09.03.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yil 7-dekabrda Chikago shahrida imzolash uchun ochiq deb eʼlon qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida Konvensiyaning ishtirokchilari boʻlgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasida muntazam havo qatnovini oʻrnatish maqsadida Bitim tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning maqsadlari uchun atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Konvensiya” — 1944-yil 7-dekabrda Chikago shahrida imzolash uchun ochiq deb eʼlon qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida Konvensiya, shu jumladan qay darajada kuchga kirgani yoki Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya etilganiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq qabul qilingan har qanday ilova, shuningdek Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga muvofiq Konvensiyaga va uning ilovalariga kiritilgan har qanday oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “aviatsiya maʼmuriyatlari” Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Tojikiston Respublikasi uchun — Tojikiston Respublikasi Transport vazirligi yoki ikkala holatda ham ushbu maʼmuriyatlar tomonidan hozirgi vaqtda bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “tayinlangan aviakorxona” — mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviakorxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “hudud” — Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq koʻrsatilgan maʼnoni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” Konvensiyaning 96-moddasida mazkur atamalar uchun koʻrsatilgan maʼnolarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “belgilangan yoʻnalishlar” — mazkur Bitim Ilovasida belgilangan yoxud belgilanishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “kelishilgan qatnovlar” — mazkur Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan xalqaro havo qatnovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “tarif” — yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish hamda agentlik va boshqa qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlanadigan qiymatlar, shuningdek shu qiymatlarni qoʻllash shartlari, pochtani tashish uchun toʻlanadigan haqlar va shartlar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “yigʻimlar” — aeroport, jihozlar hamda aeronavigatsiya yoki aviatsiya xavfsizligi xizmatlaridan foydalanish uchun aviakorxonalardan undiriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “Ilova” — mazkur Bitimga ilova qilingan yoʻnalishlar jadvali hamda Ilovada aks etgan biror-bir eslatmalar va izohlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) “hajm” havo kemasiga nisbatan mazkur havo kemasining butun yoʻnalish boʻylab yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismidagi tijoriy yuk olishini anglatadi va “kelishilgan qatnovlarga” nisbatan belgilangan yoʻnalish yoki uning maʼlum bir qismi boʻyicha belgilangan vaqt mobaynida amalga oshirgan parvozlar soniga koʻpaytirilgan shu qatnovda foydalanilayotgan havo kemasi hajmini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning Ilovasi uning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tashishlar boʻyicha huquqlarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitim Ilovasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish maqsadida mazkur Bitimda belgilangan huquqlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tayinlangan aviakorxona belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi mazkur Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan manzillarda notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari hududlari oraligʻida qatnayotgan yoʻlovchilar, bagaj, pochta va yukni olish va (yoki ) tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida mazkur Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan manzillarda toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddadagi biror-bir qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki ijara shartlari asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilga boruvchi yoʻlovchilar, yuk va pochtani havo kemasiga olish huquqini beradi deb hisoblanmaydi (kabotaj huquqi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Havo kemalarining parvozlari hamda kelishilgan qatnovlarda yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish bilan bogʻliq texnik hamda tijoratga oid masalalar, shuningdek tijoriy hamkorlikka taalluqli masalalar, xususan, qatnovlar takroriyligi, havo kemalarining turlari, aviayoqilgʻi quyish, yerda texnik xizmat koʻrsatish va moliyaviy hisob-kitoblar tartibi masalalari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi kelishuvga binoan hal etiladi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda bu masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻshimcha va charter reyslar har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq tayinlangan aviakorxonaning oldindan berilgan talabnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bu talabnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlariga dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda havo kemasining parvozidan kamida 48 soat oldin berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Aviakorxonalarni tayinlash va ekspluatatsiya ruxsatnomalarini berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda aviakorxona yoki aviakorxonalarni tayinlash