26.07.2018 yildagi 584-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan va mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga, shaharlar va qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar iqtisodiy aloqalar intensivligini oshirishning va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili sifatida yo‘l-transport infratuzilmasini yanada jadal rivojlantirishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu yo‘nalishda yirik infratuzilma obyektlarini qurish, zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, eng muhim tranzit transport yo‘llarini, shu jumladan “Toshkent — Termiz”, “Samarqand — Buxoro — Olot”, “G‘uzor — Buxoro — Qo‘ng‘irot — Beynau”, “Toshkent — Chimyon — Chorvoq dam olish zonasi” transport yo‘llarini kompleks rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirg‘ali mavzesini aylanib o‘tadigan yangi yo‘nalish bo‘ylab Toshkent avtomobil halqa yo‘lida to‘liq qatnov ta’minlandi. Toshkent, Nukus, Buxoro shaharlarida murakkab transport chorrahalari, shuningdek yirik aholi punktlarini aylanib o‘tish yo‘llari qurildi. 2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi doirasida 4 ming kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari ta’mirlandi, shuningdek, 265 kilometrli umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qayta qurish ishlari bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, avtomobil yo‘llarini qulay va shinam qilish, yo‘l harakatini axborotlar bilan ta’minlash, yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani xalqaro standartlar talablariga muvofiq rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarga hanuzgacha lozim darajada e’tibor qaratilmayapti. Quyidagilar bunday holatning asosiy sabablari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, avtomobil yo‘llarini qulay va shinam qilish hamda rivojlantirishga doir normativ hujjatlar xalqaro standartlarning zamonaviy talablariga mos kelmaydi. Jumladan, 1970 — 80 yillarda ishlab chiqilgan amaldagi standartlarni yangilash, shu jumladan svetofor bilan tartibga solish, yo‘ldagi to‘siqlarni, yo‘l ustiga chiziqlar tortish va yo‘l belgilarini qo‘llashga doir standartlarni yangilash talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, yo‘l belgilarini ishlab chiqarish va o‘rnatishga doir ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga, yo‘l ustiga nur qaytaruvchi xususiyatga ega zamonaviy texnologiyalar asosidagi bo‘yoqdan, shuningdek, boshqa sifatli materiallardan foydalangan holda o‘chib ketmaydigan chiziqlar tortishga tizimli yondashilmayapti. Respublika avtomobil yo‘llarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 136 mingdan ziyod yangi ko‘rsatkichlar o‘rnatish zarurligi aniqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, avtomobil yo‘llarini, ayniqsa xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarini ko‘rsatkich belgilari bilan, shu jumladan chet tillardagi ko‘rsatkich belgilari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish sohasida malakali kadrlar yetishmaydi, yo‘l harakatini tartibga solish sohasida shu sohaga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan tajriba almashishni tashkil etishga doir ishlar tizimli olib borilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar amalga oshirilayotgan 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi doirasida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — yo‘l ustiga chiziqlar tortishda, yo‘lovchilar o‘tish joylarini, avtomobil yo‘llari kesishadigan va tutashadigan joylarni, avtomobillarning qisqa muddat to‘xtab turish va to‘xtash joylarini qurishda innovatsion ishlanmalarni hamda nur qaytaruvchi materiallarni qo‘llash asosida yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘nalish bo‘ylab sifatli navigatsiya bilan ta’minlaydigan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlarini, shu jumladan chet tillardagi yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlarini yetarli miqdorda o‘rnatish orqali “gapiradigan yo‘l” prinsipi bo‘yicha yo‘l harakati ishtirokchilarining xabardorligini oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga yuqori darajada qulaylik yaratish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yo‘l bo‘yi hududlarini to‘liq ko‘kalamzorlashtirish, obod qilish va me’moriy-landshaft loyihasini tuzish, mazkur hududlarda infratuzilma obyektlarini oqilona qurish hisobiga transport vositalarining ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni avtomobil yo‘llarini qurish, to‘g‘rilash va ulardan foydalanish jarayoniga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifatini oshirish va hududlarni obod qilish, shuningdek, tartibga solishning texnik vositalariga qo‘yilgan zamon talablariga javob beradigan, shuningdek, respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan zamonaviy chidamli materiallardan, butlovchi, tarkibiy qismlardan foydalanish hisobiga avtomobil yo‘llaridan foydalanishda xarajatlarni kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda yo‘l belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda yo‘l belgilarini ishlab chiqarishni va respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturini moliyalashtirish parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3 ilovalar rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini shakllantirishda ularning parametrlarida yo‘l belgilarini ishlab chiqarish, ularni xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llariga, shaharlar, tuman markazlari va ularni boshqa aholi punktlari ko‘chalariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etishni moliyalashtirish uchun budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining asoslantirilgan talabnomalari bo‘yicha yo‘l belgilari ishlab chiqarishni va ularni umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish uchun zarur mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini so‘zsiz ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining raisi, Moliya vaziri, Ichki ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Uzavtoyo’lbelgi” DUK “O‘zeltexsanoat” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya