29.01.2016 yildagi 367-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlar, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturida koʻrsatilgan, doimiy asosda bajarilishi nazarda tutilgan, shuningdek 2015-yilda qisman bajarilmagan tadbirlar amalga oshirilishini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlariga kiritilgan har bir tadbir (qonun loyihasi) boʻyicha ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishi toʻgʻrisidagi har choraklik hisobotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻtkazilish muddatlari oʻzgarishi mumkinligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashini oʻz vaqida xabardor etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, ularni oʻtkazish va sarhisob qilish jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati bilan birgalikda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining oʻzlariga biriktirilgan qoʻmitalarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 367-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2016-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY YOʻNALIShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati

T/r

Qonun loyihasining, nazorat-tahlil tadbirining nomi

Asos

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1-boʻlim. Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish — xalq hokimiyatchiligi va
parlamentarizm asoslarini yanada rivojlantirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.

“Parlament nazorati toʻgʻrisi­da”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi davlat boshqaruvi organlari faoliyati, qabul qilinayotgan qonunlarning, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanti­rishga doir eng muhim davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishi ustidan Oliy Majlis palatalarining nazorat qilish faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan. Qonun loyihasi parlament nazoratining subyektlari, obyektlari, mavzui, shuningdek huquqiy oqibatlarini, uni amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlar subyekt­larining huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.

Qonun loyihasining maqsadi parlament nazoratini amalga oshirish bora­sida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning hamkorligini takomil­lashtirishdan, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining parlament oldidagi javobgarligini kuchaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha mexanizmlarni joriy etishdan iborat.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati toʻgʻrisi­da”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi jamoatchilik nazoratining subyektlari, obyektlari, mavzuini, uni amalga oshirish huquqiy mexanizmlarini, fuqarolar, fuqarolik institutlari, shuningdek davlat organlarining ushbu sohadagi huquqlari va majburiyatlarini qonunchilik yoʻli bilan belgilab qoʻyishga qaratilgan.

Qonun loyihasi fuqarolik jamiyati institutlari uchun ular tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishida zarur shart-sharoitlar yaratili­shini nazarda tutadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga taʼsirini kuchaytirishga koʻmaklashadigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar koʻzda tutilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiri­tish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻ­risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi. Mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar Oliy Majlis Senatining tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyani tuzishga qaratilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

4.

Qabul qilingan qonunlarni ijrochilarga yetkazish masalalari­ni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi

Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, ularni ijrochilarga rasmiy yuborish muddatlarini, ularni tushuntirish va qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadlari hamda mazmuni toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilish chora-tadbirlarini, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, boshqa davlat organlarining qonun­larni ijrochilarga va aholiga yetkazish boʻyicha vakolatlari mustahkamlab qoʻyi­lishini, shuningdek mansabdor shaxslarning mazkur sohadagi javobgarligini nazarda tutadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“�aʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining zamonaviy usullarini, tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etishga, ichki idoraviy nazorat mexanizmini kuchaytirishga qaratilgan. Xususan, turli maʼmuriy tartib-taomillarga (litsenziyalash, sertifikatlash, roʻyxatdan oʻtkazish) doir umumiy prinsiplar va talablar, shuningdek ularni soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar qonunchilik yoʻli bilan tartibga solinadi. Qonunning qabul qilinishi davlat boshqaruvi sohasida rasmiyatchilik, toʻrachilik koʻrinishlari­ni, suiisteʼmolliklarni tugatishga koʻmaklashadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Nazorat-tahlil faoliyati

6.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “Oʻzbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish

Tadbir davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiya­larini joriy etish va rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish, ularning faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini qoʻllash sohasidagi ishlarning holatini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlari boʻyicha Dastur parametrlarini roʻyobga chiqarish samara­dorligini oshirishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Tadbir “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2-boʻlim. Sud-huquq, huquqni muhofaza qilish tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash,
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda uning samaradorligini oshirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning Jinoyat kodeksiga oʻzgar­tishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi bir nechta hukm boʻyicha dastlabki qamoqqa olish, jazo tayinlashni hisobga kiritish tartibini takomillashtirishni, shuningdek kodeksning ayrim normalarini muvofiq holga keltirishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish qonun hujjatlarining oʻtkazilgan inven­tarizatsiyasi va tahlili natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

2016-yil

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning Jinoyat-protsessual kodek­siga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga uning ayrim normalarini boshqa qonun hujjatlari bilan muvofiq holga keltirish, xususan advokat tomonidan dalillarni toʻplash va taqdim etish, sud ajrimi asosida tintuv va olib qoʻyishni amalga oshirish tartibini aniqlashtirish, eskirgan tushunchalarni chiqarib tashlash va yangi “tijorat siri” tushunchasini kiritish, sud majlisida jabrlanuvchining vakili, tarjimon, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ular vakillarining, shaxsni qamoqqa olish masalasini hal etish uchun sud tomonidan chaqirilgan boshqa shaxslarning ishtirok etishi imkoniyatini, sudyaning alohida fikri mavjud boʻlgan taqdirda sudlarning ajrimlarini nazorat tartibida apellatsiya va kassatsiya instansiyalarida qaytadan koʻrib chiqish tartibini belgilash, shuningdek voyaga yetmagan shaxsni sudning ajrimi boʻyicha bolalar muassasasiga joylashtirish tartibini belgilash maqsad�da oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi. Qonun loyihasi qonun hujjatlarining oʻtkazilgan inventarizatsiyasi va tahlili natijalariga koʻra ishlab chiqiladi.

2016-yil

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslariga oʻzgar­tish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslarini “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishni, shuningdek fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish tartibini takomillashtirishni, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudyaning alohida fikri bilan tanishish imkoniyati yaratilishini nazarda tutadi. Qonun loyihasi qonun hujjatlarining oʻtkazilgan inventarizatsiyasi va tahlili natijalariga koʻra ishlab chiqiladi.

2016-yil

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

4.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning Xoʻjalik protsessual kodekssiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudyaning alohida fikri bilan tanishish imkoniyati yaratilishini, ishga qoʻshib qoʻyish uchun sudyaning alohida fikrini tayyorlash tartibi va muddati aniqlashtirilishini, shuning­dek Kodeksning 16-moddasiga tahririy oʻzgartishlar va 35-moddasiga tegishli qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.

Qonun loyihasi qonun hujjatlarining oʻtkazilgan inventarizatsiyasi va tahlili natijalariga koʻra ishlab chiqiladi.

2016-yil

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiri­tish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi qonunlarni ijro etmaganlik uchun muayyan jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining talablarini buzganlik uchun intizo­miy, maʼmuriy va boshqa javobgarlik joriy etilishini nazarda tutadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

6.

“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi ichki ishlar organlarining maqomini, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish boʻyicha ish shakllari va usullarini belgilashni, shuningdek faoliyatning muayyan sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani tizimlashti­rishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

7.

