16.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3039
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3039]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2018-yil 7-iyundagi 342-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq gidrotexnika inshootlarining (bundan buyon matnda GTI deb yuritiladi) xavfsizligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI — suv omborlari toʻgʻonlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi toʻgʻonlar, daryolarning oʻzanlarini toʻsuvchi inshootlar, suv olish, suv oʻtkazish, suv tashlash hamda qirgʻoqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi tashkilot — balansida GTI mavjud boʻlgan yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan tashkilot;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat (bundan buyon matnda favqulodda vaziyat deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIning xavfsizligi — GTIning fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va qonuniy manfaatlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit va xoʻjalik obyektlari himoya qilinishini taʼminlash imkonini beruvchi holati;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIning xavfsizligi mezonlari — GTI holatining va ulardan foydalanish shartlarining GTI avariyasi xavfining yoʻl qoʻyiladigan darajasiga muvofiq boʻlgan miqdor va sifat koʻrsatkichlarining cheklangan qiymati.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baʼzi alohida GTIlar uchun foydalanuvchi tashkilot tomonidan mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. GTIlarda xavfsizlik deklaratsiyasi va GTIlarning davlat kadastrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. GTIlar hududi chegarasida foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlarni qurish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. GTIlarda suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari belgilanishi va sanitariya muhofazasi zonalari tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. GTIlarda doimiy xizmat qiladigan navbatchi xodimlarni qish mavsumida isitish va yogʻingarchiliklardan himoya qilish uchun, maxsus turar joylar ajratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus turar joylarning binolari elektrlashtirilgan, tezkor aloqa vositalari, foydalanish uchun stollar, oʻtirish uchun stul va skameykalar, ichimlik suvi uchun idish, tashqi kiyim uchun ilgaklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sovuq davrlarda xona ichidagi havo harorati 20°S dan past boʻlmasligi kerak. Binoning yoritilishi ushbu Qoidalarning 1-ilovasidagi jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir binoda birinchi tibbiy yordamchi vositalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jabrlanganlar yoki ish joyida toʻsatdan kasal boʻlib qolganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan keyin ular yaqin joylashgan tibbiy muassasaga olib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. GTIlarda bino va inshootlarni yongʻindan himoya qilish mavjud yongʻin xavfsizligi qoidalari, shaharsozlik normalari va qoidalari, tarmoq standartlari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir binoda yongʻinni nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda, foydalanuvchi tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi choralari shuningdek, yongʻinni oʻchirishning birlamchi usuli mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Foydalanuvchi tashkilot GTIlarini qoʻriqlanishini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻriqlanadigan obyektlarda GTIning qoʻriqlanishini shartnoma asosida taʼminlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. GTIlar kompleksi tarkibiga kiruvchi inshootlardan foydalanish foydalanuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma talablariga, texnologik uskunalar esa ishlab chiqaruvchining yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. GTIlardan foydalanish yoʻriqnomasi kamida 1 yilda 1-marta qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlardan foydalanish yoʻriqnomasiga oʻzgartirishlar kiritilganda barcha xodimlarga yetkazilishi va tanishtirilishi zarur hamda bu haqda tegishli jurnalga qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan GTIlardan foydalanish, foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi. Xavf tugʻdiruvchi GTIlar roʻyxati foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Avariyalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar, uskunalar, instrumentlar, inventar, avtomatlashtirish, aloqa, energiya taʼminoti va yongin xavfsizligi vositalari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1064-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida joylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2019-yil 8-apreldagi 78-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-1, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/3039-1/3000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. GTIlarida transport vositalari va mexanizmlarni erkin harakatlanishiga toʻsqinlik boʻlmasligi kerak. Kirish yoʻllari yaxshi va soz holda saqlanishi lozim. Kirish yoʻli chizmasi, odamlar va transport harakati uchun oldindan belgilanishi va ushbu hududdagi ishlar uchun jalb etilgan barcha transport vositalari haydovchilariga yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. GTIlar hududiga begona transport vositalarining kirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. GTIlardan xavfsiz foydalanish uchun masʼul boʻlgan texnik rahbar, gidrotexnika sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlardan foydalanish boʻyicha boʻlinmalar mutaxassislari tegishli uchastkalarda ish olib borishi va uskunalar bilan ishlash yoki ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga, ish tajribasiga ega boʻlishlari va oʻquv kurslarini oʻtagan boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir xodim GTIni texnik holatiga taʼsir koʻrsatadigan yoki texnik jihozlarning notoʻgʻri ishlashi yoki nazorat oʻlchov asboblari (bundan buyon matnda NOʻA deb yuritiladi) koʻrsatkichlari buzilishlari, fuqarolar hayoti va atrof-muhitga taʼsiri, xavf tugʻdirishi mumkinligini aniqlagan holda tezkorlik bilan bevosita boshligʻiga yoki yuqori turuvchi rahbarga yetkazishi va oʻzining mansab yoʻriqnomasiga muvofiq aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mutaxassis va ishchilar gidromexanik uskunalar, yuk koʻtarish kranlari va boshqa koʻtarish inshootlari, bosimli uskunalar, elektr qurilmalaridan foydalanish bilan bogʻliq va boshqa ixtisoslashtirilgan ishlarini bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim va tegishli nizom talablariga muvofiq ishlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Foydalanuvchi tashkilotda barcha texnik vositalar va uskunalarning roʻyxati texnik rahbar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak, ularni taʼmirlash ishlari ruxsatnoma-naryadi berish asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. GTIlarni, tarmoq va asbob-uskunalarni kapital, oʻrta va joriy taʼmirlash ishlari har yili texnik rahbar tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan taʼmirlash grafigi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. GTIlardan foydalanish barcha zarur qurilish mashinalari, mexanizmlari, transport vositalari, kuzatuv moslamalari va materiallari yordamida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlardan foydalanish ularning xavfsizligi holatini va ishonchli ishlashini, shuningdek texnologik asbob-uskunalarni uzluksiz ishlashi va tejamkorligini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avariya-tiklash ishlari avariya sodir boʻlganida imkon qadar tez amalga oshiriladi, odamlar hayotiga va katta moddiy ziyonni kelib chiqishiga tahdid soladigan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. GTIlardan foydalanuvchi tashkilot mazkur Qoidalarning 2-ilovasidagi sxemada favqulodda vaziyatlarda harakatlar rejasi (bundan buyon matnda FVHR deb yuritiladi)ni tuzishini va tasdiqlashini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. FVHR GTIlardan foydalanish tashkilotining texnik rahbari tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi. GTIlarida oʻzgarishlar yuzaga kelishi bilan uch kun muddat ichida FVHRga zaruriy oʻzgartirishlar kiritilib, manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan va imzo qoʻydirilgan holda tegishli mansabdor shaxslarga yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hollarda va ularni bartaraf etish jarayonida shaxsan ishtirok etishi va harakat qilish tartibi boʻyicha mutaxassislarni oʻqitishni foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari amalga oshiradi, ishchilarni esa tegishli boʻlinma boshligʻi oʻqitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi va mutaxassislarni oʻqitish oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish va ularning shaxsiy kartochkasiga tegishli belgi qoʻyish va imzolatish yoʻli bilan har yili amalga oshiriladi. Bilim darajasi har yili tekshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. FVHRga muvofiq attestatsiyadan oʻtmagan xodimlarni ishga olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. GTIlarda xodimlar uchun koʻrinarli joyda FVHR, dispetcherlar xonasida esa favqulodda vaziyatlarda xabardor qilish tartibi oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishchi xodimlar tomonidan FVHRni amalga oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari GTIlardan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan har yili tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. GTIdan foydalanishda zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har bir tuzilma (boʻlinma, uchastka)da mutaxassislar orasidan texnik hujjatlarni qabul qilish va saqlash uchun masʼul boʻlgan xodim tayinlanishi lozim, hujjatlarni saqlash uchun xona (shkaflar) ajratilishi, saqlangan va berilgan hujjatlarning hisobini olib borish boʻyicha jurnal yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Loyiha, ijroiya qurilish hujjatlari va inshootlarning avvalgi yillar holatini nazorat qilish materiallarini saqlash joyi va tartibi foydalanuvchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi. Hujjatlar maxsus hisobga olish jurnalida qayd etilib, unda ushbu hujjatlarni doimiy saqlash joyi va ularning arxiv raqamlari koʻrsatib olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Texnik hujjatlarni qabul qilish va saqlash boʻyicha masʼul xodim oʻzgarganida barcha mavjud hujjatlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak. GTIlardan foydalanish uchun zarur boʻlgan texnik hujjatlarni qabul qilish va topshirish komissiya tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. GTI va asbob-uskunalar normal darajada ishlashini taʼminlash uchun quyidagi asosiy hujjatlar boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarni qurilishi uchun yer tanlash va ajratish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi yoki Hukumat qarori;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyiha yoki ishchi loyihaga barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar, loyiha ekspertizasi materiallari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlar va boshqa obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ishchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga topshirilgan obyektlar va GTIlarning ijro etuvchi qurilish hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv hisoblagich vositalari, pyezometrlar, shelemerlar, markalar, va reperlarni oʻrnatish uchun qabul qilingan ijro dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar, ishchi hujjatlar va boshqa maqsadlar uchun olib borilgan muhandislik tadqiqotlari hisobotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat va ishchi qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan uskunalardan foydalanish uchun pasport va zavod yoʻriqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tarkibida ishlab chiqilgan GTIdan foydalanish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish davrida GTI xavfsizligi boʻyicha monitoring natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning xavfsizlik deklaratsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIning davlat kadastri, texnik pasportlari, inshootlar bilan sodir boʻlgan barcha oʻzgarishlar va qoʻshimchalar, shuningdek GTIlarni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(37-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI xavfsizligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI obyektlaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarning amaldagi lavozim yoʻriqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat-muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, binolar va GTIlardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat sanitariya va yongʻinga qarshi xavfsizlik yoʻriqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish xodimlarining bilimini tekshirish, yoʻriqnomada oʻtkazish va oʻqitish boʻyicha materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda xabar berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda harakatlar rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarning xavfsizlik mezonlari (nazoratdagi koʻrsatkichlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlar obyektlarining vaziyat rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlar faoliyatining yillik grafigi (suv omborlari uchun ish rejimi, suvdan foydalanish rejalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻonlar, dambalar oʻqi, kollektor, kanallar trassasi boʻylab koʻndalang kesimining loyihadagi va amaldagi belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzanlarni yuvilishi va loyqaligi, qirgʻoqlarni qayta ishlash va suv osti choʻkindilari boʻyicha oxirgi kuzatuv natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlar va ularning alohida elementlari uchun natura kuzatish grafiklari va jurnallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash-tiklash ishlari, rejali-ogohlantirish grafigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish xodimlari tomonidan bajarilgan yopiq ishlar dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarining holati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin oʻchirish tezkor rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlaridan foydalanish yoki qurish huquqini beruvchi litsenziya (faoliyat turini litsenziya talab qilinganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan GTIlarning texnik holatini baholash boʻyicha xulosalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI va asbob-uskunalarining ishdan chiqishi va boʻlib oʻtgan avariyalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ularning sabablarini tekshirish materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarning xavfsizligi deklaratsiyalari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarni qurish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq foydalanuvchi tashkilotlarning buyruq va farmoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va ijro qurilish hujjatlari, shuningdek mualliflik va geotexnik nazorat hujjatlari, GTIlarining instrumental kuzatish materiallari foydalanuvchi tashkilot arxivida GTIlarni konservatsiyalash yoki tugatilishiga qadar saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. GTIlarning umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. GTIlarning konstruksiyasi, oʻlchami va joylashish oʻrni loyihaga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. GTIlardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalariga muvofiq qatʼiy amal qilish va bajarish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. GTIlarning xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun quyidagilar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIning foydalanish qoidalariga muvofiq GTIning yuqori va quyi suv sathidagi belgilarini muntazam monitoringi olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tomonidan belgilab qoʻyilgan GTIlarda suv sathi belgisini saqlab qolinishi, GTIning yuqori sathida loyqa bosishiga, quyi sathida yuvilishiga, kollektorlar va kanallar oʻzanlarini loyqa bosishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻsiqsiz normal suv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida, suv oʻtkazish inshootlarining oraliqlarini chiqindilardan tozalash, ularga begona suzib oʻtuvchi jismlar tushishi oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida oʻzan tozalash ishlari amalga oshirilishi natijasida GTIlar hamda boshqa muhandislik inshootlari xavfsizligiga tahdid aniqlanganda, uni bartaraf etish maqsadida, zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vazirligi vazirligi yoki uning hududiy organlarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natura kuzatuvlarining muntazam ravishda yuritilishini taʼminlash va ularning natijalarini oʻz vaqtida tahlil qilish, zarur hollarda loyiha va ilmiy tashkilot mutaxassislarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada koʻzda tutilgan suv taʼminoti tarmogʻi uzunligi boʻylab va GTI orqali maishiy va toshqin suvlar sarflarini kamaytirishga qaratilgan GTIning suv oʻtkazish qobiliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kanallar va kollektorlar trassasiga texnik xizmat koʻrsatish uchun GTIlar hududi qulay boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. GTIlardan foydalanish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilar vaqtincha maxsus joylarda saqlanishi zarur, ular belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki chiqindixonalarga olib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. GTIlar holatining muntazam ravishda nazorati amalga oshirilishi va belgilangan koʻrsatgichlarga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Toʻsuvchi dambalarda, toʻgʻonlarda, kanallarda, drenajlarda, tunnellarda piket boʻyicha inshootning uzunligida, yer osti yoki suv ostidagi maxfiy aloqa va kommunikatsiyalar bilan kesishadigan joylarda (kabellar, suv quvurlari va boshqalar) tegishli belgilar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tozalanmagan oqova va boshqa suvlarni suv manbalariga tashlash, shuningdek loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan GTIning joylashgan hududida saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. GTIlar hududlariga kiradigan joylarda begona shaxslar kirishini taqiqlovchi belgilar boʻlishi kerak. GTI akvatoriyasida joylashgan yaqin hududlarda choʻmilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kanal va toʻgʻon dambalaridan foydalanishida damba qiyaliklarining quyi va yuqori qismlarida karyerlar tashkil etish va kotlovanlardan tuproq, qum-shagʻal qazib olinishiga ruxsat etilmaydi. Ushbu hududlardagi tuproqni ishlatish faqat zaruriy asoslangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Suvni rostlovchi zatvor va mexanizmlar hamda elektrotexnik jihozlari doimo ishchi holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kapital taʼmir va montaj ishlaridan soʻng gidromexanik uskunalardan foydalanishni boshlashdan oldin dalolatnoma tuzish orqali mustahkamlik va zichligi sinovidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihada sinov tartib-qoidasi belgilanmagan hollarda, sinovlarni shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq olib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tonnellarning shamollatish qurilmalari va toʻgʻonning suv chiqarish galereyalari ishchi holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Gidromexanik uskunalar buzilgan hollarda, taʼmirlashni olib borish uchun suv oʻtkazish oraliqlar (teshiklar)ida shandorali tirqish (paza) yoki avariya-taʼmir zatvorlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. GTIni