilishga qaratilgan davlat sektorining unumli faoliyatini ta’minlash, shu jumladan, davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, egalik huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish. |
Idoralararo rejalarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
15. |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini raqamlashtirish, davlat xizmatchisining raqamli ish joyini tashkil qilishning tegishli texnologik konsepsiyasi bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va joriy qilish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
16. |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, aholi bilan, eng avvalo, joylarda muhim masalalarni hal qilishda samarali qaror qabul qilish, ularning ochiqligi va shaffofligiga innovatsion yondashuvni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Qonun hujjatlari loyihalarining ijtimoiy muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi tizimini keng qo‘llash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli qarorlarini aholiga tushuntirish. |
Idoraviy dasturlarni qabul qilish |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
17. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan Internet va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning amal qilishi bo‘yicha aholi bilan amaliy va samarador aloqani tashkil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va monitoring olib borish. |
Idoraviy hujjatlar |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
18. |
Jamoatchilik bilan aloqalarni zamonaviy ko‘rinishda rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini amalga oshirish, aholi bilan ochiq muloqotning yangi ta’sirchan mexanizm va usullarini joriy qilish. |
Chora-tadbirlar dasturlari |
2018-yil |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
III. Davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish | ||||
|
19. |
Telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiyalash, “oxirgi mil” tamoyili asosida Internetga kirishni kengaytirish, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlarini k?rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot tizimlari va resurslari, idoralararo elektron aloqa, yagona elektron ro‘yxatga olish va ma’lumotlar bazalari, elektron va virtual davlat xizmatlari tizimlarini “yagona darcha” tamoyili asosida rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Yangi dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni keng joriy etish, jamiyat va biznes uchun ortiqcha ma’muriy xarajatlarni bartaraf etish, hujjat ishlarini qisqartirish. |
Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish |
2018-yil sentyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan sharoitlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini keng joriy etish, zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini tashkil etishga qaratilgan seminarlar tashkil etish. |
Seminarlar rejasi |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, tarmoqlarni himoya qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni xavfsiz to‘plash |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
24. |
Qishloq xo‘jaligi sektorini raqamlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, qishloq yoshlarining noqonuniy mehnat migratsiyasini qisqartirishga qaratilgan qishloq infratuzilmasi, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, innovatsiyalar, nanotexnologiyalarni qo‘llagan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni targ‘ib etishga qaratilgan portal tashkil qilish va uni muntazam ravishda axborot-tahliliy ma’lumotlar, foto va video materiallar bilan boyitib borish. |
Portal tashkil qilish |
2018-yil |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, |
|
IV. O‘zbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”, uning iqtisodiyoti, ijtimoiy, sotsial va gumanitar sohalarini biznes va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligida rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish | ||||
|
25. |
Qattiq va yumshoq raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqish, ularni tarqatish va o‘lchash bosqichlarini aniqlash, davlat-xususiy hamkorlikning tegishli modellarini yaratish va zarur investitsiyalarni jalb qilish. |
Taraqqiyot dasturi |
2019-yil |
Iqtisodiyot vazirligi, |
|
26. |
Ta’limni raqamlashtirishga qaratilgan ta’lim muassasalari va o‘quvchilarining umumiy foydalanishlari uchun interfaol va multimedia kontentini qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim resurslari va raqamli platformalarni, shu jumladan, ta’lim muassasalarining asosiy jarayonlari uchun avtomatlashtirish vositalarini yaratish; raqamli o‘quv muhitini yaratish uchun innovatsion kompyuter, multimedia va kompyuterga asoslangan o‘quv qo‘llanmalari va jihozlarini ishlab chiqish va joriy etish (multimedia sinflari, laboratoriya STEM-markazlari, inklyuziv sinflar, aralash sinflar); talabalar uchun barcha darajadagi o‘quv yurtlarida sinf xonalari va auditoriyalarda keng polosali Internet tarmog‘idan foydalanishni tashkil etish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
|
27. |
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan axborot, aloqa va raqamli texnologiyalar yordamida bemorlar, tibbiyot xodimlari va muassasalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ta’minlash, tibbiy hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish, tibbiy va tegishli xizmatlarni raqamlashtirish; Fuqarolarga masofadan tibbiy yordam ko‘rsatish va shifokorlarning, ayniqsa, qishloq joylarda faoliyat yuritishini ta’minlash uchun teletizimlarni joriy etish; tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining sifati, samaradorligini oshirish, onlayn-diagnostikani tashkil etish, inson salomatligi holati doimiy monitoringini olib borishning datchiklar va sensorlari, Internet vositalarni rivojlantirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2018-yil dekabr |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, |
|
28. |
