Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2181-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
01/16-1-10/29-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
319-V-3-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-iyun,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 22-iyundagi 01/16-1-10/29, 319-V-03, 22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-son “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2181, 2011-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 1-2-son, 18-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 10-apreldagi 01/22-26/14, 7/8, 63-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2181-1, 2014-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 20-son, 230-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 20-maydagi 01/22-26/08, 10/1, 132-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2181-2, 2017-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 22-son, 437-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2181-3/1498-son)