02.07.2018 yildagi PQ-3827-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka doir huquqlarini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda, shaxsga oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun samarali mexanizmlar yaratilgan, umuman jamiyat manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlaydigan sud-huquq tizimi samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, jamiyatning poydevori sifatida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oila manfaatlarini himoya qilishning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini kuchaytirish, uning xavfsizligini va uygʻunligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan choralar xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga shak-shubhasiz rioya qilish, maʼnaviy-axloqiy asoslarni va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun poydevor yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan jismoniy, axloqiy yoki mulkiy zarar yetkazish natijasida sodir etilgan huquqbuzarliklar tufayli jabr koʻrgan shaxslarga koʻmaklashish va har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha infratuzilmani yaratish alohida ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, amaliyotda fuqarolarning, eng avvalo, yordamga muhtoj xotin-qizlarning huquqlarini qoʻshimcha ravishda taʼminlash, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan amaliy munosabatlarini kuchaytirish, mazkur masalalarda jamoatchilik nazorati joriy etilishini davom ettirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrishni talab qiladigan ayrim muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi kafolatlangani, shuningdek, qiynoqqa solganlik, zulm qilganlik va boshqacha tarzda shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini tahqirlovchi muomalada boʻlganlik uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni qoʻzgʻata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yoʻlga qoʻyishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining oʻzaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, “xavf ostidagi guruh”da boʻlgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qoʻllab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish sabablarini, oʻz joniga qasd qilish kayfiyatini qoʻzgʻatadigan omillarni aniqlash hamda oʻrganish, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini taʼminlash, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining zimmalariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — “Oila” markazi), “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi, “Sen Yolg'iz Emassan” respublika ijtimoiy bolalar jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining quyidagilar toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarga oʻz vaqtida va manzilli yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish, oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va unga erta barham berish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti shaklida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazini (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilar mablagʻlarini, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni Respublika markazining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga Respublika markazining buyurtmanomalari asosida uning asosiy vazifalarini bajarish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni har yili nazarda tutish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilardan iborat ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan yoki oʻz joniga qasd qilgan shaxslar bilan birlamchi va izchil profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish hollarini va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etish maqsadida davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan oʻzaro samarali hamkorlik oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha hududiy davlat va nodavlat muassasalarining faoliyatini tashkil etishda, ularning moddiy-texnik va uslubiy bazasini mustahkamlashda, mazkur muassasalarning kadrlar salohiyatini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, muhtoj shaxslarga, shu jumladan “ishonch telefoni” orqali maslahat berish tizimini yaratish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan jamoatchilik fikrini oʻrganish, ularning asosida nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etishga doir dasturlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning xabardor etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari uchun nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan amaliyotlar, seminar va treninglar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika markazini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida bino ajratilishini, shuningdek, u zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzurida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etish. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bittadan Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda tumanlar (shaharlar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan tumanlararo tamoyil asosida mintaqalardagi Markazlar sonini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda respublikaning tumanlarini (shaharlarini) imkon qadar qamrab olgan holda Markazlar faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va BMTTDning “Davlat boshqaruvida ishtirok etish uchun xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ularning faolligini oshirish” deb nomlangan qoʻshma loyihasi doirasida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishni oldini olish boʻyicha dastlabki markazni tashkil etishga doir loyihani eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat-xususiy sherikligi usullaridan keng foydalanish, shu jumladan Markazlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarini va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Markazlar birinchi navbatda tashkil etiladigan tumanlar (shaharlar) roʻyxati Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Markazlar tashkil etilishiga qarab, ushbu markazlarni mazkur vazirliklar huzurida faoliyat koʻrsatadigan shunga oʻxshash vazifa va funksiyalarni bajaruvchi reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarini optimallashtirish hisobiga tegishli mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining murojaatlariga muvofiq tashkil etiladigan Markazlarning toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida ularning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etsin hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fuqarolar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, qoʻshimcha yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisida maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʻljallangan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam boʻyicha hamma foydalanishi mumkin boʻlgan “tezkor aloqa”ni) tashkil etish maqsadida Markazlarni, shu jumladan Respublika markazini koʻp kanalli telefon aloqasi bilan taʼminlashda koʻmak bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagi masalalar yuzasidan Markazlar bilan hamkorlik qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni oʻz vaqtida aniqlanishini, bartaraf etilishini va oldi olinishini taʼminlash, ularning oqibatlarini, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali taʼsirchan yordam koʻrsatish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga koʻra sodir etilgan zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirliklar va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, xoʻjalik boshqaruvi organlari Markazlar, shu jumladan Respublika markazi bilan yaqin oʻzaro hamkorlik olib borilishini, ularda yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratilishini, oʻz vaqtida zarur yordam berilishini, aniq choralar koʻrgan holda ularning murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatishda, xalqaro (xorijiy) tashkilotlar va ularning vakolatxonalari bilan bitimlar tuzishda Respublika Markaziga va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga har tomonlama koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Qonun loyihasida quyidagi masalalar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy zoʻrlik ishlatish tushunchasini taʼriflash, zoʻrlik ishlatiladigan holat turlarini ajratib koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy zoʻrlik ishlatishning erta oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni farqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan taqiqlar oʻrnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish joyiga, oʻqish joyiga, yashash joyiga borishga taqiqlar qoʻyishni va ularni himoya qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy koʻrsatmalar institutini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudgacha va sud tekshiruvi jarayonida maishiy zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan maxsus protsessual kafolatlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy-maishiy sohada qonuniylikni va har bir oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish, shaxsiy hayotga aralashuv holati boʻyicha javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq eʼtirozsiz va qarshiliksiz odil sudlovdan foydalanishini va toʻliq himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nizoli vaziyatlarda va oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish aniqlangan hollarda samarali harakat qilish oʻrgatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “xavf ostidagi guruh”da boʻlgan oila aʼzolariga nisbatan har bir zoʻrlik ishlatilgan holat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarini va “Oila” markazini zudlik bilan xabardor qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlar, shuningdek, ularning tuzilmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi ushbu qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholiga yetkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3827-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3827-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor profilaktikasining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

“Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2018-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),
IIV
(P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Bosh prokuratura (O. Murodov),manfaatdor vazirliklar va idoralar. Xotin qizlar qoʻmitasi va BMTTD (kelishuv boʻyicha) qoʻshma loyihasi

2.

Nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy, ruhiy-jismoniy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda ularni profilaktika qilish masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo hamkorligi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2018-yil
1-avgustgacha

IIV (P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi
(T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

3

Oilada maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ruhiy-jismoniy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda profilaktika qilish boʻyicha Idoralararo chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo reja

2018-yil
1-sentabrgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

4.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzurida zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlar faoliyatini tashkillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Xotin-qizlar qoʻmitasi va BMTTD (kelishuv boʻyicha) qoʻshma loyihasi

II. Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish borasidagi ishlarni tashkil etish

5.

Maishiy zoʻrlik ishlatish, shu jumladan:

maishiy zoʻrlik ishlatish jabrdiydalari;

maishiy zoʻrlik ishlatgan va shunga moyil shaxslar;

maishiy zoʻrlik ishlatilishi jabrdiydalari tomonidan olingan yordam va xizmatlar;

maishiy zoʻrlik ishlatilishi faktlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlarga qilingan murojaatlar soni haqidagi xabarlar bayon etilgan maʼlumotlar yagona bazasini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Oliy sud (K. Kamilov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Oʻz joniga qasd qilishga moyil shaxslarni, shuningdek, keng kompleks koʻrsatkichlar, omillar va sabablarga koʻra oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini ishlab chiqish.

Idoralararo qaror

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov),

XTV(U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Davlat statistika qoʻmitasi (B.Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishni taʼminlash, shu jumladan:

ijobiy psixologik maslahatlar, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarining, shu jumladan psixologik va ruhiy-tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarning aloqa telefonlarini koʻrsatgan holda SMS orqali muntazam axborot bilan taʼminlash;

murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish va stressga chidamlilikni oshirish usullari toʻgʻrisida axborotlar beriladigan veb-saytlarni yaratish;

oʻz joniga qasd qilishga moyillikni uygʻotuvchi va ularni amalga oshirish usullariga oʻrgatuvchi axborotlar bayon etilgan veb-saytlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan axborotlar monitoringini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-noyabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov),
IIV
(P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov),Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), OʻzMAA (A. Kuchimov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov),XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Majidov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva)

8.

Taʼlim muassasalarining oʻquvchilarida vaziyat taqozosi bilan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari aniqlanganida shoshilinch psixologik va psixoterapevtik yordam koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, u quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:

oʻquvchida buzilish belgilari aniqlanganida psixoterapevt tomonidan bevosita taʼlim muassasasida shoshilinch maslahat berish tartibini oʻrnatish;

“xavf-xatar guruhi”da boʻlgan oʻquvchining holatini pedagog va psixolog tomonidan kuzatish;

“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash maqsadida taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni muntazam ravishda, birinchi navbatda oʻquv yili boshlanishida test orqali tekshirish va soʻrovnomalarni toʻldirish;

“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash boʻyicha pedagoglar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

9.

Taʼlim muassasalarida maishiy zoʻrlikni profilaktika qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

huquqni buzishga moyil oʻquvchilarni aniqlash va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish;

ota-onalar bilar oʻquvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar monitoringi;

ota-onalarning oʻz farzandlari tarbiyasi va taʼlim olishidagi ishtirokini oʻrganish;

oʻz farzandlarini majburiy mehnatga va gʻayriijtimoiy xulq-atvorga jalb etayotgan ota-onalarni aniqlash, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

XTV (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova),
IIV (P. Bobojonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Oilaviy va shaxslararo nizolarni, psixofizik zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish uchun taʼlim muassasalarini malakali ruhshunoslar bilan taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

XTV (U. Inoyatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

11.