“Jamiyatda huquqiy madaniyat­ni yuksaltirish kompleks das­turini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oliy Majlis Qonunchilik pala­tasi va Senatining qoʻshma qarori loyihasi

Dastur mamlakatimizda huquqiy taʼlim va maorifni tubdan yaxshilash, jamiyatda huquqiy bilimlarni targʻib qilish boʻyicha masalalarni kompleks hal etishga qaratilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-dekabrdagi F-4581-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

2016-yil

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

Nazorat-tahlil faoliyati

8.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar usti­dan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Maʼmuriy nazoratning belgilanishi jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir chora-tadbirlardan biri hisobla­nadi. Mazkur Qonun normalarining samarali qoʻllanilishi huquqbuzarliklar takroran sodir etilishining oldini olish omillaridan biridir. Shu muno­sabat bilan uni qoʻllanish amaliyotini kompleks oʻrganishdan oʻtkazish taklif qilinmoqda.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha huquqbuzarliklar takr�ran sodir etilishining oldini olish huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

9.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi QonunningQashqadaryo viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Qonun ijro etilishi holatini oʻrganishni bugungi kunda malakali yuridik yordam koʻrsatish dolzarb masalaga aylanib borayotgani taqozo etmoqda, chunki qonun hujjatlari rivojlantirilmoqda, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha mazkur masalani tartibga solishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqiladi.

2016-yil

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

10.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi QonunningToshkent viloyati IIB boʻlinma­larida ijro etilishi holatini oʻrganish

Ichki ishlar organlari zimmasiga huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan va ulardan jabrlangan shaxslarning hisobini yuritish, ushbu maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha bir qator vazifalar yuklanganligini inobatga olgan holda mazkur organlar tizimida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasini oʻrganish nazarda tutilmoqda.

Oʻtkazilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish, qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

2016-yil

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3-boʻlim. Iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi demokratik islohotlar iqtisodiy faoliyat erkinligini taʼminlash, mulk huquqini
himoya qilish, iqtisodiyotni barqaror mutanosib rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha­lar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi buxgalteriya hisobining milliy tizimini tartibga soluvchi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining zamonaviy iqtisodiy sharoitlariga shunday muvofiqlashtirishni nazarda tutadiki, toki bunda mazkur tizim foydalanuvchilarning keng doirasi uchun ushbu subyektlarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi, ular faoliyatining moliyaviy natijasi toʻgʻrisida ishonchli va foydali axborotning shakllantirilishi hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosiy prinsiplariga muvofiq ochiqligini taʼminlasin. Qonunning qabul qilinishi buxgalteriya hisobini tartibga solish sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi, buxgalterlarning jamoat birlashmalarini rivojlantirishga, buxgalterlik kasbining nufuzini mustahkamlashga koʻmaklashadi, bu esa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shaffofligini oshirishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va buxgalterlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, ularning kasbiy masʼuliyatini kuchaytirishga va, pirovard natijada, korporativ boshqaruv amaliyoti yaxshilanishiga olib keladi. Qonun loyihasi 2015-yil 20-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Fuqarolarning davlat pen­siya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Qonunning qabul qilinishi:

ish stajini pensiya miqdori bilan uzviy bogʻlash;

fuqarolarning pensiyaga boʻlgan oʻz huquqlarini shakllantirishda man­faatdorligini oshirish;

respublika boʻyicha oʻrtacha pensiya miqdorini oshirish;

Pensiya jamgʻarmasi daromadlarini oshirish va xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari konsepsiyasidan kelib chiqadi.

Qonun loyihasi 2015-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiri­tish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisi­da”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar)

Qonun loyihasi tadbirkorlik subyektlarini monopoliyaga qarshi organlar va davlat organlarining qonunga xilof taʼsiridan himoya qilishga doir qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutadi. Shuningdek “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasini va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda, unda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkinligi koʻzda tutilmoqda.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 7-yanvarda birinchi oʻqishda qabul qilindi.

2016-yil

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

4.

“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyi­hasi

Qonun loyihasi:

donorlik qonini bir martalik olish hajmining normasini, qon topshirish davriyligini tartibga solishga;

muntazam va bepul qon topshirayotgan shaxslarni qoʻshimcha ravishda moddiy mukofotlashga;

respublikamizda bepul donorlikni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyunda qabul qilingan Qon xizmatini takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar kompleks rejasida nazarda tutil­gan.

Qonun loyihasi 2015-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

5.

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

respublika, tarmoq va mintaqaviy darajalarda mehnatni muhofaza qilish­ning toʻgʻri tashkil etilishini taʼminlash;

mehnatni muhofaza qilishga doir talablarning bajarilishi boʻyicha ish beruvchining ham, xodimning ham javobgarligini oshirish;

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi organ­larining aralashuvisiz mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarni toʻgʻri tashkil etishdan ish beruvchining manfaatdorligini oshirish;

ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining oldini olish hamda ularning darajasini pasaytirish yoʻli bilan korxonalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xodimlarning, shu jumladan voyaga yetmagan­larning ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan rati­fikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) konvensiyalarini 2014 — 2016-yillarda amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshimcha tadbirlar majmui­ning 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi 2015-yil 16-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Kasanachilik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasini tayyorlash respublikamizni 2015-yilda ijtimoiy-iqti­sodiy rivojlantirish yakunlariga bagʻishlangan majlisda davlatimiz rahbari tomonidan qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqadi. Kasanachilik tushunchasini qonunchilik yoʻli bilan belgilab qoʻyish, kasanachilikni tashkil etish sohasida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi munosabatlarning aniq huquqiy asoslarini, ularning huquq va majburiyatlarini, kasanachilikda band boʻlgan shaxslarning ijtimoiy va pensiya taʼminoti masalalarini belgilash zaruriyati mavjud.

Qonun loyihasi OʻzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

7.

“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonu­niga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyi­hasi

Qonun loyihasi chiqindilar muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, shuningdek chiqindilarning toifalarini belgilovchi huquqiy norma­larni, chiqindilarni utilizatsiya qilish va zararsizlantirishga doir talab­larni mustahkamlab qoʻyishga, maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilishni tashkil etuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarur shart-sharoitlar va imtiyozlar yaratishga, chiqindilarni tashish va utilizatsiya qilish holati ustidan monitoring amalga oshirilishini tartibga solishga, chiqindilar muomalasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etili­shi ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyor­lanmoqda.

2016-yil

I chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

8.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiri­tish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi aksiyadorlarning vakolatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirishga, jamiyat tomonidan qarorlar qabul qilinishida aksiyadorlar­ning teng huquqlarini taʼminlashga, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida korpo­rativ boshqaruv tizimini samarali shakllantirish va faol rivojlantirishga, shuningdek jamiyat investorlari hamda aksiyadorlarining, ayniqsa minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 11, 20, 25 va 34-bandlarida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 24-noyabrda kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

9.

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi mamlakatimizda xalqaro tijorat arbitraji faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilashni, chet ellik sheriklar bilan nizoli masa­lalarni hal etishning taʼsirchan mexanizmini yaratishni, arbitraj qaror­larining tan olinishi va ijro etilishini nazarda tutadi. Bu hujjat xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini qisqartirishga, tashqi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqish chogʻida ularning man­faatlari ishonchli himoya qilinishiga, shuningdek mamlakatimizning inves­titsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi F-3557-sonli Farmoyishibilan tasdiqlangan Mamla­katimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sohasida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.