huquqiga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2024-yil 18-apreldagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng mazkur moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq darhol tayinlangan aviakorxonaga parvozlar uchun tegishli ruxsatnomani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonadan mazkur maʼmuriyat tomonidan xalqaro havo qatnovini amalga oshirish chogidagi qonun hujjatlarida belgilangan odatda qoʻllaniladigan va Konvensiya talablaridan yuqori boʻlmagan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilish huquqi shu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga tegishli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona mazkur Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblaydigan shartlarning bajarilishini talab etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddada koʻrsatilgan ruxsatnomani olgan tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 10-moddasiga muvofiq kelishilgan qatnovlarda tariflar joriy etilgan, shuningdek ushbu Bitimning 2-moddasi 4-bandiga muvofiq texnik va tijorat masalalari hal qilingan taqdirda, kelishilgan qatnovlardan foydalanishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ekspluatatsiya ruxsatnomalarini bekor qilish yoki amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaga berilgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini yoki mazkur Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb hisoblagan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayinlangan aviakorxonaga ustun egalik yoki uning ustidan haqiqiy nazorat qilish aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, yoki uning davlati fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur aviakorxona ushbu huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning davlat qonunchiligiga rioya etmagan holda, yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan shartlarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya etmayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda ruxsatnomaning darhol bekor qilinishi, huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qonunchilikni bundan keyin ham buzilishining oldini olish uchun zarur hisoblanmasa, yuqorigi bandda koʻrsatib oʻtilgan harakatlar Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻnggina amalga oshiriladi. Aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasidagi bunday maslahatlashuvlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran qisqa muddat ichida boʻlib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Qonunlar, qoidalar va tartibotlarning qoʻllanilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro qatnovlarni amalga oshirayotgan bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarining oʻz davlat hududiga uchib kirishi va bunday hududdan uchib chiqishini, yoki ushbu havo kemalaridan foydalanishni yoxud ularning qatnovlarini tartibga soluvchi qonunchiligiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining oʻz davlat hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, yuk va pochtaning kirib kelishi, u yerda boʻlishi hamda u yerdan joʻnatilishini tartibga soluvchi qonunchiligi, va xususan pasport, bojxona, valyuta hamda sanitar qoidalariga oid rasmiyatchiliklari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalarining yoʻlovchilariga, ekipajlariga, yuk va pochtaga nisbatan ularning koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi davrida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining bojxona, karantin va shunga oʻxshash qoidalarini qoʻllashda oʻz aviakorxonasiga yoki har qanday boshqa aviakorxonaga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning shu kabi xalqaro havo qatnovlarni amalga oshirayotgan aviakorxonasiga nisbatan afzallik bermasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Aeroport yigʻimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aeroportdan, shu jumladan uning inshootlari, texnik va boshqa vositalari hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek aeronavigatsiya vositalaridan, aloqa vositalaridan foydalanganlik uchun har qanday toʻlovlar har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq oʻz davlati hududida belgilangan stavkalar va tariflarga muvofiq olinadi, basharti, bunday yigʻim va toʻlovlar xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan boshqa davlatlarning havo kemalaridan olinadigan bunday yigʻim va toʻlovlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri oʻz nazoratida boʻlgan aeroport, havo yoʻlaklari, havo harakatiga xizmat koʻrsatish va ular bilan bogʻliq jihozlardan foydalanilganda ayni shunday xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan oʻzining aviakorxonasiga yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomonning har qanday aviakorxonasiga imtiyoz bermasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri yigʻim oluvchi vakolatli maʼmuriyatlar bilan xizmatlardan foydalanayotgan aviakorxonalar oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish taklifi bilan murojaat etishlari mumkin. Rejalashtirilayotgan oʻzgarishlar haqidagi xabarnoma vakolatli maʼmuriyatlar ushbu masala boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilmasdan avval oʻz fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun avvaldan berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Shahodatnoma, sertifikat va guvohnomalarni tan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomondan berilgan yoki haqiqiy deb tan olingan parvozlarga yaroqlilik shahodatnomalari, malaka toʻgʻrisidagi guvohnomalar va shahodatnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomondan belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish uchun haqiqiy deb tan olinadi, basharti bunday berilgan va haqiqiy deb tan olingan shahodatnoma va guvohnomalar Konvensiyada belgilangan standartlarga muvofiq boʻlsa hamda ularning amal qilish muddati tugamagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududi ustidan amalga oshiriladigan parvozlarda oʻz davlati fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomondan berilgan malaka toʻgʻrisidagi guvohnomalar va shahodatnomalarning haqiqiyligini tan olishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi, basharti ular Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining xalqaro standartlar meʼyorlariga muvofiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Tranzit tashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlat hududi orqali toʻgʻri tranzit bilan oʻtuvchi hamda aeroportning ushbu maqsad uchun belgilangan hududini tark etmagan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki, bagaj va yukka nisbatan ushbu Bitimning 15-moddasida keltirilgan xavfsizlik, shuningdek giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar hamda ularning xom ashyolarini olib oʻtishga doir qoidalar qoʻllanilgan hollardan tashqari soddalashtirilgan nazorat qoʻllaniladi. Toʻgʻri tranzit orqali oʻtuvchi bagaj va yukdan bojxona bojlari va boshqa soliqlar undirilmaydi. Koʻrsatilgan xizmatlar, saqlash va bojxona tartibotlari uchun yigʻimlar Ahdlashuvchi Tomonlarning ichki davlat qonunchiligiga asosan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Kelishilgan qatnovlardan foydalanishni tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ularning tegishli hududlari oraligʻida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda adolatli va teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kelishilgan qatnovlarini amalga oshirishda bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan qatnovning shu yoʻnalishi yoki uning bir qismidan foydalanayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tashuvlariga ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari xizmat koʻrsatayotgan kelishilgan qatnovlari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarda jamoat ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim hamda har bir aviakorxona shunday sigʻim berish yuzasidan birinchi navbatdagi vazifaga ega boʻlishi kerakki, toki uning oqilona koeffitsiyentda taʼminlashi Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlari oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishda mavjud hamda oqilona taklif etilayotgan ehtiyojlarga javob bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Tariflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tariflar barcha tegishli omillarni, shu jumladan kelishilgan qatnovlardan foydalanishga ketadigan xarajatlarni, foydani hamda belgilangan yoʻnalishning har qanday qismi uchun boshqa aviakorxonalarning tariflarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Bu tariflar ushbu moddaning quyida keltirilgan qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlar haddan ziyod baland yoki ustunlik holatidan foydalangan holda cheklangan, shuningdek aviakorxonalarni bevosita yoki bilvosita davlat subsidiyalari evaziga sunʼiy tushirilgan narxlardan himoyalash yoxud diskriminatsiya narxlari va mavjud amaliyotni bartaraf etishdagi qoʻllab-quvvatlashi hamda foydalanuvchilarni yuqori narxlardan himoyalash maqsadlaridagi tariflarni maqbul emas deb hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, butun yoʻnalishdan yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa aviakorxonalar bilan maslahatlashib olingandan soʻng, imkoniyatga qarab, ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kelishib olinadi. Bunday kelishuvga, imkoniyatga qarab, Xalqaro havo transporti uyushmasining tariflarni oʻrnatish mexanizmidan foydalangan holda erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tayinlangan aviakorxonalar mazkur moddaning 2-bandiga muvofiq ularga taqdim qilingan biron-bir tarifni tasdiqlash masalasi boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, bu kelishmovchilik mazkur Bitimning 20-moddasi shartlariga muvofiq hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi lozim. Har qanday holda tarifdan foydalanish mazkur bandning taʼsiri ostida uning amal qilish muddati tugagan sanadan 12 oydan ortiq boʻlgan muddatga uzaytirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Parvozlar jadvalini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida qirq besh (45) kun oldin parvozlar takroriyligi, havo kemasi turi, vaqti, konfiguratsiyasi va oʻrinlar sonini, shuningdek jadvalning amal qilish muddatini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlariga taqdim etish lozim. Ayrim hollarda mazkur muddat Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan har qanday keyingi oʻzgarishlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari tasdigʻiga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tayinlangan aviakorxona tasdiqlangan jadvaldan tashqari qoʻshimcha tarzda parvozlarni amalga oshirish istagini bildirsa, u ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlarining ruxsatini soʻrashi lozim. Bunday soʻrovnoma bunday parvozlar