foydalanish jarayonida shandoralarni oʻrnatish ishlari xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan yoki boshqa qulay joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xizmat koʻprigiga kirish eshiklari qulflangan yoki devor eshiklari bilan qoplangan boʻlishi kerak. Begona shaxslarning koʻpriklardan ruxsatsiz kirish imkoniyati cheklanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yilning har qanday vaqtida shandora va taʼmirlash materiallarini yetkazib berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar va taʼmirlash materiallarini saqlash joylari, ulardan foydalanish va taʼminlash uchun masʼul shaxslar yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Yuqori suv sathidan kamida 0,5 m balandlikdagi har bir suv chiqarish teshiklarini yopish uchun GTIda avariya zaxira shandoralari belgilangan miqdorida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ishlab chiqarishda loyihadan chetlab oʻtilgan yaroqsiz shandoralar GTIlarda oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. GTIlarni tekshirish va taʼmirlash texnika xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq ruxsat etiladigan naryad boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Suv chiqarish inshootlarini tozalash ishlari masʼul rahbar ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Nuqson va buzilgan joylarni aniqlash uchun, GTIlar yiliga ikki marta (bahor va kuzda) umumiy texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Rejali tekshiruvlardan tashqari, GTIlarni favqulodda hodisalar yoki avariyalardan soʻng navbatdan tashqari tekshiruvlari oʻtkazilishi lozim. Aniqlangan kamchiliklar va buzilishlar bartaraf etilishi lozim. Tekshiruvlar natijalariga koʻra maxsus dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Toshqin mavsumi boshlanishidan bir oy oldin foydalanuvchi tashkilotda toshqinga qarshi komissiya tashkil etiladi va suv toshqinlarini xavfsiz qabul qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqiladi. Reja gidrometeorologiya xizmati tomonidan taqdim etilgan sel oqibatlari maʼlumotlari asosida ishlab chiqiladi. Rejada yuqori suv oqimi, dastlabki sarf-xarajatlar, suv toshqinini betolofat oʻtkazib yuborish choralari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinga qarshi komissiya foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida suv toshqinlarini qabul qilish va oʻtkazib yuborish uchun obyektlarning tayyorgarligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Barcha mutaxassislar va foydalanish ishchi-xodimlari chora-tadbirlar rejasida qayd etilgan suv toshqinlarini qabul qilish va oʻtkazib yuborish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ishlarni amalga oshirishga oʻrgatilishi va oʻqitilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Suv toshqinlari davrida suv sathini va toshqin suvlarini suv oʻtkazish inshootlari orqali oʻtishini va dambalar texnik holatini kunu-tun nazorati oʻrnatiladi. Bundan tashqari, ushbu davr uchun muhandislik va texnik xodimlarning navbatchiligi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Chuqurliklarni qayiqda turib oʻlchash, texnik vositalari (exolot) yordamida, tarkibi ikki kishidan kam boʻlmagan, qutqaruv jiletini kiygan guruh aʼzolari bilan oʻtkaziladi. Chuqurliklarni qoʻlda oʻlchashda massasi 10 kg gacha boʻlgan lotdan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chuqurliklarni lot bilan oʻlchashda quyidagilar: qayiq chetiga (bortiga) yoki oʻrindigʻiga tik turib va bortdan pastga egilib oʻlchash, lot bogʻlanadigan arqonni qoʻlga oʻrash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. GTIlarda mavjud boʻlgan suzish vositalari soz holatda boʻlishi. Suzish vositalarida yuk koʻtarish qobiliyati koʻrsatilishi va bort ichida qutqaruv vositalari (qutqarish chambaraklari yoki pufaklar, kanopli arqon) va suvni chiqarib tashlash vositalari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus uskunalar bilan jihozlangan GTIlar uchun xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Har bir nasos stansiyasining dvigatel konstruksiyalarida koʻrsatilgan podshipniklarni va elektrdvigatellar stator simlarining harorati va bosim koʻrsatkichini nazorat qilish uchun manometr, vaakummetr (qoʻyilishga ega emas nasoslar uchun), termometrlar yoki termosignallar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agregatlar (asosiy va yordamchi), zatvorlar va qopqoqlar qurilmalari boʻyalgan, raqamlangan boʻlishi va quvurlar yoʻnalishidagi strelkalar suv aylanish oqimining hamda shturvallar aylanish yoʻnalishini, shuningdek quyi va yuqori sathida nazorat qilish uchun suv oʻlchash uskunalari va qurilmalari hamda toʻqmoqlar yoki boshqa nazorat organlari (qopqoqlar, zatvorlar va hokazo) koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Nasos agregatlarini ishga tushirish va toʻxtatish hamda oʻtish jarayonlari bilan nasos stansiyalariga tutashgan inshootlarning ishlash texnologiyasi hisobga olingan holda, loyiha yoʻriqnomasi va ulardan foydalanish koʻrsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mashina va qurilmalarning barcha harakatlantiruvchi qismlari muhofazalangan boʻlishi kerak. Olib tashlangan va yaroqsiz mexanizmlarning ishlashi hamda ishchi mexanizmlari boʻyicha har qanday operatsiyalar ishlab chiqishda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmalarning ishlashi paytida himoya vositalarini olib tashlash, taʼmirlash va qoʻlda harakatlanadigan qismlarni toʻxtatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Avtomatik rejim tizimida ishlamaydigan, xizmat koʻrsatish xodimlari nazorati ostida, ularga xizmat koʻrsatishga ruxsatga ega boʻlmagan nasos stansiyalarini nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Avtomatik tizimda ishlaydigan nasoslarni tekshirishning davriyligi foydalanish yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Nasos stansiyasida oldindan belgilangan ish rejimi, mavjud kamchilik va avariyalar hamda barcha shovqinlar haqida stansiya katta navbatchisi boshliqni yoki dispetcherni xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Nasos agregatlarini ishlatganda, foydalanish yoʻriqnomasi talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Nasos stansiyalarining elektr uzatish liniyalarini taʼmirlashda ajratish va ishga tushirish qurilmalarida “Qoʻshmang, odamlar ishlayapti” deb nomlangan ogohlantiruvchi plakatlar osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Nasos stansiyalariga xizmat koʻrsatish maxsus oʻqitilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ular stansiya uskunalari