02.07.2018 yildagi PQ-3821-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumeʼtirof etilgan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish, mamlakatning maktabgacha taʼlim muassasalarida koʻp yillar davomida yetishmay kelayotgan pedagog va tarbiyachilar oʻrnini toʻldirish, innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) Toshkent shahrida Puchon universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv binolari, oʻquv-laboratoriya bazasi, talabalar turar joylari va Universitetning boshqa inshootlarini mebel, inventar, oʻquv va ilmiy jihozlar, tashkiliy texnika va kompyuterlar bilan jihozlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning kutubxona fondini shakllantirishga va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga (shu jumladan, Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) resurslar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda), zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli mahalliy ilmiy-pedagog kadrlarning, shu jumladan chet elda malaka oshirishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn tizimiga, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlariga zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud muammolar va mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn tizimini, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarini rivojlantirishga, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, boshqa korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida mustahkam oʻzaro hamkorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda kadrlar, birinchi navbatda, maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarga, shuningdek, arxitektura va dizayn sohasida hamda talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda taʼlim olish oʻzbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, toʻlov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan taʼlim grantlari boʻyicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining taʼlim olishi uchun ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga qabul 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha taʼlim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yoʻnalishlari boʻyicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega shaxslar oʻrtasida kirish imtihonlari oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli, tartibi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet bitiruvchilariga qoʻshimcha yuridik tartib-taomillarsiz Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni moliyalashtirish talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Tashkiliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish boʻyicha faoliyatni operativ boshqarish, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish masalalari boʻyicha Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlash jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan jadvallarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Universitet faoliyatining jamoatchilik boshqaruvi oliy organi 2-ilovaga muvofiq tarkibdagi uning Vasiylik kengashi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar boʻyicha koʻmaklashish Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatini tizimli oshirish, Universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining yanada rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini, pedagogik, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish va moliyalashtirish, samarali fundamental (amaliy) ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish, oʻquv, ilmiy va ilmiy-metodik materiallarni eʼlon qilish, Universitetda oʻquv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, Universitetning ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga xorijiy mamlakatlardan malakali va tajribali pedagoglar hamda mutaxassislarni jalb etish, pedagog kadrlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularning malaka oshirishdan oʻtishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun homiylik xayriyalari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni, eng avvalo, yetim bolalardan va ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalardan iborat talabalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning yashash joylarida boʻsh vaqtlarini foydali tashkil etish, shuningdek, talabalarning dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2018/2019 oʻquv yilida va keyingi yillarda Universitetga qabul qilish kvotalarini va oʻqish uchun kontrakt summasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus stipendiyalar berish orqali Puchon universitetiga (Koreya Respublikasi) va xorijning sohaviy boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish uchun eng istiqbolli talabalarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibi va doktorantlari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Universitetning Vasiylik kengashi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet Ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018/2019 oʻquv yili boshlanguniga qadar Universitetni Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasalarida foydalaniladigan zarur oʻquv-metodik komplekslar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Universitetga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlaridan kelib chiqib, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda oʻqishning yangi istiqbolli yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini ochishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga oʻqituvchilik qilish va ilmiy ish olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professorlar va oʻqituvchilarning yashashi hamda transport xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha, tuziladigan shartnomalar asosida haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol koʻchasi, 2-berk koʻcha, 38a-uy manzilida joylashgan Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga berilsin, keyinchalik bepul foydalanish uchun Universitetga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilonzor pedagogika kollejining oʻquvchilari oʻqishni tamomlagunlariga qadar Universitetga berilgan binolarda oʻqishni davom ettirishlari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018-yil uchun nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalarning tejalgan yoki oʻzlashtirilmagan limitlarini ushbu qarorning 9-bandida koʻrsatilgan binolar va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga hamda ularni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish orqali qayta taqsimlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 9-bandida koʻrsatilgan binolar va inshootlarni 2019-yil va undan keyingi yillar uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturining qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlariga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2021-yilning 1-iyuligacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet — barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning jalb etiladigan xorijlik xodimlari — yagona ijtimoiy toʻlovni va jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham toʻlov manbaidan olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni jihozlash va faoliyatini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va tashkiliy texnikalar, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyot, multimedia mahsuloti, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Universitet xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan malakali xorijiy (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan) mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3821-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3821-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.X. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

Li Son Yong

Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) vakili (kelishuv boʻyicha)

K.S. Rizayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3821-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Puchon universiteti Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

A.A. Abdullayev

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

A.K. Farmanov

“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori

B.I. Hakimov

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi

U.X. Sayidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 07/18/3821/1435-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)