24.07.2018 yildagi 571-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Universitetning bakalavriat bitiruvchilarini xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitishni va magistrantlarning stajirovkasini hamkor xorijiy ilmiy-o‘quv markazlarida tashkil qilish

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish

1.

Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni zamonaviy talablar darajasida tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishda jahondagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlar bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik o‘rnatish va istiqbolli shartnomalarni tuzish.

1. Jahonning yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan stajirovka va hamkorlikda ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomalar imzolash.

3. Jahondagi yetakchi, nufuzli (Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Singapur kabi) davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil qilish.

2018-yil
30-dekabr


reja asosida




reja asosida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro fondlar grantlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti,

Tashqi ishlar vazirligi

2.

Universitetning bakalavriat bitiruvchilarini xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitishni va magistrantlarning stajirovkasini hamkor xorijiy ilmiy-o‘quv markazlarida tashkil qilish.

1. Xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan magistrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda yosh o‘qituvchilarning xorijiy ta’lim muassasalarida stajirovkasini va malaka oshirishini tashkil qilish bo‘yicha akademik mobil (academic mobility programs) dasturlarni ishlab chiqish.

3. Xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan talabalar almashish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash.

2018/2019 o‘quv yili davomida


2018/2019 o‘quv yili davomida




2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlar mablag‘lari, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Samarqand davlat universiteti

3.

Davlat ta’lim standartlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda, Universitet ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarning malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.

1. Xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, o‘quv yuklamalari hajmini, jumladan, o‘quv rejalarining fan bloklari va soatlari taqsimotini optimallashtirish.

2. O‘quv rejalaridagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar dasturlarini tahlil qilish, mavzular takrorlanishining oldini olish, umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga ajratilgan soatlar hajmini oshirish.

3. O‘quv rejalari va fan dasturlari mazmuni doimiy yangilab borilishini ta’minlash.

2018-yil
25-avgust




2018-yil
25-avgust




doimiy

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

4.

Universitetda talabalar bilimini xolisona baholash hamda nazorat qilishning shaffof va adolatli tizimini ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

1. Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish.

2. Talabalar bilimini baholash monitoringini olib borish, uning natijalarini umumlashtirish va tegishli xulosalar asosida bu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab


2019/2020 o‘quv yili yakuniga qadar

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

5.

Universitetda masofaviy o‘qitish tizimini yo‘lga q�yish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va tatbiq etish, o‘qitishning modulli tizimini joriy qilish.

1. Masofaviy o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun eng optimal platformani tanlash.

2. Fanlarda o‘quv-uslubiy majmualarning yangilanishi va ularning “Moodle” tizimiga to‘liq kiritilishini ta’minlash.

3. Universitetning nufuzli olim
va akademiklarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarining elektron (video) nusxalari joylashtirilgan ta’lim portalini yaratish.

2019-yil
20-iyun


2019/2020 o‘quv yilidan boshlab


2018-yil
20-dekabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Samarqand davlat universiteti

6.

Universitetning ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan korporativ hamkorligini tizimli ravishda mustahkamlash asosida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti sifatini oshirish.

1. Talabalar amaliyotini samarali tashkil qilish uchun amaliyot bazalarini tanlash.

2. Amaliyot bazalariga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2018-yil
avgust

2018-yil
avgust

-

Samarqand davlat universiteti

7.

Universitetni zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

O‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.

2019 — 2021-yillar davomida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro fondlar grantlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

8.

Universitet professor-o‘qituvchilari va olimlari tomonidan tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa o‘quv-uslubiy adabiyotlarni Universitet kengashining qaroriga asosan nashrga tavsiya etish va nashr qilish.

1. O‘quv rejalaridagi har bir fanni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish.

2. Mualliflarga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash uchun sharoit yaratish, ijodiy ta’tillar berish, ularni moddiy rag‘batlantirish.

3. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda olimlari bilan hamkorlikda ingliz va o‘zbek tillarida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish.

4. Universitetda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish tartibini oliy ta’lim muassasasi kengashida tasdiqlash. Bunda, adabiyotlarning xolis ekspertizasi, taqrizi mexanizmlarini, nashr etilgan adabiyot mazmuni va sifatiga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor mas’ulligi va kafedra mudirlari javobgarligini belgilash.

2018-yil
avgust


doimiy




doimiy





2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro fondlarning grantlari

Samarqand davlat universiteti

9.

Mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Universitetda zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish.

1. Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish uchun takliflar tayyorlash.

2. Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda qabul kvotalariga takliflar tayyorlash.