ishlashini tekshirishi maxsus jurnallarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Suzuvchi nasos stansiyasining (zemsnaryad) suvga tushishi foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Oʻrnatish maydonchasida suzuvchi nasos stansiyasi (zemsnaryad) mahkam biriktirib qoʻyilgan boʻlishi kerak va uni ishlatilishini taʼminlash uchun boʻlinma bilan ikki tomonlama simli yoki radio aloqasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Suzuvchi nasos stansiyasi pontonlari (zemsnaryad) oqim paydo boʻlganda avariya tovushi va yorugʻlik signaliga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ponton krenomer (ogʻish, qiyshayishni oʻlchaydigan asbob) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ponton ogʻishi nasos agregatlarining pasportlarida koʻrsatilgan ogʻish miqdoridan oshib ketmasligi kerak (zemsnaryad). Oqimning va ogʻishning kuchayishini tezda yoʻq qilish kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Xizmatchi xodimlar qutqaruv kiyim (jilet)lari bilan taʼminlanishi kerak va nasos stansiyasida (zemsnaryad) ikkitadan kam boʻlmagan qutqaruv kiyimlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Suzuvchi nasos stansiyalari pontonlari (zemsnaryad) kamida uch yilda bir marta tekshirilishi kerak va zarur boʻlganda ularni taʼmirlash va boʻyash ishlari bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Nasos stansiyasida materiallar, diametrlari, uzunligi, quvurlar joylashgan chuqurligi, tarmoq obyektlarining joylashgan joyi (piket), qurilma, rostlovchi va himoya armaturalari, trassalar aylanish burchaklari, boshqa yer osti tarmoqlari bilan kesishuvlar hamda barcha ijro etuvchi qurilish hujjatlari koʻrsatilishi kerak boʻlgan reja-sxema boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Nasos stansiyalarining quvur liniyalarini va gidroelektrstansiyalarni yer osti qistirmalar (prokladka)ini ishlatish jarayonida quyidagi hollarda kuzatish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlarning choʻkishi va oʻzgarishi (deformatsiya) hamda tayanch qurilmalarining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiqning holati (izolyatsiya yoki korroziyaga qarshi qoplama);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choklar, boʻgʻinlar, gardishli (flansli) ulanishlarni zichligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatgichlar, quvurlar armaturalari, vakuumli soʻrish klapanlari va boshqalarni holati va ishlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yer osti suv oʻtkazgich quvurlaridagi buzilishlarni aniqlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oʻtkazgich quvuri va unga yaqin joyda tuproq choʻkishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvur trassasiga bevosita yaqin boʻlgan odatda quruq kyuvet (ariqcha) va zovurlarda suv paydo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning qoʻshni uchastkalarida oʻrnatilgan manometrlardagi bosim farqi ustidan tizimli kuzatuvlar oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. GTIlar suv quvurlarining holatini kuzatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish yoʻriqnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Loyqa suvlarni haydovchi (pulpovod)lar trassasi boʻylab uzatgichlar hamda qoʻzgʻalmas tayanchlar holatini kuzatib borish, zarurat boʻlsa, ularni taʼmirlash lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Har chorakda, kamida bir marta quvur liniyalari armaturalari, zarbalarga qarshi vositalar va teskari klapanlar koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Koʻrik natijalari masʼul shaxslar roʻyxati bilan maxsus jurnalda aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Devorining qalinligi yemirilishga uchragan quvur liniyalari qismlari almashtirilishi lozim. Devorlarning yemirilish qalinligi GTIning xavfsizlik mezonlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Qurilma armaturalari va zarbalarga qarshi vositalardan foydalanish loyihaga va mahalliy foydalanish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Quvurlar va armaturalarni bosim ostida taʼmirlash bilan bogʻliq ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Metall va temir-beton suv oʻtkazgichlarini suv oqimlaridan korroziyaga qarshi nazorat qilish loyihada koʻrsatilgan usul va muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda elektrokorroziya aniqlansa, loyiha va ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan birgalikda quvurlarni himoya qilish va himoya tadbirlarini qisqa muddatda bajarish uchun texnik yechimlarni olish kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Barcha aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar GTIning tekshirishlar jurnalida qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Nasos stansiyasi va uning boshqa inshootlarini, shuningdek gidroelektrstansiyaning gidrotexnik qismini ishlatish uchun masʼul shaxslar stansiya boshligʻi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Foydalanishdan avval, gidroelektrstansiyalar va nasos stansiyalarining bosimli suv quvurlari va qurilmalari kapital taʼmirdan oʻtkazilganidan soʻng, amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. GTIning elektr taʼminoti, aloqa, signalizatsiya va yoritish tizimlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Suv toshqinlarini va suv resurslarining sezilarli miqdorini tartibga solishda jalb qilingan yirik GTIlar (toʻgʻonlar, gidrouzellar) statsionaridan tashqari dizel elektr energiyasidan iborat avtonom (avariya) elektr taʼminotiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. GTIlar texnik aloqa vositalari va signal tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak, ular suvni taqsimlash jarayonlari boshqaruvini, nazoratini va ularning xavfsizligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. GTIdagi aloqa va ogohlantirish signal tizimlarining holati barcha sharoitlarda favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tezkor xabar berish hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini oʻtkazish davrida fuqaro muhofazasi organlari va kuchlarini xabardor etish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Kunu-tun xizmatni talab qiluvchi GTIlarning barcha suvni rostlovchi inshootlarida statsionar elektr yoritgichlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Yorugʻlik tarmoqlarida 220 V dan oshmaydigan chiziqli kuchlanish bilan xavfsiz holatda qoʻyilgan neytral elektr tizimi ishlashi kerak. Baʼzi hollarda 380 V kuchlanishli DKST lampalari qoʻllanilganda ruxsat etiladi. Yer ostida ishlov berish, tunnellar, galereya va namligi yuqori boʻlgan