Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 26-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 565-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
ikkinchi qism “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturida” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 49-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat investitsiya dasturiga” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 152-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 154-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturini” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 177-moddaning beshinchi xatboshisidagi “davlat investitsiya dasturlarini” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-386-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda:
beshinchi qismi “bir yil muddatga tuziladi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yoʻlovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha boʻlgan muddatga tuzilishi mumkin”;
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 8-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi. Sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
Sugʻurta polisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
sugʻurtalovchi toʻgʻrisidagi;
tashuvchining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi;
sugʻurtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bogʻlash vositalari hamda ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davri haqidagi;
sugʻurta mukofoti toʻgʻrisidagi;
sugʻurta puli haqidagi;
tashuvchining transport vositasi (vagonlari) (turi, markasi, modeli, raqamli (tanituvchi) belgisi, ishlab chiqaruvchi zavod pasporti boʻyicha yoʻlovchi sigʻimi) toʻgʻrisidagi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining boshqa muhim shartlari haqidagi”;
3) 16-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashish kunida amalda boʻlgan sugʻurta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 32-moddaning uchinchi qismi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida” degan soʻzlardan keyin “yoki vaqtincha olib kirish bojxona rejimida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 64-modda toʻrtinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “investitsiya dasturiga” degan soʻzlar “rivojlanish davlat dasturlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 245-modda:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga” degan soʻzlardan keyin “bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 260-moddaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar mustasno;
xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha bir ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova) 27-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga yuridik shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, shuningdek pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-iyul,
OʻRQ-488-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son; 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)