Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3034]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-iyun,
14/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarning prognoz parametrlarida koʻzda tutiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maʼlumotlar (roʻyxat)ni shakllantirish, umumlashtirish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarini maqsadga muvofiqligini oʻrganadi, umumlashtiradi hamda tahlil asosida dastlabki roʻyxatni shakllantiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlik dastlabki roʻyxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazishdan va qoʻllab-quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy yoki iqtisodiy samaradorlik;
ishlab chiqarishda foydalanishdagi samaradorlik;
yuqori texnik natija;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy muammolar yechimini taʼminlashi va boshqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash uchun har yili:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15-iyungacha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflarini qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
15-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Intellektual mulk agentligi deb yuritiladi) shakllantirilgan dastlabki roʻyxatni va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Vazirlik tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotda Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni qaysi xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish va qancha muddat qoʻllab-quvvatlanishi aniq koʻrsatilishi zarur.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Intellektual mulk agentligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni har yili 15-noyabrgacha Vazirlikka taqdim etadi.
Bunda, Intellektual mulk agentligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash patent hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim RST yoki toʻgʻridan-toʻgʻri (konvension protsedura) patentlash yoʻli orqali amalga oshirilishi uchun talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablagʻlarida) miqdori koʻrsatilgan maʼlumotni (roʻyxatni) Vazirlikka taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlik Intellektual mulk agentligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni (roʻyxatni) koʻrib chiqib, har yili 1-dekabrgacha tasdiqlash uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va koʻllab-quvvatlash xarajatlari Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
3-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va kuchda saqlab turishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) oʻrtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur Nizomda belgilanganidan koʻra boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillari qoʻllaniladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vazirlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi boʻyicha berilgan xulosasiga, tahlil asosida dastlabki roʻyxatni shakllantirishga masʼul hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Intellektual mulk agentligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va patentni qoʻllab-quvvatlash uchun Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim (PCT) yoki toʻgʻridan-toʻgʻri (konvension protsedura) patentlash yoʻli orqali talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablagʻlarida) miqdori koʻrsatilgan maʼlumotni (roʻyxatni) oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etilishiga masʼul hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 4-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 4-iyun
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. FAYZULLAYEV
2018-yil 4-iyun
Fanlar akademiyasi Prezidenti B. YULDASHEV
2018-yil 4-iyun
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori v.b. B. OXUNOV
2018-yil 4-iyun
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatga olish boʻyicha takliflar
(ilovaning belgisi va nomi Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
|
T/r |
Patent nomi, raqami va olingan sanasi |
Patent egasi |
Qaysi davlatda roʻyxatga olish taklif etilmoqda |
Xorijiy davlatda patentlashdan maqsad |
Xarajatlar | ||||||
|
Jami |
shundan: | ||||||||||
|
Patentlash |
Patentni amalda ushlab turish |
shu jumladan: | |||||||||
|
1-yil |
2-yil |
3-yil |
...yil | ||||||||
|
1. |
|||||||||||
|
2. |
|||||||||||
|
3. |
|||||||||||
|
4. |
|||||||||||
|
5. |
|||||||||||
|
.. |
|||||||||||
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)