19.07.2018 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-son qarori bilan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari hamda davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari negizida 14 ta kichik sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini Samarqand viloyatining 1-ilovaga muvofiq KSZlari tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining nasos-kuch uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sexining 1,15 gektar yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda — 15,0 gektar maydonga ega bo‘lgan sobiq bolalar sog‘lomlashtirish oromgohini Samarqand viloyati hokimligiga berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovada ko‘rsatilgan KSZlarning chegaralarini aniqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, KSZlarning qo‘shilgan hududlaridagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarini bajarishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlari tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 556-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatidagi kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

KSZ nomi

KSZ tarkibiga kiritilayotgan obyektlarning nomi

Obyekt joylashgan manzil

Hududi

(ga)*

Bino-inshootlar

maydoni

(kv.m)

1.

Samarqand shahar KSZ

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining yer uchastkasi bir qismi

Samarqand shahri, “Farxod” qo‘rg‘oni

1,15

-

2.

Narpay tumani KSZ

Sobiq bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Narpay tumani, “Tepa” MFY

15,0

4 321,7

3.

Oqdaryo tumani KSZ

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yer uchastkasi

Oqdaryo tumani, “Bo�dorxon” MFY

46,3

-

JAMI:

62,45

4 321,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 556-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

O‘lchov

birligi

Miqdor/

Quvvati

Xarajatlar

miqdori*

(mln so‘m)

Moliyalashtirish

manbalari

Mas’ul ijrochilar

Samarqand shahar KSZ

1.

Shahar avtomobil yo‘lidan (Samarqand sh, Farxod qo‘rg‘oni) KSZga bo‘lgan kirish yo‘lini ta’mirlash

km

0,3

60,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi

2.

6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish, 400 kVA quvvatli transformator o‘rnatish va mavjud 400 kVA quvvatli transformatorni kapital ta’mirlash

km

dona

1,0

2/400

1/400

185,0

Moliya vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

3.

Suv olish inshootlarini va d=400 mm suv quvurlari tarmoqlarini qurish

dona

km

1

3,0

450,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xo‘jaligi vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

Oqova suv tarmoqlarini qurish

km

2,3

410,0

JAMI:

1 105,0

Narpay tumani KSZ

4.

M-37 avtomobil yo‘li 101 km uchastkasidan KSZga bo‘lgan kirish yo‘lini ta’mirlash va asfalt yotqizish

km

1,5

96,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi

5.

d=159 mm bo‘lgan gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

8,0

1 800,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

6.

6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish va 400 kVA quvvatli transformator o‘rnatish

km

dona

2,0

3/400

270,0

Moliya vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

7.

d=400 mm bo‘lgan suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

2,0

150,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xo‘jaligi vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

Lokal tozalash inshootini qurish

km

1,5

350,0

JAMI:

2 666,0

Oqdaryo tumani KSZ

8.

5 km uchastkadagi 7N594 avtomobil yo‘lidan (Oqdaryo tumani, “Boshdarxon” MFY) KSZga bo‘lgan kirish yo‘lini ta’mirlash

km

6,0

680,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi

9.

d=159 mm bo‘lgan gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

5,0

1 125,0

Moliya vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

10.

6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish, 630 kVA va 400 kVA transformator o‘rnatish

km

dona

1,0

1/630

1/400

195,0

Moliya vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

11.

d=400 mm suv quvurlarini va suv to‘sish inshootlarini qurish

dona

km

1

2,0

350,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xo‘jaligi vazirligi,

Samarqan� viloyati hokimligi

Lokal tozalash inshootini qurish

dona

km

1

2,0

2 500,0

JAMI:

4 850,0

HAMMASI:

8 621,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Infratuzilma obyektlari quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 09/18/556/1547-son)