21.07.2018 yildagi PQ-3877-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamligini taʼminlashga hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalar uchun respublikaning investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar va tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga mamlakatni xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashtirish ishlari talab darajasida olib borilmayotganligi tashqi moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini jalb qilish va ularning hajmlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan oʻrganish Oʻzbekistonning yetakchi banklari va yirik korxonalari tomonidan korporativ reytinglarni olish hamda davlat kafolatisiz xorijiy investitsiya va qarzlarni jalb qilish boʻyicha respublikaning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradigan mamlakatning suveren kredit reytingini olish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, tashqi moliyalashtirish hajmini kengaytirish va manbalarini diversifikatsiyalash, xorijiy investorlar uchun mamlakatning jozibadorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankining joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, shuningdek, oʻtkazilgan tanlov natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini emissiya qilish uchun moliyaviy maslahatchi sifatida “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumini tayinlash boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumi, shuningdek, tanlov natijalariga koʻra tegishli xalqaro kompaniyalar bilan Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida konsultatsion va boshqa xizmatlar koʻrsatish haqida hamda reyting agentliklari bilan Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish uchun tegishli bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi suveren qarzlar, shu jumladan korporativ (bank) qarz majburiyatlari emissiyasini muvofiqlashtirish boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan maslahatchi va boshqa moliyaviy hamda yuridik konsultantlarni, reyting agentliklarini, shuningdek, fiskal, toʻlov, transfer va listing agentlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyihalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish va import kontraktlari markazi” DUKda tender (tanlov) savdolari va ekspertiza oʻtkazmasdan, roʻyxatga olmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan jalb qilishga haqli;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish boʻyicha ekspertlar, moliyaviy konsultantlarning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shuningdek, yuridik konsultantlar, reyting agentliklari, fiskal, toʻlov, transfer va listing agentlarining xizmatlari uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy konsultantlarning xizmatlari uchun shartnomalarga muvofiq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ishchi guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 16 ta shtat birligidan iborat Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi tashkil etilsin va vazirlikka:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kredit reytingini olish va saqlab turish jarayonida hamda suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish davomida xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar va boshqa shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining suveren va korporativ kredit reytingini olish, shuningdek, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida foydalaniladigan makroiqtisodiy va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha statistika va axborot materiallarini keyinchalik xorijiy sheriklarga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar, reyting agentliklari, moliyaviy konsultantlar va xorijiy investorlar tavsiyalarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda oʻz vakolati doirasida ularni boshqarish, shuningdek, davlat tashkilotlarining tashqi qarzini hisobga olish boʻyicha qoʻshimcha funsiyalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, moliyaviy va yuridik konsultantlar hamda suveren obligatsiyalar emissiyasi jarayoniga jalb etiladigan boshqa shaxslar xizmatlarining narxi Idoralararo ishchi guruhning toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻn kun muddatda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar, avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoʻnaltirilishi va ushbu mablagʻlardan keyinchalik arzon uy-joylar, avtomobil yoʻllarini qurish (rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash), ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiyani yaxshilash, shahar va qishloqlarni, shu jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, shuningdek, boshqa infratuzilma obyektlarini obodonlashtirish uchun yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan olinadigan mablagʻlarni tegishli muddatlarga Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirish stavkasidan 1 foizga yuqori stavkada qayta moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin va bunda valyuta ayirboshlash kursidagi tafovut boʻyicha xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qoplanishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3877-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish Idoralararo ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, idoralararo ishchi guruh rahbari

B.A. Xodjayev

iqtisodiyot vaziri, idoralararo ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

B.A. Begalov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A.Ya. Haydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

N.S. Joʻrayev

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.A. Vafayev

Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

lavozim boʻyicha

Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshligʻi, idoralararo ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2018-y., 07/18/3877/1553-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 03.04.2019-y., 07/19/4258/2872-son)