Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2025 27.07.2018 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2025
Hujjat 01.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tizimini takomillashtirish, abituriyentdan ijodkorlik va individual mahorat talab etiladigan sohalardagi taʼlim yoʻnalishlariga qabulni adolatli, xolis va shaffof oʻtkazish orqali puxta bilimga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarning oʻqishga qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 588-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalari alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga talabalikka daʼvogarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinishi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tillari va taʼlim shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, kasbiy (ijodiy) imtihon har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladi. Maqsadli qabul kvotasi faqat davlat granti asosidagi oʻrinlarga belgilanganida maqsadli qabul tanlovida qatnashib, davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur taʼlim yoʻnalishida toʻplagan ballari bilan ushbu yoʻnalish uchun tasdiqlangan umumiy toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasidagi tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul kvotasiga muvofiq oliy taʼlim muassasasida taʼlim olish (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa) tilida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent oʻz arizasiga asosan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega (imtihon savollari oliy taʼlim muassasasi tomonidan qanday alifboda berilishidan qatʼi nazar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihon fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy, ogʻzaki shakllarda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinguniga qadar tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga talabalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjatlarni qabul qilish, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarni, koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlarni, xorijiy fuqarolarni, abituriyentlarni davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar har yili 25-iyuldan 10-avgustgacha boʻlgan davrda oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kasbiy (ijodiy) imtihon boshlanishidan bir hafta oldin abituriyentlarga oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi imzolagan hamda oliy taʼlim muassasasining muhri qoʻyilgan va ushbu Nizomga 2-ilovada namuna sifatida keltirilgan ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning fanlar boʻyicha bilim, malaka, kasbiy koʻnikma, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiriqlari umumiy oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar (shu jumladan madaniyat, sanʼat, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan) taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari tomonidan tuziladi va oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport va jismoniy tarbiya fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar takliflari asosida har yili Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish va adolatli oʻtkazish masʼuliyati, shu jumladan ularni video tasvirga olish oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi, masʼul kotibi, uning oʻrinbosari, fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari, shuningdek, imtihon komissiyasi aʼzosi hisoblanadigan guruh nazoratchisi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kasbiy (ijodiy) imtihonni belgilangan talablarga qatʼiy rioya etgan tarzda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash, imtihonlar oʻtadigan xonalarni zarur koʻrgazmali vositalar, oʻquv qurollari va ashyolar bilan jihozlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi va fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlar davomida imtihon topshiriqlarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon topshiriqlarini topshirishdan bosh tortsa, imtihon topshiriqlarini guruhdan tashqariga chiqarsa, mazkur holatlarda abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va fan boʻyicha imtihon komissiya raisi hamda guruh nazoratchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun boʻysunishiga qarab tegishli vazirlik, idoraga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun 3 kishidan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va masʼuliyatli professor-oʻqituvchilardan shakllantirilgan fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt imtihon dasturlariga muvofiq oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi fan majmualari oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar eʼtiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan majmualarida toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolarining har biri talabalikka daʼvogarni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha qiymatiga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Abituriyentlarning amaliy shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash shifrlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh nazoratchisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan soʻng abituriyentlarning amaliy ishlarini qabul qilib olish, har bir amaliy ish va uning ushbu Nizomga 3-ilovada namuna sifatida keltirilgan titul varagʻiga identifikatsiya raqamlari (shifr)ni qoʻyish hamda imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy imtihon ishlariga qoʻyilgan shifrlarning maxfiyligini taʼminlashga guruh nazoratchisi shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy imtihon ishlarini shifrlash va qayta tiklash hamda ularni tekshirish va baholash maxsus ajratilgan xonalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy imtihon ishlarini obyektiv tekshirish, baholash hamda abituriyent tomonidan toʻplangan ballarni titul varagʻida aks ettirish uchun masʼuliyat fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy imtihon ishlari qabul komissiyalarining maxsus xonalarida bir yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq fanlar majmuasidagi har bir fan boʻyicha imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon xususiyatiga qarab, imtihon oʻtkazilganidan keyin 1 — 3 kun muddatda oliy taʼlim muassasasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonni qabul qilgan fan boʻyicha komissiya aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norozilik (apellyatsiya) arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar kesimida alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtihon qaydnomalarining har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanganidan soʻng imtihon qaydnomalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan boʻysunishiga qarab tegishli vazirlik (idora) orqali har yili 15-avgustga qadar qaror qabul qilish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent ruxsatnomasi

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Titul varaqasi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/588/1596-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)