2016-yil

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masallari qoʻmitasi

10.

“Atmosfera havosini muhofa­za qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbe­kiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiri­tish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi atmosfera havosidan foydalanish boʻyicha qonun hujjat­laridagi mavjud qarama-qarshiliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi iqtisodiy mexanizmlar va vositalarni takomillashtirishga, atmosfera havosini muhofaza qilish soha­sida ekologik chora-tadbirlarni qoʻllash tizimini rivojlantirishga, jismo­niy va yuridik shaxslarning ekologik huquq hamda manfaatlari himoya qilini­shini taʼminlaydigan mexanizmlarni yaratishga qaratilgan.

Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyor­lanmoqda.

2016-yil

III chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

11.

“Innovatsiya va innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi innovatsiyalarni va innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, innovatsiya mah­suloti va faoliyatiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va baja­rishga qaratilgan.

Qonun loyihasi “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

12.

“Qayta tiklanadigan energiya manbalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishning amaliy infratuzilmasini yaratish tizimini va uning huquqiy asoslarini mustahkamlashga, shu jumladan muqobil energetikani rivojlantirish maxsus jamgʻarmasini shakllantirishga, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasini mamlakatning umumiy energetika bala�siga jalb etishning tashkiliy-huquqiy shartlarini tartibga solishga, aholining, ayniqsa olis joylarda yashovchi aholining qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanishini taʼminlashga qaratilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi PF-4512-sonli Farmonida nazarda tutilgan.

2016-yil

III chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

13.

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublika­si Qonuniga oʻzgartish va qoʻshim­chalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, yoʻnalishlari aniqlanmoqda, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari belgilab qoʻyil­moqda. Shuningdek rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda oziq-ovqat mahsulotining yorligʻiga “biologik (organik) mahsulot” markirovkasi tushirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

III chorak

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

14.

“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat­lar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgar­tish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi masʼuliyati cheklangan jamiyatda korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi, xususan:

jamiyat ishlarini boshqarishda, jamiyat faoliyati toʻgʻrisida axborot olish­da, foydani taqsimlashda uning barcha aʼzolari teng ishtirok etishi kafo­latlarini mustahkamlab qoʻyish, shuningdek oʻzining ustav fondidagi ulushini sotish mexanizmlarini takomillashtirish;

jamiyatlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan normalarni joriy etish;

buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va xalqaro standart­larga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan kiritilmoqda.

2016-yil

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

15.

“Narkologik yordam toʻgʻrisi­da”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi narkologik kasalliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, narkologik yordam koʻrsatish tartibi va shartlarini belgilashga qaratilgan. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

narkologik yordam sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash; narkologik kasalliklarning profilaktikasi, dispanser tekshiruvi, tashxisi,

narkologik bemorlarni davolash, parvarishlash, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilishni oʻz ichiga oluvchi tadbirlar koʻlamini belgilash;

narkologik yordam koʻrsatish asoslari va tartibini belgilash;

giyohvandlikka, alkogolizmga yoki toksikomaniyaga chalingan shaxslarni majburiy tartibda kasalxonaga yotqizish masalalarini koʻrib chiqishni fuqarolik ishlari boʻyicha sudning vakolatiga kiritish;

narkologik yordam koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning huquqlarini muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish. Qonunning qabul qilinishi ruhiyatga faol taʼsir koʻrsatuvchi moddalar suiisteʼmol qilinishi muammosiga daxldor boʻlgan turli tashkilotlar va idoralarning oʻzaro hamkorligini takomillashtirish, shuningdek davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish oʻtkazilgan qonun hujjatlari inventarizatsiyasi va tahlili natijalariga koʻra OʻzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan kiritilmoqda.

2016-yil
IV chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

16.

“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha­lar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)

Qonun loyihasi jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishning havola qiluvchi normalarini istisno etishni, davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni, shuningdek loyihalashdan oldingi bosqichda ekologik ekspertiza va ekologik audit oʻtkazishni tartibga solishga qaratilgan yangi huquqiy normalarni joriy etishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyor­lanmoqda.

2016-yil
IV chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

17.

“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Amaldagi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar oʻsimliklarni, urugʻlarni, kelib chiqishi oʻsimlik bilan bogʻliq mahsulotlarni import qilish­da fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish, karantin tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishni, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining vakolatlari, yuridik va jismoniy shaxs­larning ushbu sohadagi xalqaro konvensiyalar qoidalarini hisobga olgan holda karantin qoidalariga rioya etish boʻyicha huquq va majburiyatlari kuchayti­rilishini nazarda tutadi.

2016-yil
IV chorak

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

18.

“Kinematografiya toʻgʻrisi­da”gi qonun loyihasi

Mamlakatimiz kinematografiyasi sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga, oʻzbek milliy kinosining shuhratini tiklashga va kino industriyasining samarali faoliyat koʻrsatishiga qaratilgan. Qonunning qabul qilinishi audiovizual asarlarni yaratish (ishlab chiqarish), koʻpaytirish, ulardan foydalanish va ularni saqlash boʻyicha oʻzaro bogʻliq jarayonlarni oʻz ichiga olgan murakkab ijtimoiy tizim sifatida kinematografiyaning faoliyat koʻrsatishini huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish hamda shu sohadagi munosabatlarning yangi iqtisodiy sharoitlarda rivojlanishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish imkonini beradi.

Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 11-mayda tasdiqlangan Oʻzbekistonda milliy kinematografiyani isloh qilish va rivojlantirish boʻyicha tadbirlar dasturi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish nazarda tutilgan.

2016-yil

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

Nazorat-tahlil faoliyati

19.

“Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi qonunijrosini oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish

OʻzXDP fraksiyasi tashabbusiga koʻra bir guruh deputatlar tomonidan psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika taʼminoti sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti, tibbiyot xodimlarining psixiatriya shifoxonalaridagi shaxs­larga nisbatan oʻz burchlariga rioya etishi, ularning kafolatlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari taʼminlanishi, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish yoki tuga­tish boʻyicha protsessual normalarga toʻliq rioya etilishi oʻrganildi.

Koʻrib chiqish yakunlariga koʻra qonun hujjatlariga ulardagi huquqiy kamchi­liklarni bartaraf etishga hamda fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻliq himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

20.

“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Qonun talablarining amalda tatbiq etilishini, avvalo mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarning, aholi punktlari koʻchalarining saqlanishini oʻrganishga, shuningdek Jizzax viloyati misolida huquqni qoʻllash amaliyotidagi kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan.

Oʻrganish yakunlariga koʻra ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydala­nilishi ustidan nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari

qoʻmitasi

21.

“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi QonunningQoraqalpogʻis­ton Respublikasida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi va ama­liyotga tatbiq etilishi holatini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.

Oʻrganish yakunlariga koʻra oʻsimliklarning ichki va tashqi karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2016-yil

II chorak

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

22.

