02.07.2018 yildagi PQ-3821-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umume’tirof etilgan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish, mamlakatning maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘p yillar davomida yetishmay kelayotgan pedagog va tarbiyachilar o‘rnini to‘ldirish, innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) Toshkent shahrida Puchon universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv binolari, o‘quv-laboratoriya bazasi, talabalar turar joylari va Universitetning boshqa inshootlarini mebel, inventar, o‘quv va ilmiy jihozlar, tashkiliy texnika va kompyuterlar bilan jihozlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning kutubxona fondini shakllantirishga va uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan to‘ldirishga (shu jumladan, Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) resurslar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda), zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil etilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli mahalliy ilmiy-pedagog kadrlarning, shu jumladan chet elda malaka oshirishiga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn tizimiga, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud muammolar va mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn tizimini, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishga, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida mustahkam o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet oliy ta’lim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda kadrlar, birinchi navbatda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarga, shuningdek, arxitektura va dizayn sohasida hamda talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda ta’lim olish o‘zbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, to‘lov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari bo‘yicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining ta’lim olishi uchun ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga qabul 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslar o‘rtasida kirish imtihonlari o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish shakli, tartibi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet bitiruvchilariga qo‘shimcha yuridik tartib-taomillarsiz O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni moliyalashtirish talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Tashkiliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni operativ boshqarish, uning to‘laqonli faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish masalalari bo‘yicha Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur loyiha, qurilish-montaj va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik ta’minlash jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan jadvallarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Universitet faoliyatining jamoatchilik boshqaruvi oliy organi bo‘lib tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Universitetning Kuzatuv kengashi hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Universitetning Vasiylik kengashi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet Ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018/2019 o‘quv yili boshlanguniga qadar Universitetni O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi oliy ta’lim muassasalarida foydalaniladigan zarur o‘quv-metodik komplekslar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Universitetga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridan kelib chiqib, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘qishning yangi istiqbolli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini ochishga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga o‘qituvchilik qilish va ilmiy ish olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professorlar va o‘qituvchilarning yashashi hamda transport xarajatlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, tuziladigan shartnomalar asosida haq to‘lashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 2-berk ko‘cha, 38a-uy manzilida joylashgan Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berilsin, keyinchalik bepul foydalanish uchun Universitetga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilonzor pedagogika kollejining o‘quvchilari o‘qishni tamomlagunlariga qadar Universitetga berilgan binolarda o‘qishni davom ettirishlari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilangan tartibda:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018-yil uchun nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalarning tejalgan yoki o‘zlashtirilmagan limitlarini ushbu qarorning 9-bandida ko‘rsatilgan binolar va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga hamda ularni rekonstruksiya qilishga yo‘naltirish orqali qayta taqsimlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 9-bandida ko‘rsatilgan binolar va inshootlarni 2019-yil va undan keyingi yillar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturining qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlariga kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2021-yilning 1-iyuligacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet — barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning jalb etiladigan xorijlik xodimlari — yagona ijtimoiy to‘lovni va jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham to‘lov manbaidan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni jihozlash va faoliyatini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va tashkiliy texnikalar, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyot, multimedia mahsuloti, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Universitet xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan malakali xorijiy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan) mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3821-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3821-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

A.V. Shin

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, Tashkiliy komissiya raisi o‘rinbosari

I.U. Majidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

A.I. Axmedxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.X. To‘xtayev

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri

M.B. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

A.J. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

Li Son Yong

Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) vakili (kelishuv bo‘yicha)

K.S. Rizayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 07/18/3821/1435-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)