amalga oshirilishidan eng kamida besh (5) ish kunidan avval taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bojxona qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek ularning tabel mulki, yonilgʻi zaxirasi va moylash materiallari, sahn zaxiralari (shu jumladan, oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirgach, bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod etiladi, basharti bunday mulk, materiallar va zaxiralar bunday boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan qaytib olib chiqilguniga qadar havo kemasi sahnida saqlanib qolsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuningdek bunday bojlar, soliqlar va yigʻimlardan quyidagilar ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida shu Ahdlashuvchi Tomon vakolatli maʼmuriyatlari tomonidan belgilangan miqdor doirasida va boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasining sahniga olingan va unda foydalanish uchun moʻljallangan sahn zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish yoki uni taʼmirlash uchun olib kirilgan ehtiyot qismlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan xizmatlar, saqlash va bojxona tartibotlari uchun yigʻimlar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga asosan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan materiallar bojxona organlarining nazorati yoki kuzatuviga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasi sahnida mavjud boʻlgan tabel mulki, shuningdek materiallar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida faqat shu Ahdlashuvchi Tomon davlat bojxona organlari roziligiga koʻra tushirilishi mumkin. Bunday holda ular bojxona qoidalariga asosan qayta olib chiqib ketilmagunga yoki boshqa koʻrsatma olinmagunga qadar qayd etib oʻtilgan davlat organlari nazoratiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Pul mablagʻlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga kelishilgan qatnovlardan foydalanish natijasida olgan daromadlarining xarajatlardan ortgan qiymatini erkin oʻtkazish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday mablagʻlarni oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi bitim qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunday bitim yoki unda tegishli qoidalar boʻlmagan taqdirda, mablagʻlarni oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar tomonidan qoʻllanilayotgan valyuta ayirboshlovi qoidalariga koʻra rasmiy ayirboshlov kursi boʻyicha erkin foydalaniladigan valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Vakolatxona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kelishilgan qatnovlardan foydalanish uchun bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududida maʼmuriy, tijorat va texnik xodimlar bilan oʻz vakolatxonasini ochish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning davlat qonunchiligiga muvofiq aviatashuvlarni oʻz tashuv hujjatlarini ishlatib mustaqil ravishda sotish hamda ularni sotadigan vakillarni tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqdan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish boʻyicha bir-birlari oldidagi majburiyatlari mazkur Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Xalqaro huquq doirasida oʻz huquq va majburiyatlarining umumiy qoʻllanishini cheklamagan holda, Ahdlashuvchi Tomonlar 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisida Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini noqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisida Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida Konvensiya, 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatayotgan xalqaro aeroportlarda noqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisida Protokol qoidalariga hamda ikki Ahdlashuvchi Tomon davlatlari ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar qoidalariga asosan ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar havo kemasini noqonuniy egallab olish hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va aeronavigatsiya vositalariga qarshi boshqa noqonuniy harakatlar, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga har qanday boshqa tahdidlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan va Konvensiyaning Ilovalarida belgilangan aviatsiya xavfsizligi va texnik talablar qoidalariga muvofiq ish koʻradilar, basharti bunday qoidalar va talablar Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlsa. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlat hududlarida roʻyxatdan oʻtgan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz davlat hududlarida joylashgan havo kemalari ekspluatantlari va xalqaro aeroportlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining bunday qoidalari va talablariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri bunday havo kemalari ekspluatantlaridan mazkur moddaning 3-bandida eslatib oʻtilgan qoidalarga boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududiga kirishi, chiqishi va mazkur hududda boʻlishi davrida rioya etilishi zarur boʻlgan talablarni qoʻyishi mumkinligiga rozi boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, qoʻl yuki, bagajni, yukni va sahn zaxiralarini yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz davlatining hududi doirasida tegishli chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlgan taqdirda, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar fuqaro havo kemalarini noqonuniy qoʻlga