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunningnodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi qismi normalarining Fargʻona viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir davlat taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan qonun hujjatlari talab­larining ijro etilishini oʻrganish, shuningdek ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi.

2016-yil

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

23.

“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Mazkur nazorat-tahlil tadbirini oʻtkazishdan maqsad Qonun normalarining ijrosi va amalga oshirilishi samaradorligi holati ustidan parlament nazora­tini taʼminlashdan iborat. Ushbu oʻrganishni oʻtkazish zarurati Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari natijalaridan, shuningdek ushbu Qonun qoidalari va normalarining mintaqa misolida amalga oshirilishini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar bajarilishini tahlil etish va baholashdan kelib chiqadi.

2016-yil

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

24.

“Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni­ningSamarqand shahrida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir uy-joy fondini birgalikda boshqarish hamda saqlash, asrash va taʼmirlashni taʼminlash, koʻp kvartirali uylardagi xususiy uy-joy mulkdor­larining umumiy mol-mulkidan foydalanish borasida Qonun talablarining amalda roʻyobga chiqarilishini oʻrganishga qaratilgan.

Oʻrganish natijalariga koʻra ushbu sohadagi qonun hujjatlarini takomil­lashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

2016-yil

II chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

25.

Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining davlat xaridlarini amalga oshirishga doir qismi normalarining Sirdaryo viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining talablariga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi ishlarni oʻrganishga qaratilgan. Oʻrganish davo­mida tovar yetkazib beruvchilarning halol raqobati asosida xaridlarni amalga oshirish borasida tarkib topgan huquqni qoʻllash amaliyotini batafsil tahlil etish amalga oshiriladi.

Oʻrganish natijalariga koʻra kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek davlat xaridlari tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Tadbir OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

26.

“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QonunningFargʻona viloya­tida ijro etilishi holatini oʻrga­nish

Tadbir auditorlik tashkilotlarining faoliyati sohasidagi ishlar�i, ular­ning oʻz majburiyatlarini, auditorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari talablarini ijro etishlari holatini oʻrganishga qaratilgan. Ushbu sohadagi tarkib topgan huquqni qoʻllash amaliyoti batafsil tahlil etiladi.

Oʻrganish natijalariga koʻra mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Tadbir OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

27.

2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼmin­lash dasturi koʻrsatkilarining Surxondaryo viloyatida bajarilishining borishini oʻrganish

2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi Qonunchilik palatasining 2015-yil noyabr oyidagi qarori bilan tasdiqlangan boʻlib, unga muvofiq Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi zimmasiga dastur koʻrsatkichlarining samarali bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bir qator vazifalar yuklatilgan.

Ushbu tadbirni oʻtkazishning dolzarbligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi­dentining Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadi.

Oʻrganish yakunlariga koʻra Dastur koʻrsatkichlarini toʻliq amalga oshirish taʼminlanishiga koʻmaklashish va takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

28.

2016-yil ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining

Qoraqalpogʻiston Respublikasida bajarilishining borishini oʻrga­nish

2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi Qonunchilik palatasining 2015-yil noyabr oyidagi qarori bilan tasdiqlangan boʻlib, unga muvofiq Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi zimmasiga bir qator vazifalar, shu jumladan dastur koʻrsatkichlarining samarali bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bir qator vazifalar yuklatilgan.

Ushbu tadbirni oʻtkazishning dolzarbligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi­dentining Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadi.

Oʻrganish yakunlariga koʻra Dastur koʻrsatkichlarini toʻliq amalga oshirish taʼminlanishiga koʻmaklashish va takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A. Ikromovning “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturiningtibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustah­kamlashga, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish

Axborotni eshitish tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrach­lik punktlari ishining samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, shuningdek tegishli muassasalar faoliyatiga baho berish, ushbu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.

Tadbir “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil
III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

30.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining I-yarim yillik yakuni boʻyicha bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish

Mazkur Davlat dasturi amalga oshirilishi borasidagi eshituv uning bajari­lishi qanday borayotganligini, eng avvalo, taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholash, kamchiliklar va muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish imkonini beradi. Shuningdek eshituv davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Surxondaryo viloyati misolidagi oʻrganish materiallaridan foydalaniladi.

Tadbir OʻzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil
III chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

31.

“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahrida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir qonun talablarining amalda tatbiq etilishini oʻrganishga, huquqni qoʻllash amaliyotidagi kamchiliklarni aniqlashga, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va takror koʻpaytirish sohasidagi qonun huj­jatlarini yanada takomillashtirish, oʻsimlik dunyosi obyektlari monitorin­gini tashkil etish, shuningdek ularni davlat hisobiga olish va kadastrini yuritish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadbir natijalariga koʻra qonunni takomillashtirish va uning samarali amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil
III chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

32.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining majlisida xalq taʼlimi vazirining hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining “Bar­qaror rivojlanish maqsadlarida taʼlim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Konsepsiyasi bajarilishi­ning borishi toʻgʻrisida”gi axbo­rotlarini eshitish

Eshituvni oʻtkazishning dolzarbligi barqaror rivojlanish maqsadlarida taʼlim tizimini mamlakatimizda shakllanish va yanada rivojlantirishga, barqaror rivojlantirish maqsadlarida taʼlim prinsiplarining taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlashning huquqiy mexa­nizmini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek mutaxassis ekologlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan mazkur Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari xalq taʼlimi hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari tomonidan bajarilishi ustidan parlament va deputatlar nazoratini kuchaytirish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Eshituv yakunlariga koʻra Konsepsiya doirasida barqaror rivojlanish maq­sadlarida taʼlimni rivojlantirishga, kelgusi yillarda uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan aniq tadbirlarni oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Tadbir Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil
III chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

33.

“Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasallik­lar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QonunningAndijon viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Qonunning zararkunandalarga va oʻsimliklarning kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, ularni saqlash, qoʻllash, utilizatsiya qilish va tashishga doir talablarning rioya etilishiga oid qismining ijro etilishi holatini oʻrganishga qaratilgan.

Oʻrganish yakunlariga koʻra qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini muhofaza qilish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish moʻljallanmoqda.

2016-yil
II chorak

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

34.

Budjet va iqtisodiy islo­hotlar qoʻmitasining majlisida tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻri­sida”gi QonunningBuxoro viloya­tida ijro etilishi holati haqida”gi axborotini eshitish

Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan kengaytirilgan majlisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, eksport qiluvchi korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarni oʻrganishga qaratilgan. Shuningdek mamlakatimizdagi mah­sulot eksport qiluvchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini tanqidiy jiha­tidan qayta koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.

Oʻrganish natijalariga koʻra bojxona tartib-taomillarini yanada soddalash­tirish, ularni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va tashqi savdo operatsiyalarini oʻtkazishga doir tariflarni pasaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil
III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

35.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisi­da”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etil�shi holatini oʻrga­nish

Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan kengaytirilgan majlisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, ularning mintaqa yalpi ichki mahsulotini shakllantirishdagi rolini yanada oshirish sohasidagi ishlarni oʻrganishga qaratilgan.

