24.07.2018 yildagi 569-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoniga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) va uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish taklifi ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ta’limning kredit tizimini joriy etish orqali Universitet va uning filiallarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari professor-o‘qituvchilari tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirish, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarini himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarda nufuzli o‘rinlarni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-izlanuvchi olimlarning almashinuv dasturlarini keng joriy qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali usullari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish, malakali pedagog kadrlar uchun raqobat muhitini yaratish orqali ularning tajribasini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaga o‘zining ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkonini yaratish va bilimini baholashda oshkoralikni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, ta’lim sifatini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish amaliyotidan kelib chiqib, ikki oy muddatda xalqaro andozalarga mos va ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv rejalari va dasturlari, bitiruvchilarning malaka talablarini ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning ta’lim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish asosida matematika, fizika, chet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar chuqur o‘qitilishi nazarda tutilgan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning pedagog kadrlari tarkibi 30 foizgacha Universitet va uning filiallaridan o‘rindoshlik asosida yuqori malakali pedagoglarni jalb etish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Universitet bilan birgalikda ikki oy muddatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibini “Scopus” va “Web of science” tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishidan, shuningdek, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 188-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
569-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/569/1565-son; 19.01.2019-y., 09/19/46/2506-son; 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son; 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)