Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2893-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyun,
254/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2018-yil 28-iyundagi 254/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning beshinchi xatboshisi “Yuridik fanlar” degan soʻzlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 7-bandning uchinchi xatboshisi “yuridik fanlar” degan soʻzlardan keyin “va islomshunoslik fanlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 5-ilovaning 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha
KELIShISh VARAQASI
KELIShISh VARAQASI
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh. ISRAILOV
2018-yil 27-iyun
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
2018-yil 27-iyun
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 27-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 27-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 27-iyun
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2018-yil 27-iyun
Fanlar akademiyasi direktori B. YULDASHEV
2018-yil 27-iyun
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
2018-yil 27-iyun
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 27-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/2893-2/1522-son)