Oʻrganish davomida mazkur sohadagi huquqni qoʻllash amaliyotini batafsil tahlil etishdan oʻtkazish, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiruv va taftishlardan oʻtkazish tartibini buzganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini noqonuniy tarzda toʻxtatib qoʻyganlik uchun javobgarlikni taʼmin­lash boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishining borishini batafsil tahlil qilishdan oʻtkazish, shuningdek mazkur sohani tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy jihatdan tahlil etish moʻljallanmoqda.

Tadbir yakunlariga koʻra oʻrganish natijalarini muhokama qilish va minta­qada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2016-yil
III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

36.

Iqtisodiyot vazirining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilga moʻljallangan Investi­tsi� dasturi amalga oshirilishi­ning borishi toʻgʻrisida”gi axboro­tini eshitish

Tadbirning asosiy maqsadi sanoatda va umuman iqtisodiyotda tuzilmaviy oʻzgartirishlarning eng muhim vositasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi­ning 2016-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi ijro etilishini oʻrganish­dan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan kengaytirilgan majlisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, eshituv doirasida joriy yil uchun nazarda tutilgan 164 ta yirik investitsiya loyihasining soʻzsiz ishga tushirilishini, shuningdek eng zamonaviy talablarga javob beradigan texnika va uskunalar olib kirilishi hamda oʻrnatilishini taʼminlash masalalarini koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.

Eshituv yakunlariga koʻra Dastur koʻrsatkichlarining samarali bajarilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Tadbir OʻzLiDeP fraksiyasining tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil
IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

37.

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Ushbu Qonun normalarining ijro etilishi holatini nazorat-tahlil faoliyati tartibida oʻrganish jamoat tashkilotlari va fuqarolarning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardan foydalanish boʻyicha tadbirlarda ishtirokini taʼminlashni, aloqador tuzilmalar tomonidan davlat kadastrini yuritish hamda muhofaza qilinadigan hududlarni ularning toifalari boʻyicha boshqa­rish ishlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi masalalarni har tomonlama tahliliy ishlab chiqish maqsadlarida zarurdir.

Ushbu tadbir natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ular “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihalarini tayyorlashda hisobga olinadi.

2016-yil
IV chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

38.

“Vasiylik va homiylik toʻgʻri­sida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Oʻrganishdan maqsad — davlat organlarining ular tomonidan bolalar jismo­niy va maʼnaviy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini tahlil etishdan, bolalarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi, shuningdek ularning munosib tarbiyalanishi va voyaga yetishiga xizmat qiluvchi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonun normalarining ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlarning samara­dorligi darajasini aniqlashdan iborat.

2016-yil
IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

39.

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foyda­lanish toʻgʻrisida”gi QonunningSurxondaryo viloyatida ijro etili­shi holatini oʻrganish

Tadbirdan koʻzlangan maqsad — madaniy yodgorliklarning tarixiy qiyofasini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot olish, shuningdek qonun talablarining ijro etilishi holatini baholashdan iborat.

Tadbir yakunlariga koʻra madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

2016-yil
IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

40.

Qonunosti hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiqlashti­rilishini taʼminlash boʻyicha amal­ga oshirilgan ishlarni oʻrganish

Qonunchilik palatasining Reglamentiga kiritilgan oxirgi tuzatishlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Qoʻshma majlisida (2015-yil 23-yanvar), Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda (2015-yil 5-dekabr) Davlatimiz rahbari maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining yangi Bojxona kodeksi tas­diqlanganligi munosabati bilan qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi monitoringi oʻtkaziladi.

Oʻrganishdan maqsad — qonunosti hujjatlarining Bojxona kodeksiga muvofiqligini, shuningdek tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona toʻlovlari undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarning qonun yoʻli bilan toʻliq tartibga solinishini taʼminlashdan iborat.

Oʻrganish yakunlariga koʻra Qoʻmitaning kengaytirilgan majlisida Oʻzbekis­ton Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining qonunosti hujjatlari­ni Bojxona kodeksiga muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotini eshitish rejalashtirilmoqda.

2016-yil
IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

41.

“Veterinariya toʻgʻrisida”gi QonunningQashqadaryo viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni tugatish boʻyicha shart-sharoitlar va tartibni, yuridik va jismoniy shaxslarning hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishi va tarqalishining oldini olishni taʼminlovchi xoʻjalik va veterinariya tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek hayvonlarni saqlash bilan bogʻliq obyektlarni joylashtirish, qurish, ularni foydalanishga topshirish chogʻida zoogigiyena va veterinariya-sanitariya talab­lariga rioya etish borasidagi huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi holatini oʻrganishga qaratilgan.

Oʻrganish natijalariga koʻra davlat organlarining ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

2016-yil
IV chorak

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

42.

“Chet el investitsiyalari toʻgʻrisi­da”gi QonunningNamangan viloyatida ijro etilishi holatini oʻrga­nish

Tadbirdan maqsad — Namangan viloyatida chet el investitsiyalari ulushiga ega boʻlgan korxonalar faoliyatidagi mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek mazkur Qonun normalarining ijro etilishi holatini tahlil etishdan iborat.

Tadbirni oʻtkazish natijalariga koʻra investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda ushbu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha taklif­lar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2016-yil
IV chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

4-boʻlim. Fuqarolik jamiyati institutlarini, mustaqil OAVlarni izchil rivojlantirish, ularning inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdagi rolini oshirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.

“Nashrlarning majburiy nus­xasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasining asosiy maqsadi — milliy nashrlar fondini shakllan­tirish sohasidagi munosabatlarni, axborot-kutubxona muassasalariga va tash­kilotlariga nashrlarning majburiy nusxalarini taqdim etishni tartibga solish, milliy nashrlarning majburiy nusxasi saqlanishini taʼminlash, fuqarolarning axborotlardan erkin foydalanishga boʻlgan huquqlarini kafo­latlashga rioya etish va undan jamoatchilikning foydalanishi kabilardan iborat.

2016-yil

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2.

“Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi inson va fuqaroning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash chogʻida uning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini, shu jumladan shaxsiy hayot daxlsizligiga, shaxsiy va oilaviy sir saqlanishiga boʻlgan huquq­larning himoya qilinishini taʼminlash uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Ushbu Qonunning qabul qilinishi yuridik va jismoniy shaxslar tomoni­dan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning hududidan tashqarida ham avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi.

2016-yil
III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

Nazorat-tahlil faoliyati

3.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi­ning majlisida Oʻzbekiston mat­buot va axborot agentligi bosh direktorining “Noshirlik faoliya­ti toʻgʻrisida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishi holati haqida”gi axborotini eshi­tish

Tadbir mazkur Qonun talablarining Samarqand viloyatida roʻyobga chiqarilishini oʻrganish, huquqni qoʻllanish faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

2016-yil

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

4.

“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisi­da”gi QonunningXorazm viloya­tida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Qonun normalarining amalda roʻyobga chiqarilishi holatini oʻrganish, huquqni qoʻllanish samaradorligini, mintaqaning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik jarayoniga tortilganlik darajasini oʻrganishga qaratilgan.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha fuqarolik institutlarini rivojlantirish sohasida ijtimoiy sheriklikning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish rejalash­tirilmoqda.

Tadbir “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

5.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi QonunningSamar­qand viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir davlat organlari faoliyatida nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz faoliyatini moneliksiz amalga oshirishni kafolatlovchi yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlari boʻyicha NNTning ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashga koʻmaklashadigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar va tav­siyalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Tadbir “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2016-yil
III chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

6.

“Axborotlashtirish toʻgʻrisi­da”gi Qonunning Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatida ijro etilishi holatini oʻrganish

Tadbir Xalq taʼlimi vazirligi va uning Navoiy hamda Andijon viloyat­laridagi hududiy boshqarmalari misolida qonun talablarining amalda roʻyobga chiqarilishini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlari boʻyicha axborotlashtirish, axborot resurslari va tizim­laridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni qonunchilik yoʻli bilan tar­tibga solishni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish rejalash­tirilmoqda.

2016-yil

IV chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

5-boʻlim. Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligini taʼminlashning, tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy
asoslarini yanada takomillashtirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisi­dagi kodeksi)

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbe­kiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga jis­moniy shaxslarning havo kemasiga lazer nurini yoʻllaganlik uchun javobgar­ligi turlari va choralarini belgilovchi normalar kiritilishini nazarda tutadi.

Qonunning qabul qilinishi havo kemalarining parvozlari xavfsizligini oshirishga, jismoniy shaxslarning havo kemalari parvozlariga tahdid soluvchi, ekipaj va yoʻlovchilar hayotiga xavf tugʻdiruvchi gʻayri huquqiy harakatlari uchun javobgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 7-yanvarda kiritilgan.

2016-yil

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)

Qonu�ning yangi tahrirdagi loyihasi hayvonot dunyosi obyektlarini muho­faza qilish, ulardan foydalanish, ularni takror koʻpaytirish, ularning yashash va koʻpayish joylarini, shuningdek koʻchish yoʻllarini saqlab qolish, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini qoʻllash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash soha­sidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Amaldagi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga hamda qonun hujjatlaridagi kamchilik­larni bartaraf etishga qaratilgan yangi huquqiy normalarni mustahkamlab qoʻyishni, xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning normalarini milliy qonun hujjatlariga joriy etishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyorlan­moqda.

2016-yil

II chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

3.

“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi tabiiy oʻsimliklar dunyosi va yovvoyi organizmlar hosil qiladigan majmualarning yaxlitligini, ular oʻsadigan tabiiy joylar muhitini saqlash, oʻsimlik dunyosi obyektlari kamayib yoki yoʻqolib ketishi sabablarining oldini olishni va ularni bartaraf etishni taʼminlash boʻyicha huquqiy normalarni yanada takomillashtirishga, shuningdek mazkur Qonun normalarini atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foy­dalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan tayyorlan­moqda.

2016-yil

II chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

4.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (Jinoyat-protsessual kodeksi va “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun)

Qonun loyihasi tezkor-qidiruv faoliyatining turli jihatlarini huquqiy tartibga solish masalalari boʻyicha ayrim qonun hujjatlaridagi, chunonchi Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonundagimavjud kamchiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etishni, shuningdek milliy qonun hujjatlarining BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiqligini taʼminlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun normalarining huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish unga tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchalarini qonunchilik yoʻli bilan mustahkamlab qoʻyishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarurligini koʻrsatadi.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 2016-yil 14-yanvarda kiritilgan.

2016-yil
III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

5.

“Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri)

Qonunni yangi tahrirda qabul qilish zaruriyati qonunning amaldagi tah­ririda xalqaro-huquqiy hujjatlarning roʻyobga chiqarilishi ustidan monito­ring qilish mexanizmini va ularni vaqti-vaqti bilan inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilovchi normalar yoʻqligi, shuningdek xalqaro shartno­malar loyihalarini huquqiy, siyosiy va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish zarurligi bilan bogʻliq.

Qonun loyihasi koʻrsatib oʻtilgan huquqiy kamchiliklarning oʻrnini toʻldi­rishga qaratilgan boʻlib, bu, pirovard natijada, mamlakatning tutgan yoʻlini huquqiy jihatdan puxta dalillash vositasida ikki tomonlama va koʻp tomon­lama hamkorlik masalalariga tezlik bilan munosabat bildirilishini taʼmin­laydi.

2016-yil
III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

6.

“Oʻzbekiston Respublikasi­ning Konsullik ustaviga oʻzgar­tish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

konsullar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining repatria­tsiyasiga (qaytarilishiga) doir vazifalarni yuklash;

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi fuqarolari pasport yoki boshqa safar hujjatlarini yoʻqotgan yoxud ularning amal qilish muddati tugagan taqdirda konsullar tomonidan sertifikatlar berishni qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish;

chet elda turgan Oʻzbekiston fuqarolarining arizalarini tezlik bilan koʻrib chiqish, respublikadan hujjatlarini talab qilib olishga doir mexa­nizmlarni belgilab qoʻyish;

chet el rasmiy hujjatlarini legallashtirish talabini bekor qiluvchi apos­til qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi qoidani nazarda tutuvchi normalarni belgilash;

konsullarning on-layn xizmatlar koʻrsatishga (viza soʻrov varaqlari, huj­jatlarni talab qilib olish uchun arizalar topshirish, qaytish uchun serti­fikatlar berish, Oʻzbekistonning chet ellardagi muassasalarida konsullik hisobiga qoʻyish va hokazo) taalluqli normalarni qonunchilik yoʻli bilan belgilab qoʻyish.

2016-yil
III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

7.

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbe­kiston Respublikasining diplomatik xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalarini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlarni tartibga solish mavzuining oʻxshashligini hisobga olib, ushbu qonunlar “Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasiga birlashtirilmoqda.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

Tashqi ishlar vazirligi organlarining (attestatsiya komissiyasi va hayʼat) bir-birini takrorlovchi vazifalarini istisno etish;

diplomatiya xodimlariga egallab turgan lavozimi darajasini, ularning diplomatik lavozimdagi ish davrini, mehnat faoliyati natijalarini va boshqa shu kabilarni inobatga olgan holda diplomatik martabalarni berish mezon­larini aniqlashtirish.

2016-yil
III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

8.

“Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi davlat sirlarini saqlash tartibini yanada takomillashti­rishni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish va ulardan foydalanishning zamonaviy tendensiyalarini, “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olgan holda Qonunni qayta koʻrib chiqishni nazarda tutadi. Ishlab chiqilayotgan hujjatda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlari aks etadi. Ushbu hujjatning qabul qilinishi hozirgi zamon sharoitida davlat sirlari­ning ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi qonun hujjatlarining oʻtkazilgan inventarizatsiyasi nati­jalariga koʻra Qonunchilik palatasi deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilmoqda.

2016-yil
IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Nazorat-tahlil faoliyati

9.

