Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasb-hunar taʼlimi markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasb-hunar taʼlimi markazining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2480-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son “Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
08/qq-son
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
05/qq-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 25-iyun
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 25-iyun
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh. ISRAILOV
2018-yil 25-iyun
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
2018-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2018-yil 25-iyun
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2018-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 25-iyundagi 08/qq, 05/qq-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2013-yil 16-iyuldagi 19/qq, 36/qq-son “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2480, 2013-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil., 29-son, 381-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2014-yil 14-maydagi 9/qq, 35/qq-son “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2480-1, 2014-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil., 21-son, 247-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2016-yil 27-yanvardagi 05/qq, 03/qq-son “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida saralash test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2480-2, 2016-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil., 5-son, 44-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 10/18/2480-3/1530-son)