17.07.2018 yildagi 543-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu shaxslarga yordam koʻrsatish boʻyicha profilaktik va boshqa chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga masʼul tuzilmalar faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning vazifa, funksiya va vakolatlarini aniq chegaralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ular hayotining sifati va darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning psixologik va ijtimoiy moslashuvi monitoringi tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish sohasidagi ishlarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayoniga xususiy sektor vakillarini keng jalb etish orqali ularga tegishli imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida davlat-xususiy sherikchilik tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning psixologik, ijtimoiy-maishiy taʼminot va ish bilan taʼminlash faoliyatini tayyorlash, prognozlash va rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsidiv va takroriy jinoyatlar sonini kamaytirishga qaratilgan taʼsirchan choralar koʻrish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan va maxsus kommendatura hisobidan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari negizida Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) tashkil etilsin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va taʼminlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik toʻlanadigan nafaqa puli berish orqali ularning birlamchi ehtiyojlarini qondirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislari (psixolog, tibbiyot xodimi, huquqshunos va boshqalar)dan yordam olish, zarur holatlarda davolanishga, qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uylariga yoʻllanmalar berish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya qilishda, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarini hal qilishda, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar olishda yordam koʻrsatish.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy sohada va ish bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish maxsus komissiyalari, ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam koʻrsatishning individual dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, har oyda sud qarori boʻyicha ushbu toifadagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish individual dasturlarining joylarda ijro etilishini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli oʻrganish va ularning ongini oʻzgartirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni axloqan tuzatish, ularga qonunga itoatkorlik ruhini singdirish, jamiyatning ijtimoiy faol aʼzosi boʻlishiga yordam koʻrsatish boʻyicha individual manzilli dasturlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga hujjatlashtirish masalasi (shaxsiy hujjatlarni tiklash, pasport olish)da yordam koʻrsatiladi, ularning pensiya sugʻurtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar ularni quyidagi toifalarga ajratgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuzalish yoʻliga oʻtmaganlar — ularga tarbiyachilar biriktirilib, maʼnaviy qiyofasini yaxshilashga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ularni sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlishga va qonunga itoatkor turmush tarziga rioya qilishga undaydi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuzalish yoʻliga oʻtganlar — ularda mustaqil mehnat koʻnikmasini uygʻotish va ijtimoiy faol hayotiy pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida ularga nisbatan toʻliq ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyaviy ishlar uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkum jazoni ijro etish muassasasiga kelib tushgan bosqichda uning psixologik ahvoli tuzalishga boʻlgan moyilligini aniqlashtirish orqali oldindan oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning ongini oʻzgartirish, unda sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish boʻyicha chora-tadbirlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahkumni talab yuqori boʻlgan kasb va mutaxassisliklarga oʻqitish uchun kasbiy taʼlimni tashkil etish, oʻqish yakuni boʻyicha tegishli hujjat taqdim etish va kelgusida ish bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozodlikka chiqqan paytidan boshlab bir yil mobaynida ijtimoiy hayotga moslashish sifatini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, shuningdek Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining fuqarolar yigʻinlari huzuridagi voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport ishlari boʻyicha komissiyalar zimmasiga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining birlamchi tashkilotlari, shuningdek, tuman hokimliklari, taʼlim muassasalari va boshqalar bilan yaqin hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ish bilan taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ichki ishlar, bandlik va mehnat munosabatlari organlari, sogʻliqni saqlash va markazlar oʻrtasida idoralararo hamkorlik dasturini ishlab chiqishni va tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari negizida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni jalb etish orqali, davlat-xususiy sherikchilikning imkoniyatlarini qoʻllagan holda mahkumlar ozodlikka chiqqunga qadar olgan mutaxassisligi boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim etishni nazarda tutib, ularni mehnat bozori talabiga mos mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati va mehnat organlariga kelgusi kalendar yilida ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilinadigan shaxslarning soni hamda ularning kasbi va mutaxassisligi haqida prognoz taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 543-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni psixologik va ijtimoiy moslashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni oʻtagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga koʻmaklashuvchi ixtisoslashtirilgan
tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, ushbu markazlar shtat birligini va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini tasdiqlash;

reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati doirasiga nafaqat jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, balki avval sudlangan ishsiz shaxslarni ham qamrab olishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazoni oʻtagan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga koʻmaklashish boʻyicha maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;

2019 — 2022-yillarda ijtimoiy moslashtirish markazlarini bosqichma-bosqich jihozlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorini va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-son farmoyishini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashni nazarda tutish.

2018-yil
sentyabr

IIV, Adliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Mahkumlarni tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish

2.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutgan holda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishni tanqidiy qayta koʻrib chiqish va bu borada yagona tizimni joriy etish:

jazoni ijro etish muassasalariga kelib tushgan shaxslarni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ijro etish boʻyicha inspeksiyalarda jinoyat sodir etishga moyilligi mavjudligi va joriy psixologik holati boʻyicha majburiy dastlabki oʻrganish;

har bir mahkum bilan yakka tartibda maqsadli tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish, ularni mahkumning axloqan tuzalishiga qarab moslashtirib borish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ozodlikka chiqarilgan kunidan boshlab bir yil davomida ijtimoiy moslashuv jarayonini oʻrganib borish.

