Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3012-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 20/1, 10-qq/1-son qarori (roʻyxat raqami 3012, 2018-yil 14-may) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Maktabgacha taʼlim muassasasiga olib kelishda tarbiyalanuvchini ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakili) uni shaxsan guruh tarbiyachisiga topshirishi lozim.
Maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketishda guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchini uning ota-onasiga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi, yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakiliga) topshirishi lozim.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
2-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
37-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 11-iyul
Qurilish vaziri A. TUXTAYEV
2018-yil 11-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 10/18/3012-1/1624-son)