kiritish yoki bunday havo kemasiga, uning yoʻlovchilariga va ekipajiga, aeroportlarga yoxud aeronavigatsiya vositalariga qarshi qaratilgan boshqa noqonuniy harakatlar sodir boʻlsa yoki sodir boʻlish tahdidi mavjud boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani taʼminlash va bunday hodisa yoki tahdidni tez va xavfsiz tarzda oldini olish maqsadida boshqa tegishli choralar koʻrish orqali bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Parvozlar xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qabul qilingan parvoz xavfsizligi standartlarining ekipaj aʼzolari, havo kemalari va ularning ekspluatatsiyasiga taalluqli har qanday sohadagi masalalar yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar ushbu soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz (30) kun mobaynida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bunday maslahatlashuvlar natijasida bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonni Konvensiyada belgilangan minimal standartlarga muvofiq aytib oʻtilgan har qanday sohalardagi parvozlar xavfsizligi standartlariga rioya qilmayapti yoki ularni qoʻllamayapti deb hisoblasa, bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni bunday xulosa toʻgʻrisida va oʻsha minimal standartlarning talablariga javob berish uchun qilinishi zarur harakatlar toʻgʻrisida xabardor etishi lozim, bunda oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomon tegishli choralarni qoʻllashi lozim. Agarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻn besh (15) kun yoki undan koʻproq kelishib olingan vaqt davomida zarur choralarni koʻrmasa, ushbu holat mazkur Bitimning 4-moddasi qoʻllanilishiga asos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konvensiyaning 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlardan qatʼiy nazar, bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan yoxud ularning nomidan ijaraga olingan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan yoki uning davlat hududiga parvozni amalga oshirayotgan har qanday havo kemasi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan vaqtida parvozni sababsiz kechiktirishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan, havo kemasi sahnida yoki yonida bort va ekipaj hujjatlarining haqiqiyligini, havo kemasi va moslamalarining holatini tekshirish maqsadida (ushbu moddada perron inspeksiyasi deb yuritiladi) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli vakillari tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar bunday tekshiruv yoki bir qancha tekshiruvlar natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havo kemasi yoki havo kemasining ekspluatatsiyasi Konvensiyaga muvofiq ayni paytda oʻrnatilgan minimal standartlarga mos emasligi toʻgʻrisida jiddiy xavotir boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetarli darajada texnik xizmat koʻrsatish yoʻqligi va ayni paytda Konvensiyaga muvofiq oʻrnatilgan parvozlar xavfsizligi standartlarining bajarilmayotganligi toʻgʻrisida jiddiy xavotir boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning 33-moddasiga binoan tekshiruv oʻtkazayotgan Ahdlashuvchi Tomon havo kemasiga yoki uning ekipajiga berilgan sertifikat yoki guvohnomalar, ularning haqiqiy deb tan olinganligi talablari yoki ushbu havo kemasining ekspluatatsiyasi talablari Konvensiyaning minimal standartlariga muvofiq emas deb xulosa chiqarish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar mazkur moddaning 3-bandiga binoan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviakorxonasi tomonidan yoki aviakorxonaning nomidan foydalaniladigan havo kemani perron tekshiruvidan oʻtkazish ushbu korxona yoki korxonalar vakillari tomonidan taʼqiqlangan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 4-bandida tavsiflangan jiddiy kamchiliklar mavjudligi toʻgʻrisida taxmin qilishi va mazkur bandga muvofiq xulosa chiqarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi yoki aviakorxonalariga berilgan ekspluatatsiya ruxsatnomalarini darhol toʻxtatib qoʻyish yoki oʻzgartirish huquqini saqlab qoladi, basharti birinchi Ahdlashuvchi Tomon tekshiruv, bir qator tekshiruvlar natijasida yoki ularni oʻtkazish rad etilgan hollarda, maslahatlashuvlar oʻtkazishdan bosh tortish yoxud boshqa bir sabablar oqibatida aviakorxonaning parvozlarni xavfsiz bajarishi uchun muhim choralar koʻrilishi zarur degan xulosaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir Ahdlashuvchi Tomonning mazkur moddaning 4 va 6-bandlarga muvofiq amalga oshiradigan har qanday xatti-harakati, mazkur choralarni koʻrishga sabab boʻlgan asos yoʻq qilingan vaqtdan eʼtiboran toʻxtatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Hodisalarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasiga tegishli havo kemasi noilojlikdan qoʻnganda, halokatga uchraganda yoki boshqa voqea sodir boʻlgan taqdirda, davlat hududida hodisa sodir boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda darhol boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, agar ekipaj va yoʻlovchilar jabrlangan boʻlsa, ularga yordam berish uchun shoshilinch chora-tadbirlar koʻradi, va ushbu havo kemasidan pochta, bagaj va yuklarning asralishini taʼminlaydi, shuningdek, hodisaning sabablarini tekshirish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan ushbu Ahdlashuvchi Tomon vakillarini oʻz davlati hududiga bunday hodisaning tekshiruvida ishtirok etishlari uchun toʻsiqsiz kirishlarini