2. Mahkumlarga mutaxassislar, psixologlar va mahkumlar orasidan murabbiylar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining boshlangʻich tashkilotlari vakillarini biriktirish orqali ular bilan manzilli ishlashni taʼminlovchi mexanizmni joriy etish.

2018-yil
oktyabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahkumlarda sodir etgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymon boʻlish hissini shakllantirish va ularni kelgusida ijtimoiy moslashuvga psixologik tayyorlashga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish.

1. Quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladigan mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar tizimini qayta koʻrib chiqish:

birinchi — mahkumning psixologik portretini, tuzalishga moyilligini aniqlash maqsadida, uni jazoni ijro etish muassasasiga kelib tushish bosqichida dastlabki oʻrganish;

ikkinchi — mahkumlarning dunyoqarashini oʻzgartirish, ularda sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik hissini uygʻotishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish;

uchinchi — mahkumni doimiy yashash joyida talab katta boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha oʻqitish va kelgusida ishga joylashtirish;

2. Mahkumlarni quyidagi toifalarga ajratishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni individuallashtirish:

ogʻir tarbiyalanadiganlar — ularning axloqiy qiyofasini yaxshilash, sodir etgan jinoyatiga nisbatan pushaymonlik va ongli ravishda tuzalish yoʻlini tanlash, kelgusida qonunga itoatkorlik hayot tarziga oʻtish hissini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

tuzalish yoʻliga oʻtganlar — mustaqil mehnat qilish koʻnikmalarini shakllantirish va ijtimoiy faol hayot pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida ularga tarbiyachilar biriktiriladi;

toʻliq tuzalganlar — toʻliq resotsializatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

3. Faol ijtimoiy-siyosiy fikrlash va ongli hayot pozitsiyasi, ijtimoiy, axloqiy-etik qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil mehnat qilish koʻnikmalarini singdirishga qaratilgan kompleks tushuntirish-targʻibot chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

4. Mahkumlarni ozod qilishga qaratilgan, ularni talab katta boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha oʻqitish va doimiy yashash joyida ishga joylashtirish masalalarini hal qilish, ularga psixologik yordam koʻrsatish hamda kelgusi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlarni olishda koʻmaklashishni nazarda tutuvchi kompleks tushuntirish chora-tadbirlarini tashkillashtirish.

2018-yil
noyabr


















doimiy

doimiy

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar


















IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar


IIV, Mehnat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Tarbiyasi ogʻir mahkumlarni tarbiyalash ishlarini kuchaytirish.

1. Individual psixologik xususiyatlarini tuzib chiqish va tarbiyalash ogʻir boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning barchasini oʻrganib chiqish.

2. Quyidagilarni nazarda tutgan holda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan ishlash boʻyicha individual rejalar ishlab chiqish:

mahkumning psixologik xususiyatlaridagi oʻzgarishlarga muvofiq, zarur holatlarda dasturga tuzatishlar kiritib borish orqali tadbirlar va tarbiyaviy ishlarni har haftalik rejalashtirish;

mahkumlarda ijtimoiy maqbul dunyoqarashni shakllantirishga mutaxassis-psixologlar, huquqshunoslar va din vakillarini jalb qilish;

tarbiyalanayotgan shaxslarni mehnatga va boshqa jamoat tadbirlariga jalb qilish maqsadida xodimlar va astoydil pushaymon boʻlgan mahkumlar orasidan murabbiylar biriktirish;

jamoatchilik kengashlari vakillari bilan birgalikda tarbiyalash ogʻir boʻlgan shaxslarni jamiyatning teng huquqli va ijtimoiy faol aʼzolariga aylantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish.

3. Jazoni ijro etish koloniyalari huzurida mahkumlarni tarbiyalash va ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga koʻmaklashuvchi jamoatchilik kengashlari tuzish.

2018-yil
dekabr

2019-yil
yanvar











2019-yil
fevral

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Mahkuma ayollarni, fuqarolik jamiyati instituti vakillarini jalb qilgan holda, tarbiyalashning zamonaviy usullarini joriy etish.

1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda jazoni ijro etish 64/1-son muassasasi (Zangiota tumani) oʻrtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni qabul qilish:

jazoni ijro etish 64/1-son muassasasida (Zangiota tumani) Xotin-qizlar qoʻmitasining boshlangʻich tashkilotini tuzish;

mahkuma ayollarni sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon boʻlishi va oldingi turmush tarzidan voz kechishga undashga qaratilgan manzilli ishlarni oʻtkazish;

muassasa maʼmuriyati va Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillarining mahkumalarni faol hayotiy pozitsiya va ruhiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularda ijtimoiy maqbul axloqiy xulq-atvor, koʻnikma va intilishlarni shakllantirish boʻyicha birgalikdagi ishni yoʻlga qoʻyish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarga doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va boshqa yordamlar koʻrsatish.

