21.07.2018 yildagi PQ-3877-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamligini ta’minlashga hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalar uchun respublikaning investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga mamlakatni xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashtirish ishlari talab darajasida olib borilmayotganligi tashqi moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish va ularning hajmlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan o‘rganish O‘zbekistonning yetakchi banklari va yirik korxonalari tomonidan korporativ reytinglarni olish hamda davlat kafolatisiz xorijiy investitsiya va qarzlarni jalb qilish bo‘yicha respublikaning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradigan mamlakatning suveren kredit reytingini olish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, tashqi moliyalashtirish hajmini kengaytirish va manbalarini diversifikatsiyalash, xorijiy investorlar uchun mamlakatning jozibadorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankining joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, shuningdek, o‘tkazilgan tanlov natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini emissiya qilish uchun moliyaviy maslahatchi sifatida “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumini tayinlash bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumi, shuningdek, tanlov natijalariga ko‘ra tegishli xalqaro kompaniyalar bilan O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida konsultatsion va boshqa xizmatlar ko‘rsatish haqida hamda reyting agentliklari bilan O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish uchun tegishli bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi suveren qarzlar, shu jumladan korporativ (bank) qarz majburiyatlari emissiyasini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan maslahatchi va boshqa moliyaviy hamda yuridik konsultantlarni, reyting agentliklarini, shuningdek, fiskal, to‘lov, transfer va listing agentlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish va import kontraktlari markazi” DUKda tender (tanlov) savdolari va ekspertiza o‘tkazmasdan, ro‘yxatga olmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan jalb qilishga haqli;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha ekspertlar, moliyaviy konsultantlarning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, yuridik konsultantlar, reyting agentliklari, fiskal, to‘lov, transfer va listing agentlarining xizmatlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy konsultantlarning xizmatlari uchun shartnomalarga muvofiq to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ishchi guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 16 ta shtat birligidan iborat Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi tashkil etilsin va vazirlikka:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining kredit reytingini olish va saqlab turish jarayonida hamda suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish davomida xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar va boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi subyektlarining suveren va korporativ kredit reytingini olish, shuningdek, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida foydalaniladigan makroiqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistika va axborot materiallarini keyinchalik xorijiy sheriklarga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar, reyting agentliklari, moliyaviy konsultantlar va xorijiy investorlar tavsiyalarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda o‘z vakolati doirasida ularni boshqarish, shuningdek, davlat tashkilotlarining tashqi qarzini hisobga olish bo‘yicha qo‘shimcha funsiyalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, moliyaviy va yuridik konsultantlar hamda suveren obligatsiyalar emissiyasi jarayoniga jalb etiladigan boshqa shaxslar xizmatlarining narxi Idoralararo ishchi guruhning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘n kun muddatda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 07/19/4258/2872-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3877-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish Idoralararo ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, idoralararo ishchi guruh rahbari

B.A. Xodjayev

iqtisodiyot vaziri, idoralararo ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

B.A. Begalov

Davlat statistika qo‘mitasi raisi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

A.Ya. Haydarov

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

N.S. Jo‘rayev

adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.A. Vafayev

Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori

lavozim bo‘yicha

Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i, idoralararo ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Idoralararo ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2018-y., 07/18/3877/1553-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 03.04.2019-y., 07/19/4258/2872-son)