13.07.2018 yildagi PF-5482-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini takomillashtirish, har bir ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, maʼmuriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida koʻrib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yoʻlida koʻrilgan muhim chora boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarni moddiy taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqeyi va obroʻsiga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy oʻsishni yanada ragʻbatlantirishga toʻsqinlik qilib, kadrlar qoʻnimsizligiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada taʼminlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda eʼlon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan sud hujjati oʻqib eshittirilganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan brifinglar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini toʻlash boʻyicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarimalar toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushayotgan summalarning, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summalarning, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno, 40 foizi miqdorida ajratmalar belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar sudyalari va xodimlari hamda Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 1 — 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka darajasi va mansab darajasiga ega boʻlgan sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining koʻp yillik xizmatlari uchun, lavozim maoshlariga (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning amal qilishi davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlarga belgilangan tartibda, shu jumladan ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan, shuningdek, sudyalik malaka darajalariga ega sudyalarga ushbu davlat organlari va tashkilotlarida nazarda tutilgan barcha ustamalar va qoʻshimcha haqlarni saqlab qolgan holda tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan sudyalarning davlat organlari va tashkilotlarida ishlagan vaqti ularning ushbu organ va tashkilotlardagi mehnat faoliyati boshlangan paytdan boshlab sudyalik stajiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlari uchun — Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar orasidan saylangan yoki tayinlangan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari va xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus unvon va darajalar mavjud boʻlishi nazarda tutilgan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan tayinlangan (saylangan) sudyalarga malaka darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 6-ilovaga muvofiq sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga nisbatini hisobga olgan holda, lekin egallab turilgan lavozim uchun nazarda tutilganidan yuqori boʻlmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar hayoti va sogʻligini davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash tartibi, shuningdek, ularning pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflarni kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5482-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

Mehnatga haq
toʻlash razryadlari

rais

21

raisning birinchi oʻrinbosari

20

rais oʻrinbosari

19

sudya

18

boshqarma boshligʻi

17

boshqarma boshligʻining oʻrinbosari*

bosh buxgalter

17

boʻlim boshligʻi

16

boʻlim boshligʻining oʻrinbosari**

Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, Malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi, Oliy sud raisining yordamchisi

16

bosh konsultant, bosh mutaxassis

14

katta konsultant, katta mutaxassis, arxiv mudiri

13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* boshqarma boshligʻi lavozim maoshidan 5% gacha kam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** boʻlim boshligʻi lavozim maoshidan 5% gacha kam
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar sudyalari hamda xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

viloyatlar guruhlari boʻyicha

guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

rais

20

19

18

18

rais oʻrinbosari

18

18

17

17

sudya

17

17

16

16

boʻlim boshligʻi

14

14

13

13

devonxona mudiri, bosh mutaxassis

12

12

11

11

katta mutaxassis, sudyaning katta yordamchisi, malaka hayʼati kotibi

11

11

10

10

arxiv mudiri

10

10

9

9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh:

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Andijon viloyati

Navoiy viloyati

Sirdaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Xorazm viloyati

Fargʻona viloyati

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, viloyat markazlari (shahar, tumanlararo) sudlari sudyalari va xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

1-guruh

2-guruh

rais

17

16

sudya

15

14

sudya yordamchisi

10

10

devonxona mudiri, arxiv mudiri

9

9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh:

1-guruh

2-guruh

Andijon shahri

Guliston shahri

Buxoro shahri

Jizzax shahri

Qarshi shahri

Termiz shahri

Navoiy shahri

Urganch shahri

Namangan shahri

Nukus shahri

Nurafshon shahri

Samarqand shahri

Fargʻona shahri

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyalari va xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

Mehnatga haq
toʻlash razryadlari

rais

16

sudya

14

sudya yordamchisi

10

devonxona mudiri, arxiv mudiri

9

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozim nomi

Mehnatga haq
toʻlash razryadlari

direktor

19

direktor oʻrinbosari

18

bosh buxgalter

17

boʻlim boshligʻi

16

bosh mutaxassis, bosh muhandis, bosh inspektor, yuriskonsult

14

Hududiy boʻlimlar

Lavozim nomi

viloyatlar guruhlari boʻyicha

guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

hududiy boʻlim boshligʻi

16

15

14

14

bosh buxgalter

13

13

12

12

bosh muhandis, bosh mutaxassis

12

12

11

11

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh:

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Andijon viloyati

Navoiy viloyati

Sirdaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Xorazm viloyati

Fargʻona viloyati

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka darajalarining boshqa organlar unvonlari va darajalariga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NISBATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Sudyalar malaka darajalari

Harbiy unvonlar

Bojxona organlari maxsus unvonlari

Prokuratura organlari (shu jumladan harbiy prokuratura)
martaba darajalari

Adliya organlari martaba darajalari

Ichki ishlar organlari maxsus unvonlari

Sud organlari mansab darajalari

1.

Beshinchi malaka darajasi

Leytenant

Bojxona xizmati leytenanti

3-darajali yurist, adliya leytenanti

3-darajali yurist

Leytenant

3-darajali yurist

2.

Katta leytenant

Bojxona xizmati katta leytenanti

2-darajali yurist, adliya katta leytenanti

2-darajali yurist

Katta leytenant

2-darajali yurist

3.

Toʻrtinchi malaka darajasi

Kapitan

Bojxona xizmati kapitani

1-darajali yurist, adliya kapitani

1-darajali yurist

Kapitan

1-darajali yurist

4.

Uchinchi malaka darajasi

Mayor

Bojxona xizmati mayori

Adliya kichik maslahatchisi,
adliya mayori

3-darajali adliya maslahatchisi

Mayor

3-darajali adliya maslahatchisi

5.

Ikkinchi malaka darajasi

Podpolkovnik

Bojxona xizmati podpolkovnigi

Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi

2-darajali adliya maslahatchisi

Podpolkovnik

2-darajali adliya maslahatchisi

6.

Birinchi malaka darajasi

Polkovnik

Bojxona xizmati polkovnigi

Adliya katta maslahatchisi,

adliya polkovnigi

1-darajali adliya maslahatchisi

Polkovnik

1-darajali adliya maslahatchisi

7.

Oliy malaka darajasi

General-mayor

Bojxona xizmati general-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-mayor

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

8.

General-leytenant

Bojxona xizmati general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-leytenant

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

9.

General-polkovnik

Bojxona xizmati general-polkovnigi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

General-polkovnik

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: boshqa organlar unvonlari va darajalarini sudyalarning oliy malaka darajasiga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-sonli Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4459-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1 — 4 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-ilovaning “ustama haq miqdori” ustunida “35” va “10” raqamlari tegishli ravishda “50” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “16” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshida “24” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-band “sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz binolari va xonalarini qurish va taʼmirlash” soʻzlaridan soʻng “sudlarni transport vositalari bilan taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)