2. Xotin-qizlar qoʻmitasi, uning jazoni ijro etish 64/1-son muassasasidagi (Zangiota tumani) boshlangʻich tashkiloti, shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis oʻrtasida, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollarning ijtimoiy moslashuvini kuzatish mexanizmlarini joriy etishni koʻzda tutgan holda, yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

3. Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan ruhiy, ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-yil

dekabr

IIV, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Voyaga yetmagan mahkumlarni axloqan tuzatish boʻyicha ishlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini jalb etish.

1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda jazoni ijro etish boʻyicha tarbiya koloniyasi (Zangiota tumani) oʻrtasida, quyidagilarni hisobga olgan holda, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum tuzish:

voyaga yetmagan huquqbuzarlarning sodir etgan jinoyatiga astoydil pushaymon boʻlishiga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillarini hamda mahkumlarning ota-onalarini jalb etish mexanizmini ishlab chiqish;

tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy faol pozitsiya va vatanparvarlik hissini singdirish boʻyicha kompleks dastur ishlab chiqish;

zarur ijtimoiy-maishiy, ruhiy, maslahat va mutaxassislikka ega boʻlishga qaratilgan yordam koʻrsatish maqsadida Yoshlar ittifoqi faollari orasidan murabbiylar biriktirish.

2. Tarbiyalanayotganlarda zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik hissini, buzgʻunchi gʻoyalar va boshqa salbiy ijtimoiy hodisalarga jalb etishga nisbatan immunitetni shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2019-yil

mart

IIV, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Tuzalish yoʻliga oʻtgan hamda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni tanqidiy koʻrib chiqish.

1. Mahkumlarni ragʻbatlantirishning amaldagi mexanizmlarini oʻrganish va tuzalish yoʻliga oʻtgan hamda tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilingan mahkumlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Sudlangan shaxslarning, ularga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash nuqtai nazaridan, xulq-atvorini baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, shu jumladan, qarindoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, moddiy ragʻbatlantirish, qoʻshimcha telefon soʻzlashuvlari huquqini berish va hokazo.

3. Tarbiyasi ogʻir boʻlgan mahkumlar bilan jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb etilgan mahkumlar, agar ularga biriktirilgan shaxslarni murabbiylik faoliyati davomida tuzatish yoʻliga oʻtkazish boʻyicha ijobiy natijalarga erishsa, ularni yashash joyi boʻyicha koloniyaga koʻchirish amaliyotini joriy etish.

2019-yil

aprel



2019-yil

may



2019-yil

sentyabr

IIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish.

Huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik bilan birgalikda mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilishga tayyorlash boʻyicha 2020 — 2022-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

mahkumlarning dunyoqarashini zamonaviy voqelikka moslashtirishga qaratilgan zamonaviy ijtimoiy munosabatlar va boshqa muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar mohiyatini ochib beruvchi qonunchilik normalarini yetkazish boʻyicha keng targʻibot ishlarini amalga oshirish;

kelgusida bandlik masalasini hal qilgan holda mutaxassislik egallash boʻyicha mahkumlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

dekabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jazoni ijro e�ish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ish bilan taʼminlashda yordam koʻrsatish

9.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ish bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning reyestrini yuritish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligi monitoringi boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish holati monitoringi tizimini shakllantirish, ularni ish bilan taʼminlash muammolarini hal etish hamda boshqa ijtimoiy yordam turlarini koʻrsatish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy va ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyatni prognoz qilish va rejalashtirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, koʻrsatilgan shaxslarni muayyan kasblarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni haq evaziga amalga oshiriladigan jamoat, shuningdek vaqtinchalik (mavsumiy) ishlarga jalb etish boʻyicha choralarni amalga oshirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro samarali hamkorligi mexanizmini yoʻlga qoʻyish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayoniga jamoatchilik va xususiy sektorni keng jalb etish.

2020-yil

yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan muhtoj shaxslarni uy-joy bilan taʼminlash masalalarida yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish.

2020 — 2022-yillarga moʻljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar orasidan uy-joyga muhtojlarini aniqlash, ularga uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yordam koʻrsatish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va uy-joyga muhtoj shaxslar uchun qoʻshimchavaqtinchalik xonalar ajratilishini tashkillashtirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni doimiy va vaktinchalik propiska qilish tizimini takomillashtirish.

2020-yil

fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga tibbiy-profilaktik va maxsus tibbiy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish.

2020 — 2022-yillarga moʻljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, avvalambor, yuqumli kasalliklarga chalingan shaxslarni davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy va laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishni tashkil etish;

tanosil kasalliklariga chalingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida davolashni tashkil etish va boshqalar.

2020-yil

mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV,
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqib chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, shuningdek, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, birlashgan bandlar uchun belgilangan eng soʻnggi muddat ijro etish muddati hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/543/1526-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)