tejovchi texnologiyalar va quyosh energiyasi manbalaridan foydalangan holda elektron yo‘l belgilarining, eng avvalo, axborot-ko‘rsatkich va ogohlantirish belgilarining namunalarini ishlab chiqsin hamda 2019-yildan boshlab ularni ishlab chiqarishni hamda magistral avtomobil yo‘llari va markaziy shahar ko‘chalariga o‘rnatishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda zamonaviy xalqaro standartlarni va ranglar gammasiga toifalangan yondashuvni, ya’ni yashil rangli axborot-ko‘rsatkich belgilaridan ko‘proq foydalanilishini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini yo‘l belgilari bilan jihozlash, yo‘l ustiga chiziqlar tortish va yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa elementlarni o‘rnatishga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy hamkorni aniqlagan holda yo‘l belgilarini, yo‘l ustiga tortiladigan chiziqlar va yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa elementlar uchun bo‘yoqlar va termoplastni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l infratuzilmasini loyihalashtirish va undan foydalanish sohasidagi Sindao shahrining Loyihalash va rejalashtirish instituti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikni tashkil etish masalasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obyektlarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari berish, shuningdek, ularning zimmasiga avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish majburiyatlarini yuklash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘llari uchastkalarini va “Guliston — Dashtobod” yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 5 kilometr bo‘lgan M-34 avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha dastlabki loyihalarni amalga oshirsin, energiyaning muqobil manbalari asosida ko‘cha chiroqlari va yo‘lni tartibga soluvchi texnik vositalarni, svetodiodlar va nur qaytargichlardan foydalangan holda yo‘l belgilarini, shuningdek, avtomobil yo‘llari atrofidagi hududlar landshaftini loyihalashtirish va ularni ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy elementlarini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekneftgaz”, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda butun yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish doirasida yo‘l ustiga chiziqlar chizishda ishlatiladigan bo‘yoqlar, termoplast, texnik vositalar va yo‘lni tartibga soluvchi boshqa elementlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi, tarkibiy qismlarni, xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish hamda tarmoqlararo kooperatsiya dasturini uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsusyo‘lqurilish” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Maxsusyo‘lqurilish” DUK deb ataladi) tashkil etish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish doirasida sement beton qoplamali avtomobil yo‘llari qurilishini hisobga olib, zamonaviy ilg‘or innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va joriy etishni mazkur DUK faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llarini yo‘l belgilari bilan jihozlash, yo‘l ustiga chiziqlar tortish va yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa elementlar o‘rnatish bo‘yicha ilg‘or xorij amaliyotini qo‘llash asosida loyihaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari hamda progressiv usullarini joriy etgan holda yo‘l infratuzilmasi loyihalarini ishlab chiqish uchun javob beradigan “O‘zyo‘lloyiha” loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “O‘zyo‘lloyiha” DUK deb ataladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yo‘l belgilari, yo‘l ustiga tortiladigan chiziqlar uchun bo‘yoqlar va termoplastning standartlarga javob berishini tahlil qilish va ularni sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriyani “Uzavtoyo’lbelgi” DUK tuzilmasida tashkil etish, uni ko‘chiriladigan va turg‘un laboratoriyalar bilan jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsusyo‘lqurilish” DUK va “O‘zyo‘lloyiha” DUKning tuzilmasi, ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini bir oy muddatda ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bilan birgalikda “Shaharlardagi yo‘l bo‘yi hududlarining eng yaxshi landshaft dizayni” nomi uchun shaharlar o‘rtasida yillik tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni uch oy muddatda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yo‘llari estetikasi”, “Yo‘l bo‘yi hududlarining landshaft dizayni”, “Yo‘l ustiga chiziqlar tortish”, “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha texnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini ta’minlasin, zarurat bo‘lsa, xorijning yetuk mutaxassislarini o‘qituvchilar sifatida jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahri hokimligi “O‘zyo‘lloyiha” DUK, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda markaziy shahar ko‘chalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yo‘lovchilar o‘tish joylarini uskunalash va texnik tartibga solish vositalari bilan jihozlashni, shu jumladan ko‘zi ojizlarni mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda ovozlar yordamida qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti, Toshkent agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yo‘l qoplamasini shamol tufayli nurashidan, yer osti suvlaridan, qor va qum uyumlaridan himoya qilishni ta’minlash uchun mahalliy tabiiy-iqlim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari bo‘ylab daraxtlar ekish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga muhandislik kommunikatsiyasi tarmoqlarini qurish va ta’mirlashda shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining yo‘l qoplamasini demontaj qilish hamda tiklash bo‘yicha ishlarni nazorat qilish funksiyalari yuklansin, bunda, zarurat bo‘lsa, ishlar sifatini buzganlik va ishlarni tegishli ruxsatlarsiz bajarganlik uchun ma’muriy javobgarlikni qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvining raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/584/1590-son; 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son)