O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3034]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-iyun,
14/6-son
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarning prognoz parametrlarida ko‘zda tutiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
2-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’lumotlar (ro‘yxat)ni shakllantirish, umumlashtirish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy yoki oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarning Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini maqsadga muvofiqligini o‘rganadi, umumlashtiradi hamda tahlil asosida dastlabki ro‘yxatni shakllantiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Agentlik dastlabki ro‘yxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
ilmiy yoki iqtisodiy samaradorlik;
ishlab chiqarishda foydalanishdagi samaradorlik;
yuqori texnik natija;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy muammolar yechimining ta’minlanganligi va eksportga mo‘ljallanganligi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash uchun har yili:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-iyungacha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy yoki oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflarini qabul qiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) shakllantirilgan dastlabki ro‘yxatni va ma’lumotlarni taqdim etadi.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotda Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni qaysi xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish va qancha muddat qo‘llab-quvvatlanishi aniq ko‘rsatilishi zarur.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni har yili 15-noyabrgacha Agentlikka taqdim etadi.
Bunda, Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash patent hamkorligi to‘g‘risidagi bitim RST yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (konvension protsedura) patentlash yo‘li orqali amalga oshirilishi uchun talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablag‘larida) miqdori ko‘rsatilgan ma’lumotni (ro‘yxatni) Agentlikka taqdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘llab-quvvatlash xarajatlari Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
3-bob. Intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va kuchda saqlab turishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy yoki oliy ta’lim tashkiloti va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-maydagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-2, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur Nizomda belgilanganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillari qo‘llaniladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
11. Agentlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan xulosasiga, tahlil asosida dastlabki ro‘yxatni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va patentni qo‘llab-quvvatlash uchun Patent hamkorligi to‘g‘risidagi bitim (PCT) yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (konvension protsedura) patentlash yo‘li orqali talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablag‘larida) miqdori ko‘rsatilgan ma’lumotni (ro‘yxatni) o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqdim etilishiga mas’ul hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son
13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 4-iyun
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV
2018-yil 4-iyun
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. FAYZULLAYEV
2018-yil 4-iyun
Fanlar akademiyasi Prezidenti B. YULDASHEV
2018-yil 4-iyun
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori v.b. B. OXUNOV
2018-yil 4-iyun
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatga olish bo‘yicha takliflar
(ilovaning belgisi va nomi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 175-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034-1, 04.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son)
|
T/r |
Patent nomi, raqami va olingan sanasi |
Patent egasi |
Qaysi davlatda ro‘yxatga olish taklif etilmoqda |
Xorijiy davlatda patentlashdan maqsad |
Xarajatlar | ||||||
|
Jami |
shundan: | ||||||||||
|
Patentlash |
Patentni amalda ushlab turish |
shu jumladan: | |||||||||
|
1-yil |
2-yil |
3-yil |
...yil | ||||||||
|
1. |
|||||||||||
|
2. |
|||||||||||
|
3. |
|||||||||||
|
4. |
|||||||||||
|
5. |
|||||||||||
|
.. |
|||||||||||
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3034-1/0585-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 19.05.2026-y., 10/26/3034-2/0504-son)