Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2168-5]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-son “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
7-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
18-q/q-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 20-iyuldagi 7, 18-q/q va 109-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Nomi va 1-banddagi “notarial arxivlar” degan soʻzlar “idoraviy notarial arxivlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Ilovada:
a) nomidagi “notarial arxivlar” degan soʻzlar “idoraviy notarial arxivlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “huzuridagi notarial arxivlar” degan soʻzlar “huzuridagi idoraviy notarial arxivlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 10-bandda:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin;”;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi “arxivga ishlov berish” soʻzlaridan keyin “, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ni yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilish,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
g) 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Notarial idora xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar oʻrnatishga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan pulli xizmatlar va notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablagʻlarning 80 foizigacha miqdordagi qismi ajratiladi.
Ajratilgan mablagʻlarni notarius va unga biriktirilgan xodimlar oʻrtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi.”;
d) 211-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 10/18/2168-5/1595-son)