“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QonunningToshkent shahrida ijro etilishi holatini oʻrganish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli Qaroribilan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir bir qator yangiliklarni nazarda tutuvchi Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi. Shuningdek maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hu�jatiga kiritilgan oxirgi tuzatishlarga muvofiq maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etib texnika vositalari bilan qayd etilgan Yoʻl harakat qoidalarini buzganlik uchun shaxslar javobgarligining huquqiy mexanizmlari belgilab qoʻyildi. Shundan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarining qarama-qarshiliksiz, tizimli boʻlishini, mazkur sohadagi huquqiy tartibga solish tizimining toʻliqligini taʼminlash maqsadida mazkur Qonun normalarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi bilan bogʻliq yangicha tashkiliy-huquqiy sharoitlarda amalga oshirilishini kompleks oʻrganish zarurligi yuzaga keladi.

2016-yil

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

II. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar

Konferensiyalar

1.

“Davlat organlarining qonunlar soʻzsiz ijro etilishini taʼmin­lashga doir faoliyati samarador­ligini oshirishning dolzarb masa­lalari” mavzusida xalqaro konfe­rensiya

Konferensiyaning maqsadi — barcha tuzilmalarning, ular mansabdor shaxs­larining qabul qilinayotgan qonunlarni ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish, mazkur qonunlardagi normalarning bir xil qoʻllanilishini, shuningdek ularning ijro etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash masalalari boʻyicha tajriba almashishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaning 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida belgilab berilgan vazifa­larni bajarish maqsadida tayyorlanayotgan qabul qilingan qonunlarni ijro­chilarga yetkazish masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilish ham rejalashtirilmoqda.

2016-yil

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Intellektual mulk sohasining huquqiy asoslarini takomillashti­rish”

Tadbir intellektual mulk sohasidagi, shu jumladan intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tadbir yakunlari boʻyicha tegishli takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2016-yil

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

“Axborot sohasini isloh etish­ning, soʻz va axborot erkinligini taʼminlashning dolzarb masala­lari”

Tadbirning maqsadi milliy ommaviy axborot vositalarining faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurna­listlar faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat. Tadbir davomida ommaviy axborot vositalarining jamoatchilikni oʻz vaqtida va haqqoniy xabardor etish, jamoat­chilik fikrini shakllantirish borasidagi rolini oshirishga, foydalanuvchi­larning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotdan foydalanishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Konferensiya doira­sida samarali milliy axborot maydonini shakllantirish jarayonlarining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqi­ladi.

2016-yil

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

4.

“Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari”

Tadbirning oʻtkazilishidan maqsad Oʻzbekistonda fuqarolarning sogʻligʻini saqlash, xususan, aholining reproduktiv salomatligi, onalar, bolalar va oʻsmirlarning sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur tadbir “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturini ijro etish maqsadida oʻtkaziladi.

2016-yil

III chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

5.

“Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti sifatida aho­lining huquqiy madaniyati va
huqu­qiy ongini yuksaltirish”

Tadbir aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yanada yuksal­tirishga qaratilgan boʻlib, mamlakatda kuchli va adolatli fuqarolik jamiya­tini barpo etish uchun, eng avvalo, fuqarolar yuksak huquqiy madaniyat va huquqiy ongga ega boʻlishi talab etiladi. Konferensiyada mamlakatimizda aholi huquqiy madaniyatining bugungi holati masalalari muhokama qilinadi va bu mavjud muammolarni aniqlash hamda tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

2016-yil

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

6.

“Ekologik turizm — barqaror taraqqiyotning va atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim omili: Oʻzbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro konfe­rensiya

Tadbir Oʻzbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga doir tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga, shuningdek mazkur sohada xorijiy tajribani almashishga qaratilgan.

2016-yil

IV chorak

Ekoharakat deputatlar guruhi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

Davra suhbatlari

7.

“Qonun ijodkorligi jarayonini demokratlashtirish: ochiqlikni va ijtimoiy munosabatlar subyekt­larining manfaatlari hisobga olinishini taʼminlash” mavzuida xalqaro davra suhbati

Tadbirning maqsadi — norma ijodkorligi faoliyatining ochiqligini taʼminlash, qonun loyihalari tashabbuskorlarining ekspertlar hamjamiyati, fuqarolik institutlari bilan hamkorligi sohasida tajriba almashishdan iborat.

2016-yil

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmi­tasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.

“Fuqarolik jamiyati institut­larining davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari faoliyati ochiq­ligini taʼminlashdagi ishtiroki”

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning qoidalarini roʻyobga chiqarish­da fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini, xususan, ular tomonidan davlat organlaridan ishonchli va xolis axborot olish darajasini, shuningdek fuqarolik institutlarining axborotdan foydalanishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlashdan iborat.

2016-yil

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

9.

“Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining taʼlim tizimi­dagi roli va ahamiyati”

Tadbir “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturini bajarish, shuningdek maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining sogʻlom bolani shakllantirish­dagi rolini kuchaytirish, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, ilgʻor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnolo­giyalarini amaliyotga keng joriy etish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish tadbirlarini amalga oshirish darajasini tubdan yaxshilash maqsadida oʻtkaziladi.

2016-yil

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

10.

“Oʻzbekistonda uzluksiz ekolo­gik taʼlim va barqaror rivojla­nish maqsadidagi taʼlim tizimini joriy etish hamda mazkur sohaning

huquqiy asoslarini takomillashti­rish”

Tadbir barqaror rivojlanish maqsadida ekologik taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek mazkur sohadagi uzluksiz ekologik taʼlim tizimini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

2016-yil

II chorak

Ekoharakat deputatlar guruh�

11.

“Qonun hujjatlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvat­lash amaliyoti: milliy va xorijiy tajriba”

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad mamlakatda muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish sohasidagi qonun hujjatlarini rivojlan­tirishning holatini baholash, shuningdek mazkur sohadagi qonun hujjat­larini takomillashtirish boʻyicha tajriba almashish hamda tavsiyalar ishlab chiqish, xususan, “Qayta tiklanadigan energiya manbalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat.

2016-yil

II chorak

Ekoharakat deputatlar guruhi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitsi bilan birgalikda

12.

“Aholining keng qatlamlarini atrof-muhitni muhofaza qilish ishiga va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish”

Mazkur tadbir Oʻzbekistonning ekologik tizimlarni saqlash, tabiiy resurs­larni tiklash va ularning holatini yaxshilashga doir ekologik siyosati toʻgʻri­sida, ekologik vaziyatni yaxshilashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan tadbirlar haqida aholining keng qatlamlarini va jamoatchilikni xabardor etish, shuningdek aholining keng doiarasini ekologik muammolarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbir­lar bajarishga jalb etishga, Oʻzbekistondagi xalqaro ekologik tashkilot­larning vakolatxonasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi.

2016-yil

II chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

13.

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratlashtirishdagi roli”

Tadbirning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratlash­tirish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat.

2016-yil

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

14.

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan parla­ment nazorati: Oʻzbekiston va Fransiya tajribasi” mavzusida xalqaro davra suhbati

Tadbirning maqsadi — huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan parlament nazorati sohasida tajriba almashish, Fransiyaning ekspertlar hamjamiyatiga Oʻzbekiston parlamentining davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimidagi rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi axborotni yetkazishdan iborat. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaning 23 yilli­giga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida oʻtkaziladi.

