O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, odil sudlovning sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash uchun tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining ish bilan bandligini maqbullashtirish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
PF-5487-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PF-5487-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. 9-bandda:
to‘rtinchi xatboshisidagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “418” va “209” raqamlari tegishincha “440” va “220” raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin;
2) 10-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) ma’muriy sudlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining soni 2 — 6 birlikni, shundan sudyalar soni 1 — 3 tani tashkil etadi.
Tuman (shahar) ma’muriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 birlikni, shundan sudyalar soni — 220 tani tashkil etadi.
*) Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi”;
3) 12-ilovadagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;
4) 14-ilovadagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;
5) 16-ilovadagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 06/18/5487/1543-son)