OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “1992-YILDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISTEʼMOL BOZORINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 2 YaNVARDAGI 1-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning koʻplab takliflarini hisobga olib, respublika aholisiga kuponlarsiz sotiladigan tovarlarning roʻyxati ilovaga muvofiq kengaytirilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Binokorlik materiallari sanoati vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzmevasabzavotvinosanoat” konserni, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” qoʻshimcha roʻyxatni hisobga olib, aholiga tovarlarni kuponlarsiz sotishni taʼminlash yuzasidan zarur ishlarni amalga oshirsinlar.
3. “Oʻzkooptayyorlovsavdo” va Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston davlat banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Oʻzbekiston sanoat qurilish banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki bilan birgalikda aholi tomonidan tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, hayvonlar, parrandalar uchun kuponlar berish, ularni hisobga olish, hisob-kitob va inkassatsiya qilish tartibini tasdiqlasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, mahalliy boshqaruv organlariga aholiga gʻisht va yogʻoch-taxta materiallarini sotish tartibi toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqi berilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-yanvardagi 1-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshiga va koʻrsatilgan qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik nizomning 5-bandiga quyidagicha oʻzgartishlar kiritilib, “5000 soʻm” soʻzi “3000 soʻm” soʻzi bilan almashtirilsin va davomi matn boʻyicha.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-yanvar,
41-son
RESPUBLIKA AHOLISIGA KUPONLARSIZ SOTILADIGAN AYRIM TOVARLARNING ROʻYXATI
Oziq-ovqat tovarlari
Tortlar
Sut
Kefir
Ryajenka
Prostokvasha
Mors
Kvas
Gazli suv
Sharbatlar
Pivo
Butilkali va quyib sotiladigan alkogolsiz gazli ichimliklar
Muzqaymoq
Nooziq-ovqat tovarlari
Arzonlashtirilgan tovarlar
Konditsiyasiz buyumlar va ishga yaroqli chiqindilar
Tomosha muassasalari uchun ovoz kuchaytirish apparatlari
Sport anjomlari
Toshlar
Gantellar
Shtangalar
Bruslar
Yogʻoch otlar
Meva-sabzavot mahsulotlari
Sabzavotlar (osh koʻklar, lavlagi, qovoq, sholgʻom, turp) qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari (tuzlangan karam va bodringlar)
Noruda binokorlik materiallari
Qum-tosh
Qum
Tozalangan shagʻal
Maydalangan tosh
Keramzit
Ohak
Gips
Sement
Xarsang tosh
Marmar va granit toshlar, ularning uvoqlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar
Agloporit
Mineral paxta va undan tayyorlangan materiallar
Shlak bloklar
Yumshoq tom yopish materiallari
Asbotsement, choʻyan, polietilen, sopol quvurlar
Temir-beton buyumlar