2016-yil

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

15.

“Davlat xaridlarining shaffofligini taʼminlashning huqu­qiy asoslari: mavjud holat va rivojlanish istiqbollari”

Tadbir davlat xaridlari sohasining holatini oʻrganishga, davlat xarid­larini tashkil etishdagi mavjud huquqni qoʻllanish muammolarini muhokama qilishga, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

2016-yil

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

16.

“Zamonaviy AKTlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi­dagi roli va ahamiyati”

Tadbirning maqsadi zamonaviy AKTlardan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida foydalanish yoʻnalishlarini belgilash va geografik axborot tizim­lari texnologiyalari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish, shuningdek AKTlardan aholining atrof-muhit holati toʻgʻrisida xabardorligini taʼmin­lashda foydalanilishini baholashdan iborat.

2016-yil

IV chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

17.

Joylarda alohida jadval boʻyicha “Oʻzbekiston — muqaddas Vatan”, “Yurt tinchligi va oso­yishtaligi bebaho boylik”, “Tinch­lik va barqarorlik muqaddas neʼmat”, “Odam savdosi — inson erkinligiga tahdid” mavzularida turkum davra suhbatlari oʻtkazish

Tadbirlarning oʻtkazilishidan maqsad aholiga, xususan, yoshlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga aloqadorlik tuygʻularini shakllantirish, shuning­dek tinchlik, barqarorlik va mamlakatning izchil taraqqiyotini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan turli tah­didlar borasidagi axborotni yetkazishdan iborat. Mazkur tadbirlar mintaqa­larda deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari chogʻida boshqa muassasalarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.

alohida jadval boʻyicha

Siyosiy partiyalar fraksiyalari, “Kamolot” YIH, “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Seminarlar

18.

“Parlament soʻrovini va deputat soʻrovini yuborish huquqidan depu­tatlarning samarali foydalanishi masalalari”

2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-396-sonli Qonunda“parlament soʻrovi” va “deputat soʻrovi” tushuncha­larining aniq chegarasini belgilash nazarda tutilgan. �adbirni oʻtkazishdan maqsad mazkur aniq chegaraning mohiyati va ahamiyatini deputatlarga yetka­zishdan iborat.

2016-yil

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

19.

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼmin­lashning huquqiy asoslari”

Tadbirning maqsadi aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash, oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir, oziq-ovqat muomalasi sohasida amalda boʻlgan normalar hamda qoidalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi masalalarini muhokama qilish, shuningdek mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

2016-yil

I chorak

OʻzLiDeP fraksiyasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

20.

“Davlat hokimiyati va boshqa­ruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda OAVlar­ning roli”

Tadbirning maqsadi — milliy OAVlarning jamoatchilikni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida keng va haqqoniy xabardor etish jarayonlaridagi faol ishtirokini ragʻbatlantirishdan iborat.

2016-yil

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

21.

“Yoʻl harakati xavfsizligi soha­sining huquqiy asoslarini tako­millashtirish va qonunchilik nor­malarining ijro etilishi samara­dorligini oshirish”

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi. Tadbirni oʻtkazishdan maqsad deputatlarga Yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan yangi­liklarning mohiyati va ahamiyatini yetkazishdan iborat.

2016-yil

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

22.

Xalqaro biologik xilma-xil­likni saqlash kuniga bagʻishlangan “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarishning qonun­chilik asoslari”

Tadbirning maqsadi — muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini rivojlantirishning holatini, Oʻzbe­kistondagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarishning huquqiy asoslarini baholashdan iborat. Mazkur sohadagi qonun hujjatlarini, xususan, yangi tahrirdagi “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish”, “Oʻrmon toʻgʻri­sida”gi qonunlarni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

2016-yil

II chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

23.

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisi­da”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuninormalarini takomillash­tirish masalalari”

Tadbir yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining normalari va qoidalarini jamoatchilikka kengroq yetkazish maqsadida Hisob palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda tashkil etiladi. Tadbirda ishtirok etishga korxonalar, tashkilotlarning qator rahbarlarini, ularning buxgalteriya xizmatlari rahbarlarini jalb etish moʻljallanmoqda. Shuningdek ekspertlar, nazorat-taftish organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining, OAV vakillari jalb etiladi.

2016-yil

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

24.

“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiya va Kioto protokoli talablarining bajarilishi hola­ti” mavzusida Xalqaro iqlim kuniga bagʻishlangan seminar

Tadbirning oʻtkazilishidan maqsad mazkur konvensiyaning va Kioto proto­kolining talablarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillash­tirish masalalarini muhokama qilish, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunnitakomillashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

2016-yil

II chorak

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

25.

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuninormalarini samarali amalga oshi­rishning dolzarb masalalari”

Seminarning maqsadi — aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida talab yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini amalga oshirish va joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishning, sifati davlat xizmatlari koʻrsatish hamda davlat organlarining birxillashtirilgan idoralararo elektron hamkorligiga toʻliq oʻtish uchun “elektron hukumat” axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari komplekslarini integratsiyalashga doir ishlarning holatini oʻrganish, shuningdek elektron hukumatni rivojlantirishning asosiy prinsiplarini sifatli va bosqichma-bosqich joriy etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni belgilashdan iborat.

2016-yil

III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

26.

“2016-yilda ish oʻrinlari tash­kil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini ijro etish doirasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashti­rish mexanizmlarini takomillash­tirish”

Tadbir bitiruvchilarni soʻzsiz ishga joylashtirishni taʼminlashga doir tegishli choralarni qabul qilgan holda Dasturni tumanlar va shaharlar, tar­moqlar va muayyan korxonalar kesimida tizimli ravishda monitoring va tahlil qilishni ama�ga oshirishga, shuningdek korxonalar (ish beruvchilar), kollej­lar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar shartlariga rioya etish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

2016-yil

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

27.

Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga kiritilgan yangiliklarning mohiyatini tushun­tirishga doir seminarlar turkumini oʻtkazish

Tadbirning oʻtkazilishidan maqsad — aholining keng qatlamlariga, shu jumladan tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga kiritilgan yangi normalarning mohiyatini yetkazishdan iborat.

alohida reja boʻyicha

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

28.

“Veterinariya faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida alo­hida jadval boʻyicha amaliy semi­narlar turkumini oʻtkazish

Tadbirda yangi tahrirdagi “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunningmohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish rejalashtirilmoqda.

alohida jadval boʻyicha

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

29.

“Oʻzbekistonda farmatsevtika faoliyatining huquqiy asoslari va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminarlar turkumini oʻtkazish

Tadbirning maqsadi — “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻri­sida”gi yangi tahrirda qabul qilingan Qonunning ahamiyati va mohiyatini aholiga yetkazishdan iborat. Seminarlarda farmatsevtika sanoati sohasidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, tegishli mutaxassislar, shuningdek jamoat­chilik va OAV vakillari ishtirok etadi.

alohida jadval boʻyicha

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 1-son, 14-modda)