boshqa joylarda 36 voltdan koʻp boʻlmasligi kerak. Statsionar yoritish moslamalari uchun yer osti neytral bilan 6/0,4 kV transformatorlarni ishlatishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechasi ishlaydigan navbatchi xodim elektr energiyasi uzilgan vaziyatda batareyali yoritgichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Galereya va tonellarda joylashgan quvur yoʻllari va suv chiqarish lotkalarining favqulodda yoritgichlari doimiy ishchi holatida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ishchi va maʼmuriy-maishiy binolarning yoritilishi mavjud shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar, yoʻllar, qorongʻi kechasi ochiq joylardan ishga oʻtish joylarining yoritilishi mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq yorugʻlik jihatidan joriy standartlar talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6- bob. Nazoratni tashkillashtirish talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. GTIlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash uchun xavfsizlik mezonlari ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir GTIlar holatini diagnostik koʻrsatkichlari aniqlangan natura kuzatish natijalari boʻyicha mezon qiymatlari bilan taqqoslash asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. GTIlarda natura kuzatish ishlari qurilish boshidan boshlab amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Mukammalligi I, II va III klass boʻlgan GTIlar holatini naturada kuzatish, ularga oʻrnatilgan NOʻA va nazorat oʻlchov uskunalari yordamida asbobli (instrumental) nazoratni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukammalligi IV klass boʻlgan toʻgʻon va dambalarning poydevori tegishli asosga ega boʻlsa loyihada asbobli (instrumental) kuzatuvini oʻtkazmaslikka ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV klassdagi toʻgʻon va dambalar uchun 10 m dan ortiq balandlikda filtratsiya rejimini nazorat qilish majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Mukammalligi I, II va III klass boʻlgan GTIlarida natura kuzatish ishlarini (monitoringi) amalga oshirish uchun kuzatuvlar guruhi (monitoring xizmati) tashkil etilishi kerak, ushbu guruh aniqlangan kamchiliklar haqida darhol toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining rahbariga xabar berishga majburdir va ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan taqdirda, foydalanuvchi tashkilot rahbarini xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhning tarkibi va soni, kuzatuvlarning tarkibi, hajmi va davriyligiga bogʻliq boʻlib, foydalanuvchi tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Foydalanuvchi tashkilotning ixtisoslashtirilgan maxsus xizmatlari (geodeziya va gidrogeologiya va boshqalar) tomonidan oʻlchov qiymatlarini loyihalashtirishda koʻrsatilgan parametrlari bilan hamda GTIning xavfsiz ishlash mezonlari bilan solishtirilishi va maʼlumotlarni GTIlar boʻlinmasiga darhol oʻtkazilishi kerak boʻlgan asbobli (instrumental) kuzatishlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatish ishlari natijalariga koʻra, foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan loyihada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Mukammalligi IV klass boʻlgan GTIlarni nazorat qilish maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Loyiha tomonidan koʻzda tutilgan kuzatishlar bilan bir qatorda, barcha obyektlar yiliga kamida uch marta komissiya tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv toshqinlari oʻtishdan oldin GTIlarning suv toshqinlarini xavfsiz oʻtkazishga tayyorligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vegetatsiya davridan oldin GTIlar holatini va uning tayyorligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qish sharoitida va navbatdagi vegetatsiya davrida normal ishlatilishi uchun kuz mavsumida GTIlar holati va tayyorgarligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shiddatligi 5 ball va undan yuqori boʻlgan har bir seysmik yer silkinishidan soʻng, uning mustahkamligi va barqarorligi tahlili bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. GTIlarning suv ostidagi qismlarini tekshirish tarkibi, davriyligi va tartibi loyiha tomonidan aniqlanadi va foydalanish yoʻriqnomasida belgilanadi. GTIlar suv osti qismlarini tekshirishning davriyligi 5 yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Mavjud GTIlarni rekonstruksiya qilishda mualliflik nazorati amalga oshirilishi zarur va uning vakili ushbu GTIni qabul qilishda ishtirok etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. GTIlar texnik holatining natura kuzatuvi (monitoringi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Mukammalligi I, II, III klass boʻlgan GTIlarida ularning xavfsizligini monitoring qilish boʻyicha, tarkibida inshootlar va ular asoslarining ishi va holati ustidan natura kuzatuvlarini olib borish uchun, qurilish jarayonida boʻlgani kabi, foydalanish davrida ham nazorat-kuzatuv asboblari oʻrnatilishini koʻzda tutuvchi loyiha hujjati ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. GTIlardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash va konstruktiv yechimlarni asoslash, hisoblash natijalari va uslublarini aniqlash hamda maʼlumot olish maqsadida, tegishli asoslarga muvofiq GTIlarda maxsus natura kuzatuvlari oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. GTIlar holatini naturada kuzatib borish loyihada koʻzda tutilgan dastur va davriylik asosida oʻtkaziladi. Natura kuzatuvlari parametrlari GTI holatining xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Natura kuzatuvlari vizual va asbob (instrumental) uslublarida oʻtkaziladi. Natura kuzatuvlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatilgan parametrlar qiymatlarini ularning ruxsat etilgan qiymatlariga mosligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha qurilish tizimlarining holatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv muvozanati (balansi)ni nazorat qilish, suv omborini toʻldirish va ishlatilishga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertikal va gorizontal siljishlarni nazorat qilish, beton konstruksiyalar, uskunalarning poydevori va suv saqlovchi inshootlar, tuproq toʻgʻonlar va dambalar deformatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik toʻgʻonlar poydevorlarining beton elementlari va armatura kuchlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filtratsiya rejimini nazorat qilish (depressiya egri chizigʻi holati, bosim gradiyenti, toʻgʻonlar va dambalar tanasidagi filtratsiya bosimi, qurilish choklari, betonli toʻgʻonning zichlagich elementlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
drenaj suvlari sifatini nazorat qilish (hajmi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroelektrstansiyalar va nasos stansiyalarining gidroenergetika uskunalari texnik holatini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. GTIni koʻzdan kechirishda va koʻrik vaqtida aniqlangan umumiy kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vizual kuzatuvlar jurnaliga kiritiladi. Foydalanish jarayonida GTIning texnik holatiga taʼsir qiluvchi jiddiy buzilishlar sodir boʻlsa, barcha qismlarining buzilish sanasi, xususiyati GTIlar rejasi jurnaliga kiritiladi. Aniqlangan nuqsonlar joyi ogohlantirish belgisi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarning texnik holati uchun masʼul boʻlgan shaxs har hafta vizual kuzatuvlar jurnalini tekshirishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar hamda ularning bajarilishi haqida yozuvlar qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Masofasi 3 km dan ortiq boʻlgan inshootlarni doimiy koʻzdan kechirish yuklatilgan foydalanish xodimlari transport vositalari bilan taʼminlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Vizual kuzatuvlar jarayonida xavfli xususiyatga ega boʻlmagan deformatsiyalar, (oʻtirishlar, choʻkishlar, yoriq(darz)lar, koʻtarma tanasi yoki asosining ayrim uchastkalarida boʻrtmalar) aniqlanganda, deformatsiyalar mavjud boʻlgan uchastkalarda asbob yordamidagi kuzatuvlar tashkillashtiriladi, ular aniqlangan deformatsiya barqarorlashguniga yoki toʻliq soʻnishiga qadar oʻtkazilishi lozim. Xavfli deformatsiyalar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Geodezik usullari boʻyicha natura kuzatish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan NOʻA (belgilar) boʻyicha rejalashtirilgan va balandlik holatining geodezik oʻlchovlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTI va ular asoslarining choʻkishi va siljishini davriy oʻlchovlari, shuningdek ajralib chiqqan qatlamlarning oʻlchamlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborining toʻplash qobiliyatini aniqlash maqsadida kosasini batiometrik sʼyomka qilishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Kuzatuv asboblari yordamida toʻgʻon dambalarining ayrim qismlarida, GTI va uning asoslarida xavfsizlikka taʼsir qiluvchi deformatsiya va anomal holatlarning ortib borishi yoki vaqt oʻtishi bilan soʻnmaydigan jarayonlar mavjudligi aniqlanganda, loyihalash yoki ixtisoslashtirilgan foydalanuvchi tashkilot vakillariga tezkorlik bilan xabar qilinadi. Ular kelib chiqqan holatning sababini aniqlab, GTIlarning avariyasiz ishlashini taʼminlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. NOʻA (belgilar) toʻgʻon va dambalari boʻyicha rejali va balandlikdagi geodezik oʻlchovlarga mos yozuvlar, geodezik (marksheyder) tarmoqqa nisbatan kamida uch yilda bir marta amalga oshirilishi kerak, aks holda ruxsat etilgan meʼyorlardan yuqori deformatsiyalar aniqlangan holda kuzatuv chastotalarini koʻpaytirish mumkin. GTIdan foydalanish jarayonida jihoz shikastlanganda yoki buzilganda ushbu uskunaning rejalashtirilgan va balandligi kuzatuvlari tiklanishi bilanoq darhol amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Tayanch reperini suv oʻlchash nol reykasiga nisbatan har yili tekshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Oʻt-oʻlanlar orasidagi reperlar ruxsat etilgan kattaligi boshlangʻich siklidan oshsa, tayanch reperi davlat geodeziya tarmogʻidan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. GTI va ularning asoslarini choʻkish va siljish oʻzgarishlari loyiha talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. GTI gʻovaklaridagi bosim va filtratsiya rejimi uchun kuzatuvlar loyihada koʻzda tutilgan tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv saqlash inshooti asosi va tanasida suvning sathi hamda ular qirgʻoqlarining tutashuv holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirgʻoqlari bilan tutash inshooti asosidagi pyezometrik bosim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
drenaj kollektorlari va drenaj inshootlari oxiridagi filtratsiya sarfi qiymatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filtratsiya suvlarining kimyoviy tarkibi va loyqaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dambalarga tutash qirgʻoqlarda va qiyaliklarda filtratsiya suvlarini chiqish joyi, suffoziya mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv saqlovchi inshoot hududida sizot suvlarining kimyoviy tarkibi va sathi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqli toʻgʻonlarning filtratsiyaga qarshi elementlarida, zamin(asos)lari va tanasida hosil boʻladigan gʻovaklardagi bosim miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Suv ostida qolishi mumkin boʻlgan hududni baholash uchun kuzatuv quduqlari tarmogʻidagi suv sathini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Natura kuzatuvlari natijalari belgilangan shakldagi maxsus jurnallarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Pyezometrlar yopiq qopqoqlar orqali ifloslanishdan himoyalanishi kerak. Pyezometrlarning bir qismi, sirt, chuqurlikdagi markalar va yer usti yuzasidan chiqadigan ishchi reperlari zararlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak. Himoya qopqoqlari konstruksiyalari loyiha bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Pyezometrlar vaqti-vaqti bilan sezuvchanlik uchun tekshirilishi lozim, qoniqarsiz natijalar boʻlgan taqdirda, ular almashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. NOʻA metall qismlari korroziyadan ishonchli himoyalangan boʻlishi kerak. Yer yuzasiga chiqib turgan quduqlar qopqoqlarini va himoya kallaklari yuvilmaydigan boʻyoq bilan qoplanishi hamda NOʻA raqamlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. GTIlarida oʻrnatilgan NOʻAlarni saqlash uchun javobgarlik obyektning qurilish paytida — shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachiga va obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchi tashkilotga, foydalanish davrida esa, GTIni tugatishgacha foydalanuvchi tashkilotga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Mazkur Qoidalarni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vaziri A. TUXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi N. ERNAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi A. SANGINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechasi ochiq joylarda hududlarni, yoʻllarni, yoʻlaklarni va ish joylarini yoritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Obyektlar

