O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 511-11]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyun,
22/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.1. Chet el valyutasidagi hisobvaraqlar quyidagi norezident — yuridik shaxslarga ochiladi:
O‘zbekiston Respublikasida turgan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariga;
tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilarga;
O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradiganlarga.”.
2. 5.2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi.”.
3. 5.4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. Quyidagi mazmundagi VI bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“VI. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlari
6.1. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi.
6.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablag‘lar kiritilishi mumkin:
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi;
brokerlik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga asosan, birja brokerlari orqali o‘tkazilgan chet el valyutasi.
6.3. Mazkur hisobvaraqlardagi mablag‘lar hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra, o‘zining O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklarda ochilgan boshqa hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin.
6.4. Tijorat banklari chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga taqdim etadi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)