Taʼlim muassasalarida ruhshunosning maqomini quyidagi yoʻllar orqali oshirish:

umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining dars jadvallariga tegishli mashgʻulotlarni kiritish;

oʻquvchilar orasida “xavf-xatar guruhi”ni aniqlash maqsadida ruhshunos tomonidan test tekshiruvlari va treninglarni oʻtkazish soatlarini ajratib berish va tegishli yordam koʻrsatish;

har bir taʼlim muassasasida ruhshunosni alohida ish kabineti bilan taʼminlash;

pedagog bilan oʻquvchilar oʻrtasida nizoli vaziyatlarning oldini olish boʻyicha pedagoglar bilan psixologik treninglar oʻtkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-sentabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)

III. Kadrlar tayyorlash, uslubiy taʼminot, shuningdek, axborot-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirish

12.

“Suitsidologiya asoslari” turkumini ruhshunoslar va pedagog kadrlar malakasini oshirish kursiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov ), XTV(U. Inoyatov)

13.

Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zoʻrlik qilish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilish sohasida bevosita faoliyat yuritadigan shaxslarni maxsus oʻquv kurslari tashkil etish, zoʻrlik ishlatilishiga qarshi kurash shakllari va uslublariga oʻrgatish boʻyicha seminarlar, treninglar, konferensiyalar oʻtkazish, shuningdek, maishiy zoʻrlik ishlatilishidan jabr koʻrganlar bilan ish olib borish orqali tayyorlash darajasi va malakasini oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova),
IIV (P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva)

14.

Suitsidologiya va krizisli holatlar psixoterapiyasi sohasidagi ilmiy-amaliy faoliyatni, jumladan, quyidagilar orqali ragʻbatlantirish:

“Krizisli holatlar psixoterapiyasi”, “Telefon orqali maslahat berish texnikasi” oʻquv dasturlarini yaratish;

suitsidologiya va psixoterapiya boʻyicha davlat tilida oʻquv adabiyotini ishlab chiqish hamda uni respublika tibbiyot va pedagogik taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga tatbiq etish;

Psixiatriya, Psixoterapiya, “Tibbiy psixologiyava Psixologiya” mutaxassisliklari boʻyicha tadqiqotlar uchun mavzularni tanlashda suitsidologiya vakrizisli holatlar psixoterapiyasi boʻyicha ilmiy-tadqiqotlarga ustuvorlik berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-oktabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)

15.

Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish, Xotin-qizlarga nisbatan zoʻrlik ishlatishga chek qoʻyish toʻgʻrisidagi deklaratsiya (BMT Bosh Assambleyasining 1993 y. 20-dekabrdagi 48/104-Rezolyutsiyasi) qoidalarini oʻrganish masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv dasturlariga kiritish.

Oʻquv-dasturlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

16.

Maishiy zoʻrlik ishlatilishi bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda sudyalar va advokatlar uchun oʻquv kurslarini joriy etish va treninglar oʻtkazish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov)

17.

Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish va profilaktika qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatga keng tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy asosda

“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), IHMM (A. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

18.

“Xavf-xatar guruhi”da boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish uchun “suitsidolog” va “tibbiy ruhshunos” lavozimlarini ayrim sogʻliqni saqlash muassasalarining amaldagi shtat normativlariga qoʻshimcha ravishda kiritish takliflarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumot xati

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

19.

Zoʻrlik ishlatishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ushbu tavsiyalarni maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tarqatish.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-oktabrgacha

OilaMarkazi (D. Toshmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva),IHMM (A. Saidov)

20.

Ota-onalarning farzandlarga nisbatan maishiy zoʻrlik ishlatish holatlarini, ularning gʻayriijtimoiy xulq-atvorini aniqlash, oilada zoʻrlik qilinishiga duchor boʻlgan bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-oktabrgacha

MTV(A. Shin), XTV(U. Inoyatov),
IIV(P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), OilaMarkazi (D. Toshmuhamedova), Mahalla jamgʻarmasi (Sh. Javlonov)

21.

Maishiy zoʻrlik ishlatilishi-ning oldini olish va unga chek qoʻyish sohasidagi vaziyatning jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-sentabrgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva),
“Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov)

22.

Oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy konfessiyalar hamda ommaviy axborot vositalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

23.

Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik qilish va oʻz joniga qasd qilish harakatlari, ularning salbiy oqibatlari, maishiy zoʻrlik qilishdan jabrlanganlar hamda oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslar uchun ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish muassasalari hamda boshqa muassasalar, shuningdek, maishiy zoʻrlik qilishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy asosda

MTRK (A. Xodjayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3827/1445-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)