Internetda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish odob-axloqi bo‘yicha davlat organlarining axborot xizmatlari uchun tavsiyalar tayyorlash. |
Tavsiyalar tayyorlash |
2018-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
29. |
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlarining axborot xizmatlari faoliyati monitoringini olib borish va tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlash. |
Tahliliy ma’lumot tayyorlash |
Har chorakda |
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
30. |
Davlat organlari faoliyati ochiqligi, axborot xizmatlarining davlat ichki va tashqi siyosatini keng ochib berishi bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati ochiq va oshkoraligi, axborotdan erkin foydalanishni ta’minlash. |
Idoraviy dasturlar |
Doimiy |
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
|
31. |
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan materiallarga (voqea-hodisalarga) davlat organlarining o‘z vaqtida javob qaytarishi mexanizmini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil mart |
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, |
|
32. |
Turizm sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sayyohlar, ayniqsa, yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish; mintaqaviy va hududiy miqyosda “aqlli” sayyohlik yo‘nalishlari (Smart Tourist Destination)ni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish; virtual turlarni yaratish, 3D-modellash, sayyohlik obyektlariga veb-kameralar joylashtirish, QR-kodlar, RFID-belgilar, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish, sayyohlarning to‘g‘rilik va elektron kartochkalar dasturini kiritish; sayyohlik joylari va dam olish maskanlarida sayyohlik uchun mobil ilovalar (qatnov yo‘nalishi xaritasi, audiogid, geolokatsiya) yaratish; muzeylarni raqamlashtirish (ko‘p tilli elektron kataloglar, virtual va kengaytirilgan voqeliklar, audio va video qo‘llanmalar)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, |
|
V. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi mavjudligini ta’minlash, aholining axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish | ||||
|
33. |
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda axloq qoidalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash, turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyati bo‘yicha qoidalarni ishlab chiqish, Internet jahon axborot tarmog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olish. |
Seminarlar va amaliy chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
34. |
Davlat organlari axborot xizmatlari mutaxassislariningaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnologiyalardan foydalanish, virtual dunyo imkoniyatlaridan keng foydalangan holda jamoatchilik bilan aloqalarni samarali tashkil etish bo‘yicha malakalarini muntazam oshirishni tashkil etish. |
O‘quv kurslarini tashkil qilish |
Doimiy ravishda |
Bosma OAV fondi, |
|
35. |
Yosh dasturchilar maktablari, xususan, AKT maktabi faoliyatiga ko‘maklashish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, |
|
36. |
Shaharlar va aholi punktlarida aqlli shaharlar modelini (raqamli texnologiyalar, Internet tarmog‘idan foydalanish, “yashil” texnologiyalar, “smart-tarmoqlar” va boshqalardan foydalangan holda) yanada rivojlantirishga qaratilgan tegishli shaharlar “yo‘l xaritalari”ni shakllantirish va shaharlar loyihalarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlashning asosi sifatida milliy “yo‘l xaritalari” va raqamli transformatsiyalash freymvorkini ishlab chiqish; dunyoning rivojlangan mamlakatlari, “aqlli” shaharlari tajribalaridan kelib chiqib, aqlli shahar konsepsiyasining milliy platforma-katalogini tashkil etish; aqlli shaharlarni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy qilish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
37. |
Diniy va ma’rifiy mazmundagi axborot resurslarini ko‘paytirish va ommalashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Doimo |
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, |
|
38. |
Istiqbolli texnologiyalar va mahsulotlarni kiritish bo‘yicha iqtisodiyot va sanoat ishlab chiqarishida 4.0 sanoati texnologik konsepsiyasi modelini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish. |
Tadqiqotlar o‘tkazish |
Doimo |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
|
VI. Global virtual va raqamli makonni shakllantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro axborot makonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish | ||||
|
39. |
Internet axborot tarmog‘ining milliy segmentida axborot mahsulotlarini tarqatishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishning samarali mexanizmlarini yaratish va qo‘llash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimo |
Adliya vazirligi, |
|
40. |
Raqamli sanoatni rivojlantirish, soliq sohasini raqamlashtirish, milliy qonunchilikni naqd pulsiz to‘lovlar va hisob-kitoblar sohasida xalqaro qonunchilik normalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash |
Doimo |
Iqtisodiyot vazirligi, |
|
41. |
O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va imijini oshirish, shu jumladan, Internet va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash orqali O‘zbekistonning milliy brendini jahon bozorida faol rag‘batlantirish. |
Ijrochilarning qo‘shma qarori va amaliy rejasi |
Doimo |
Tashqi savdo vazirligi, |
|
42. |
Mahalliy mahsulotlarning jozibadorligini oshirish, eksportni rag‘batlantirishni hisobga olgan holda uni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida o‘zbek mahsulotlarining virtual ko‘rgazmalarini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish. |
Vazirlar Mahkamasi yig‘ilish bayoni |
2019-yil |
Tashqi savdo vazirligi, |
|
43. |
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonunchilik, institutsional va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish, biznes tuzilmalar va fuqarolar tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, talab va ehtiyojlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |