ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomlanishi | Ijro mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼul ijrochilar |
| I. Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish | ||||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga quyidagilar uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: | Qonun loyihasi | 2018-yil noyabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 2. | “Aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida” gi Qonuni yangi tahrirda ishlab chiqish, unda shu jumladan aholini ish bilan taʼminlashning zamonaviy samarali shakllarini, aholi bandligini taʼminlashda xususiy tashkilotlarning rolini oshirish,jamoat ishlarini tashkil qilish va tashqi migratsiya masalalarini koʻzda tutish. | Qonun loyihasi | 2019 yil mart | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 3. | Quyidagilarni tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish: Xalqaro tajribani inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan kasb-hunar kollejlarda zamonaviy kasb-hunar taʼlimi markazlarini; mamlakatimiz mintaqalarida kasanachi xotin-qizlar mehnatiga koʻmaklashish, shuningdek biznes-rejalarni tuzish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kredit olish, solidar javobgarlik guruhlarini shakllantirish, kerakli kichik jihozlar, xom Ashe va materiallar sotib olish, hunarmandchilik va kasbiy koʻnikmalarga oʻqitish boʻyicha markazlar tashkil qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2018-yil oktabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 4. | Mehnat organlarida fuqarolarni roʻyxatga olish, ishga joylashtirish, kasb-hunarga oʻqitish va ijtimoiy himoya qilish Tartibini Yangi tahrirda ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2018-yil sentabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| II. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha samarali shakllarini tatbiq qilish | ||||
| 5. | Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy boʻlinmalari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari ulanishini taʼminlab, “Oʻzini oʻzi boshqarish organlarida aholini ishga joylashtirish” maʼlumotlar axborot bazasini joriy etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil sentabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 6. | Uyali aloqa operatorlari tomonidan “Ish.mehnat.uz” va www.olx.uz resurslaridan foydalanishning “nollangan” jadvalini taqdim etish ehtimolini koʻrib chiqishni nazarda tutgan holda, vakant joylar toʻgʻrisida maʼlumotlar Bilan oʻzaro almashinuvini inobatga olib, vakant ishchi oʻrinlar toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtirish uchun onlayn-maydonchalarni taqdim etayotgan boshqa internet resurslar bilan “Ish.mehnat.uz” boʻsh ish oʻrinlari bazasi hamkorligi mexanizmini joriy etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil oktabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 7. | Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, maʼlumotlar bazasi, soliq toʻlovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot bazasi hamda Ish.mehnat.uz “boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasi Bilan integrallashtirilgan mehnat bozori toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar olish imkonini beruvchi” Yagona milliy mehnat bozori tizimi axborot tizimini joriy qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil mart | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 8. | Mehnat inspeksiyalari hamda mehnatni muhofaza qilish inspeksiyalari tomonidan korxonalarda tekshiruvlar oʻtkazishning unifikatsiyalashgan mexanizmini nazarda tutgan, shu jumladan Mobil ilova koʻrinishida “Tekshiruv moduli” axborot tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish. | Konsepsiyani ishlab chiqish | 2018-yil noyabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Kudbiyev), |
| 9. | “Bandlik xizmati” axborot bazasiga ishga joylashtirish boʻyicha inspektorlar tomonidan uyma-uy yurish maʼlumotlarini onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi “Mehnat bozori diagnostikasi” Mobil ilova yaratish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil mart | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 10. | Ish beruvchilarning buyurtmalari hamda frilanserlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni bepul joylashtirish imkonini beruvchi, ishga yollash boʻyicha (bolalar, bemorlar va keksalarni parvarish qilish, repetitorlik, turar joy binolarini tozalash, uy xoʻjaligini yuritish xizmatlari) boʻyicha xususiy faoliyat olib borayotgan frilanserlar uchun “freelancer.mehnat.uz” maxsus veb-sayt yaratish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil yanvar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh.Kudbiyev), |
| 11. | Turkiya mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi oʻquv kurslarida va Italiyaning Turin shahrida Xalqaro Mehnat tashkilotining Xalqaro oʻquv markazida mehnat organlari va boshqa mutaxassislar kasbiy malakasi darajasini oshirish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil davomida | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 12. | Sergeli tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazida tadbirkorlar uchun eksperimental kovorking-markazni tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil oktabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 13. | Koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini hamda Frilansing xizmatlari hamda boshqa tashkilotlarga ishchi kuchini taqdim qilish boʻyicha autsorting va autstaffing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. | Chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil dekabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| III. Ishsizlar kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish | ||||
| 14. | Zaruriyat tugʻilganida, kasb-hunar taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining oʻquv dasturlarini shakllantirish va oʻquv-ishlab chiqarish uskunalar xaridini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutgan, ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish va malaka berishda kasb-hunar taʼlimining dualtizimini joriy qilish masalasini oʻrganish. | Davlat taʼlimining konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2018-yil oktabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 15. | Tartibli tashqi migratsiyasini kengaytirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha agentligi huzurida xorijiy ish beruvchilarning buyurtmanomalari asosida oʻquv markazlarini tashkil etish, ularda kasb-hunarga oʻqitish Bilan birga talabgor xorijiy tillarga, jumladan koreys tiliga oʻrgatishni yoʻlga quyish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-2019-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 16. | Nodavlat taʼlim muassasalarida ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish | Tashkiliy tadbirlar | doimiy | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 17. | Eng namunali kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovini oʻtkazish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil iyun | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 18. | Xodimlarni ommaviy ravishda boʻshatish holatlarda, mehnat bozorida talabgor kasblar boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish va malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish masalasini oʻrganish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-2019-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
| 19. | “Mikrokreditbank” ATB tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi shartlarda hunarmandchilik, kasanachilik hamda ayollar tadbirkorligini mikrokreditlash tizimini joriy etishni oʻrganish: faoliyatning bita turiga birlashgan, jumladan 5 kishigacha boʻlgan ayollar guruhlarining solidar javobgarligi asosida garovsiz kreditlar ajratish; marketing, buxgalteriya, soliq va moliyaviy hisob va hisobotlar, biznes-rejani tuzish asoslari va moliyaviy savodxonlik kurslarida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlimlari tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi grantlari hisobidan kredit olayotgan xotin-qizlarni dastlabki oʻqitish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018-yil davomida | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |