Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarorini ijro etish va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyul,
549-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshiga “hujjat” soʻzidan keyin “shu jumladan, elektron shaklda” soʻzlari qoʻshilsin;
b) toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekekspertiza” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 6-bandda “yozma” soʻzidan keyin “yoki elektron shaklda” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 7-bandning oltinchi xatboshidaga “vakolatli organlarda belgilangan tartibda hisobga qoʻyilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 10-banddagi “5” va “10” raqamlari tegishli ravishda “4” va “6” raqamlari bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning beshinchi xatboshidagi “4-bandi” soʻzlari “4 va 17-bandlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan “Yagona darcha” birxillashtirilgan bojxona axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda elektron portal deb ataladi) kiritiladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sertifikat rasmiylashtiriladi. Ariza beruvchi tomonidan qogʻoz shaklidagi sertifikat talab qilingan taqdirda vakolatli organ ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha bir nusxada sertifikat beradi”.
7. 18-banddagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
9. 2 — 5-ilovalarning nomlanishidagi “OCNIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “OTKRITOYE AKSIONERNOYE OBSHESTVO” soʻzlari tegishli ravishda “AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “AKSIONERNOYE OBSHESTVO” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)