30.06.2018 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada koʻpaytirish, import mahsulotlar hajmlarini kamaytirish, choy yetishtirishni tashkil qilish va choy mahsuloti ishlab chiqarishni takomillashtirish, aholini mamlakatimizda yetishtirilgan hamda ishlab chiqarilgan sifatli choy va choy mahsuloti bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining ilmiy muassasalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlar ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va Markazga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choy urugʻlari va koʻchatlarini tayyorlashni tashkil qilish, fermer xoʻjaliklari hamda tadbirkorlarni ular bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish, choy mahsuloti tayyorlash hajmlarini izchil oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choy mahsulotini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy liniyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni xorijiy davlatlarga chiqarish uchun uning yuqori sifatini saqlash va marketing tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish, choy yetishtirish va choy mahsulotini ishlab chiqarishning sinovdan oʻtkazilgan zamonaviy texnologiyalarini jalb qilish uchun jahondagi choy ishlab chiqaruvchilar bilan keng koʻlamli xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Bay Tea Group” MChJ va “BMB Trade Group” MChJ, shuningdek, choy ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklari Markaz muassislari hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati oʻz xoʻjalik faoliyati, jumladan, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi” MChJning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 18 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishiga zarurat boʻlganda, Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK yangi tashkil etilayotgan Markazga bir oy muddatda qulay va shinam binolar ajratilishi hamda ularning jihozlanishini, shuningdek, uning barqaror faoliyat yuritishi bilan bogʻliq tashkiliy masalalar hal etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2018 — 2025-yillarda choy yetishtirish uchun sanoat plantatsiyalarini tashkil etishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli viloyatlar hokimliklari va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan maqsadli parametrlarda nazarda tutilgan choy plantatsiyalarini tashkil etishga doir loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini 2018-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choy yetishtiriladigan sanoat plantatsiyalarini tashkil qilish maqsadida ushbu oʻsimlikning oʻsishi uchun qulay boʻlgan hududlarda 2018-yil 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda yerlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi choy yetishtirish uchun maydonlarni tanlash, plantatsiyalar tashkil qilish va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazishda Markazga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK Markaz bilan birgalikda 2018-yilning 10-iyuligacha boʻlgan muddatda Jizzax viloyatining Zomin tumanida choy yetishtirish va choy mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbariyati bilan birgalikda Oʻzbekiston xalqining milliy va tarixiy anʼanalarini eʼtiborga olgan holda, avgust oyining birinchi yakshanbasida choy bayrami oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi T.A. Jalilov, Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov, Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliyev, Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov va Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
490-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 490-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muassislar umumiy yigʻilishi

Taftish komissiyasi

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilm-fan va xomashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning agrotexnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari

Buxgalteriya

2

Xom ashyo va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish laboratoriyasi

2

Choyni qayta ishlashni rivojlantirish boʻlimi

2

Yuriskonsult

1

Urugʻchilikni rivojlantirish va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik boʻlimi

2

Prognozlash va bozor konyunkturasi marketingi boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Logistika boʻlimi

2

Ofis-menedjer

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 18 kishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/490/1424-son)