taʼminlaydi. Hodisani tekshirishni amalga oshiruvchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni uning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Yuk tashuvlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar yuk tashish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalarini moliyaviy shirkat bilan kelishgan holda hamda tashuvlarni hal qilishda Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari qonunchiligiga rioya etilishi sharti bilan kengaytirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Yer usti xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tayinlangan aviakorxona boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida oʻz-oʻziga yer usti xizmatini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi yoki aks holda, shunday xizmatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida toʻligʻicha yoki qisman bunday xizmatlarni koʻrsatishga vakolati boʻlgan taʼminotchilar bilan shartnoma tuzishga haqlidir. Agarda bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida yer usti xizmatini koʻrsatish uchun maqbul boʻlgan qoidalarga koʻra bunday xizmatlar koʻrsatilishi taʼqiqlangan yoki cheklangan boʻlsa yoxud bunday xizmatlar boʻyicha shartnoma tuzish yoki oʻzining xizmatlarini koʻrsatishni amalga oshirish imkoniyati cheklangan taqdirda, har bir tayinlangan aviakorxona kamsitmaslik shartlari asosida oʻzining xizmatlarini koʻrsatishni amalga oshirish yoxud bunday xizmatlarni amalga oshiruvchi taʼminotchi yoki taʼminotchilar xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari mazkur Bitimni bajarishga taʼsir koʻrsatuvchi barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni taʼminlash maqsadida vaqti-vaqti bilan yaqin hamkorlik ruhida maslahatlashuvlar yoki yozishmalar yoʻli bilan oʻzaro aloqa qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda mazkur Bitimga taalluqli har qanday masala boʻycha maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar, agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzgacha kelishib olinmasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon soʻrovi berilgan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Statistika maʼlumotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlariga ularning talablariga muvofiq kelishilgan qatnovlarda amalga oshirilayotgan tashuvlar toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni yuklash va tushirish manzillarini koʻrsatgan holda taqdim qiladi yoki ushbu maʼlumotlarning taqdim etilishini oʻzining tayinlangan aviakorxonasidan talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni yoki uning Ilovasini talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq har qanday nizo har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinadi. Agar koʻrsatilgan maʼmuriyatlar kelishuvga erishmasalar, nizo toʻgʻridan-toʻgʻri Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga nisbatan munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari ishtirok etadigan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda mazkur Bitimning 25-moddasida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning Ilovasiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻridan-toʻgʻri Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishilishi mumkin. Ular Ahdlashuvchi Tomonlarning qayd etilgan maʼmuriyatlari tasdiqlagan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllanilishi mumkin va diplomatik kanallar orqali tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarilganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali ushbu Bitimning amal qilishini tugatish istagi haqida xabardor qilishi mumkin. Bu holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan sanadan boshlab oʻn ikki (12) oy oʻtgandan soʻng tugatiladi, basharti Bitimning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma bu muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan qaytarib olinmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dushanbe shahrida 2018-yil 9-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisida Bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻnash manzillari

Oraliq manzillar

Belgilangan manzillar

Tashqaridagi manzillar

Toshkent, Samarqand va Buxoro

Dushanbe, Koʻlob va Boxtar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tojikiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻnash manzillari

Oraliq manzillar

Belgilangan manzillar

Tashqaridagi manzillar

Dushanbe, Koʻlob va Boxtar

Toshkent, Samarqand va Buxoro

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar koʻpaytirilishi uchun boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari bilan kelishilgan holda tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi alohida kelishuv predmeti boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oraliq manzillar va/yoki tashqaridagi manzillar biror bir qatnov yoki barcha qatnovlar amalga oshirilishi chogida tushirib qoldirilishi mumkin, basharti havo qatnovi aviakorxonani tayinlangan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshlansa yoki tugasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidagi manzillar va uchinchi mamlakatlar oʻrtasidagi manzillar oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashish uchun boʻlgan huquqi (“havoning 5-chi daraja erkinligi” tijoriy huquqi) Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasidagi alohida kelishuv predmeti boʻlib hisoblanadi.