Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari -tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3046]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. QOʻCHQOROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
105-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
2018-53-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
01-02/8-50-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 9-iyuldagi 105, 23, 2018-53, 01-02/8-50-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (bundan buyon matnda Uyushma deb yuritiladi) aʼzolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini (bundan buyon matnda imtiyozlar deb yuritiladi) qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Uyushma aʼzolari — tashkilotlarga 2023-yilning 1-yanvarigacha quyidagi koʻrinishdagi imtiyozlar beriladi:
foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etish;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, Uyushma aʼzolari — tashkilotlar tomonidan oʻz ishlab chiqarishida foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etish;
yuqoridagi tasdiqlanadigan roʻyxatlarga kiritilmagan, oʻz ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashni 60 kunga qadar muddatga kechiktirish.
2. Yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar faqat quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini soʻyish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga;
charm, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni yigʻish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga, keyinchalik ushbu xom ashyo qayta ishlash (ishlatish) uchun faqat Uyushmaga aʼzolari — tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari boʻyicha kamida 80 foizni tashkil qilganda;
charm, moʻyna, qorakoʻl xom ashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, sunʼiy charm, charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan tashkilotlarga, agar yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari boʻyicha kamida 60 foizni tashkil qilsa;
“Oʻzcharmimpeks” unitar korxonasiga.
3. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) 3-bandiga muvofiq boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliq va bojxona imtiyozlari berishda budjetga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va boshqa mulkni sotish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatishni nazarda tutmaydigan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
2-bob. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash
4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
5. Mazkur Nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish boʻyicha imtiyozlarni olish uchun Uyushma aʼzolari — tashkilotlar tomonidan bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 330-moddasiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.
7. Uyushma aʼzosi — tashkilot imtiyozlar berish uchun mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
Uyushma aʼzosi — tashkilot imtiyozlardan foydalanish uchun mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida avval toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini undirish choralarini koʻrish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
8. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ushbu Nizom “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi S. UMURZAKOV
2018-yil 9-iyul
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi aʼzolari — tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| ____________________________________________________________________________ ga taqdim etiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) | |||||||||||||||||||||||||||||
| ___________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(korxonaning toʻliq nomi) | |||||||||||||||||||||||||||||
| ___________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| _____________________________________________________________________ manzil boʻyicha joylashgan | |||||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| 2. Tashkil etilgan sanasi (kun/oy/yil) | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||||
| 3. STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| 4. IFUT | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| 5. Telefon: kod | | | | | | | nomer | | | | | | | | | | |||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | | | |
______________yil uchun |
| | | | |||||||||||||||||||||
| Imtiyozni qoʻllash uchun asos___________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | |
(normativ hujjatning nomi) | |||||||||||||||||||||
| | | ming soʻm | |||||||||||||||||||||||||||
|
Mahsulot turi |
Summa |
Umumiy ishlab chiqarish hajmida foiz hisobida | |||||||||||||||||||||||||||
|
Ishlab chiqarish hajmi (QQS va aksizsiz haqiqatdagi narxlarda), jami |
| | |||||||||||||||||||||||||||
| shu jumladan | | | |||||||||||||||||||||||||||
| | | | |||||||||||||||||||||||||||
| ulardan imtiyoz taqdim etilgan mahsulot | | | |||||||||||||||||||||||||||
| | | | |||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | | |
Ushbu maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligini tasdiqlayman |
| |||||||||||||||||||||||||
| Rahbar | ________________________________ | | |||||||||||||||||||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||
| F.I.Sh. | | ________________________________ | | ||||||||||||||||||||||||||
| Imzo | | ________________________________ | | ||||||||||||||||||||||||||
| Bosh buxgalter | ________________________________ | | |||||||||||||||||||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||
| F.I.Sh. | | ________________________________ | | ||||||||||||||||||||||||||
| Imzo | | ________________________________ | | ||||||||||||||||||||||||||
| Sana (kun/oy/yil) | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 10/18/3046/1584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)