Yoritish

lk

Meʼyoriy yoritish tekisligi

Eslatma

Ichki xoʻjalik va binolarga kirish yoʻli

0,5

Yoʻlning yoritish qismi

Avtomobillar va avtoulovlar uchun turargoh, hududlar, yoʻllar va GTIlarga oʻtish yoʻlaklari

1,0

Yoritish tizimining nurlanish darajasi

Narvonlar, yurish uchun koʻpriklar, yoʻlaklar

2,0

Bir xil

Qurilmalar, tuzilmalar materiallarni yuklash va tushirish joylari

5,0

Qiya

Yuklarni qabul qilish va yetkazib berish joyi

Ishchilar uchun maishiy binolar

10,0

Umumiy

Toʻgʻonning oʻrkachi boʻylab va bortlarni yopish qismlaridagi yuqori va quyi qiyaliklari

0,5

Qiyalikdagi chuqurlik va tekisliklar

Gidrouzellar, yuqori va quyi byeflari, gidromexanik uskunalari

1,0

Tik

Xodimlarni oʻtish darajasi

Gidrometrik reykalarva postlar

1,0

Tik

Xodimlarni oʻtish darajasi

Tonnellar va xizmat galereyasi

1,0

Umumiy

Xodimlarni oʻtish darajasi

Zemlesos zemsnaryadi koʻprigi

2,0

Qiya

Koʻprik darajasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GTIlarda favqulodda vaziyatni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi

1-harakat
(tashqi xabar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-harakat
(xavf toʻgʻrisida ogohlantirish)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-harakat
(evakuatsiya qilish)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 01/21-3173-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3039-2, 25.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3039-2/0754-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/3039/1523-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)