2018-yil
dekabr



2018-yil
dekabr

-

Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

II. Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi va faolligi hamda ilmiy salohiyatini oshirish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkasi va malaka oshirishlari uchun sharoitlar yaratish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish

10.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bazasida universitet professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etishini ta’minlash, iqtidorli yosh olimlarning magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olishlarini tashkil etish.

1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, uning bajarilishini ta’minlash.

2. Professor-o‘qituvchilarga axborot texnologiyalari, chet tilini o‘rganishlari bo‘yicha xorijiy oliy va ilmiy ta’lim muassasalarida malaka oshirish kurslarini belgilangan tartibda tashkil etish va natijalari monitoringini olib borish.

2018-yil
avgust


2018/2019 o‘quv yili davomida

Ushbu maqsadlarda ajratilgan budjet mablag‘lari, xalqaro fondlarning grantlari, homiylar mablag‘lari

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Samarqand davlat universiteti

11.

Ilm-fan va ta’limning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda, Universitetda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish va amalga oshirish.

1. Universitet va mintaqa miqyosida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ilmiy salohiyatli o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni kelajakda qoplash uchun tayanch doktorantura hamda doktoranturaga maqsadli tayyorlash.

2018-yil
sentyabr



2019 — 2021-yillarda

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Samarqand davlat universiteti

12.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari yordamida Universitet ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga olib kirishni keng ommaga targ‘ib qilish.

1. Ilmiy sohadagi yutuqlar, ishlanmalar, amaliyotga samarali tatbiq etilayotgan ishlanmalar haqida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida teleko‘rsatuvlar tashkil etish.

2. “Universitet axborotnomasi” jurnali tirajini oshirib, ba’zi sonlarining ingliz tilida ham nashr qilinishini tashkil etish.

2018/2019 o‘quv yili davomida




doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

Oli� va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

13.

Yoshlar orasida ilmni ommalashtirish, ularning ilmiy-ijodiy faolligini rag‘batlantirish va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etishlariga keng imkoniyatlar yaratish.

“Yosh olimlar” tanlovini tashkil etish, tanlov g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali ularning ilmiy-ijodiy ishlarini ommalashtirish.

2019-yil
25-martdan boshlab,
doimiy

-

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

14.

Fanlar akademiyasi akademiklari ilmiy salohiyatidan foydalanish hamda yetakchi xorijiy �liy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida rivojlanayotgan sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash orqali universitetda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini 44,0 % dan 75,0 % ga oshirish.

Ilmiy darajali mutaxassislar sonini 2017 — 2020-yillarda 100 nafarga, 2021 — 2025-yillarda 120 nafarga, 2026 — 2030-yillarda 120 nafarga oshirish orqali ilmiy salohiyatni rejadagi ko‘rsatkichga yetkazish uchun talabgorlarga yetarlicha sharoitlar yaratish, ilmiy xodimlar va ularning ilmiy rahbarlarini rag‘batlantirib borish.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab,
doimiy

-

Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Samarqand davlat universiteti

III. Iqtidorli yoshlarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish

15.

Universitet hududida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maxsus maktab faoliyatini tashkil etish.

Universitet hududida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maxsus maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
oktyabr

Asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi,

Samarqand davlat universiteti

16.

Buyuk allomalarimizning ilmiy merosi va “Islom madaniyati” an’analaridan kelib chiqqan holda universitet ilmiy-amaliy laboratoriya muzeyini tashkil etish.

O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Samarqandda yashab ijod qilgan buyuk allomalar, jumladan, Mirzo Ulug‘bek akademiyasi ilmiy merosi asosida Muzeyni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Muzeyni qadimgi ta’lim tarixiga oid manbalar, eksponatlar bilan boyitish, uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish.

2018-yil
dekabr



2019-yil
may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

17.

Universitet axborot-resurs markazini va qo‘lyozmalar fondini buyuk allomalar, mutafakkirlar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va xorijiy davlatlarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar asosida boyitish.

1. Universitet axborot-resurs markazi va qo‘lyozmalar fondini yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, moddiy va nomoddiy meros namunalarining nusxalarini yig‘ish va to‘ldirish choralarini ko‘rish.

2. Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz — allomalarning merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng targ‘ib etish.

2018 — 2021-yillar davomida






doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

IV. Universitetda o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash orqali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

18.

Konfutsiy haykali o‘rnatiladigan universitet hududida joylashgan 9 qavatli o‘quv va ma’muriy bino va unga tutash hududning me’moriy ko‘rinishini O‘zbekiston-Xitoy milliy me’morchiligi an’analariga muvofiqlashtirish hamda binoning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari andozalariga moslash.

1. Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida universitetning 9 qavatli bino va unga tegishli hududning me’moriy ko‘rinishini O‘zbekiston-Xitoy milliy me’morchiligi an’analariga muvofiqlashtirishning manzilli dasturga kiritilishini ta’minlash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Konfutsiy haykali o‘rnatiladigan universitet hududida joylashgan 9 qavatli o‘quv va ma’muriy bino va unga tegishli hududning me’moriy ko‘rinishini O‘zbekiston-Xitoy milliy me’morchiligi an’analariga muvofiqlashtirish.

3. Binoning har bir qavatini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari andozalariga moslashtirish.

2018-yil
sentyabr









2018/2019 o‘quv yili davomida





2018/2019 o‘quv yili davomida

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Samarqand davlat universiteti

19.

Universitet bosh binosi joylashgan hududda Samarqandning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixi, madaniyati, Markaziy Osiyoda ta’lim va ma’rifat markazi sifatida shakllangan an’analari aks ettirilgan arxitektura ansamblini barpo etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Universitetda amalga oshiriladigan qurilish-tiklash ishlarining bosh rejasini, bosh binosi maydoni va bino arxitekturasi ko‘rinishi loyihasi hamda eskizini ishlab chiqish.

2. Samarqand viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
va O‘zbekiston respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini ta’minlash.

2018-yil
sentyabr




2018-yil dekabr

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyat hokimligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

20.

Xorijiy mamlakatlardan kelib, universitetda ta’lim olayotgan talabalar uchun alohida talabalar turar joyini qurish va jihozlash.

1. Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida xorijiy talabalar turar joyi qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish.

2. Talabalar turar joyini jihozlash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2019/2020 o‘quv yili boshlanguniga qadar



2019-yil
iyun

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyat hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Samarqand davlat universiteti

21.

Universitet observatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, kuzatuv natijalarini qayta ishlashni
va modellashtirishni yo‘lga qo‘yish orqali astronomiya sohasida malakali mutaxassislar, oliy malakali kadrlar tayyorlashni yangi sifat darajasiga ko‘tarish.

1. Universitet observatoriyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Universitet observatoriyasidagi ko‘zgusining diametri 0,48 metr bo‘lgan optik teleskopni takomillashtirish (kuzatuv natijalarini qayta ishlash
va matematik modellashtirish bo‘yicha zamonaviy asboblar bilan ta’minlash).

2018-yil
sentyabr


2019-yil
may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro fondlar mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti

22.

Fizika fakultetining “Yadro fizikasi laboratoriyasi” binosini rekonstruksiya qilish.

Rekonstruksiya ishlari uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqish va mutasaddi vazirliklar bilan kelishish, O‘zbekiston respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini ta’minlash.

2019-yil
sentyabr

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

23.

Universitet “Botanika” ilmiy-tajriba bog‘i moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Bog‘ hududida zamonaviy issiqxona barpo etish, noyob daraxt ko‘chatlari va o‘simliklar turlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy dizayn asosida landshaftini yaratish, qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash.

2020-yil
iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

24.

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Ettiuyli soy” dala o‘quv-amaliyot bazasini moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash.

1. Dala o‘quv amaliyoti bazasidagi turar joylarni tiklash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2. Dala o‘quv amaliyoti uchun zarur o‘quv auditoriyalari, zamonaviy qurilma
va jihozlar, shu jumladan avtobus bilan ta’minlash.

2018-yil
dekabr


2018-yil
dekabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti

V. Zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyani asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan ta’minlash

25.

Universitetda ilm-fanning eng ustuvor yo‘nalishlarida (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, biotexnologiya, mexanika) ilg‘or texnologiyalarga asoslangan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan oliy ta’lim muassasalararo ilmiy laboratoriya tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Ilm-fanning eng ustuvor yo‘nalishlarida (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, biotexnologiya, mexanika) ilg‘or texnologiyalarga asoslangan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan oliy ta’lim muassasalararo ilmiy laboratoriya tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda zarur asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Oliy ta’lim muassasalararo ilmiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
avgust









2019-yil
sentyabr

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Samarqand davlat universiteti

26.

O‘quv binolari va axborot-resurs markazini zamonaviy kompyuterlar, serverlar, proyektorlar va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlash hamda ichki kompyuter tarmog‘ini yanada takomillashtirish.

1. Universitet uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, serverlar, proyektorlar boshqa texnik jihozlar ro‘yxatini hamda texnik tafsilotlarini tuzish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli tashkilotlarga taqdim etish va xarid qilish.

2. Axborot-resurs markazini zamonaviy kompyuterlar va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

2018 — 2021-yillar davomida

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand davlat universiteti

(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)