OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KOʻMAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2181-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 22-iyundagi 01/16-1-10/29, 319-V-03, 22-sonli “Tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2181-3, 11.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 6, 42/2, 1-son “Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2181, 2011-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 1-2-son, 18-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-may,
01/22-26/08-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-may,
10/1-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 20-may,
132-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 20-maydagi 01/22-26/08, 10/1, 132-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomi va 1-banddagi “Auksion va tanlov” degan soʻzlar “Tanlov” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 479-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Nizomda:
a) nomi, 1, 2 va 3-ilovalarning ilova belgisidagi “Auksion va tanlov” degan soʻzlar “Tanlov” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tijorat banklari tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borishni tartibga soladi.”;
v) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “korxonalar mol-mulkini” degan soʻzlar “korxonalarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “auksion va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 437-modda)