Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib va fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markazlar tomonidan fermer xoʻjaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar koʻrsatilishi maʼqullansin:
fermer xoʻjaliklari boʻyicha buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlash;
fermer xoʻjaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblanishini taʼminlash;
mavsum yakuni boʻyicha fermer xoʻjaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablagʻlari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash;
soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik boʻyicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkil etish;
moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini tashkil etish;
fermer xoʻjaligining yil yakuniga koʻra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish va keyingi yilga biznes reja tuzishda amaliy yordam berish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer xoʻjaliklarining sonidan va fermer xoʻjaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman hokimliklari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Markazlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari va pullik xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Bunda, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Har oy yakuni boʻyicha xodimlarga, ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari va boshqa daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlarining oylik maoshlari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengashga tushadigan badallar tushumi va xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Moliya vazirligiga moliyalashtirish manbalariga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
5. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Markazlar faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻ ajratilishini nazarda tutadi, 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Markazlarni moddiy — texnik taʼminlash teng ulushlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining zaxira jamgʻarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining belgilangan prognozlarni oshirib bajarilishi hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Kengash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Markazlar tomonidan, Kengashga aʼzo boʻlgan va oʻrnatilgan tartibda aʼzolik badallarini toʻlagan, davlat xaridlari uchun paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga bepul, boshqa qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga pullik asosda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi;
Kengashga, paxta xom ashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot yetishtiruvchi xamda aʼzolik badalini oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xoʻjaliklarda hisobotni tiklash maqsadida, Markazlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni maʼlum muddatga bepul amalga oshirish toʻgʻrisida tavsiya kiritish vakolatini berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya organlari tomonidan Markazlarga buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalari yuzasidan doimiy ravishda uslubiy koʻmak berib borilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman Bandlikka koʻmaklashish markazlari har bir tumandagi Markazlarga xodimlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bittadan mutaxassis biriktirilishi va fermer xoʻjaliklariga tegishli amaliy koʻmak berib borilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini xoʻjaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va fermer xoʻjaliklarining yer maydonlari boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin.
10. “Agrobank” ATBning Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Kengash bilan birgalikda:
bir oy muddatda fermer xoʻjaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga moʻljallangan dasturiy taʼminot ishlab chiqish, uni Markazlarda qoʻllash, kelgusida takomillashtirib borish, Markazlarga va Kengashga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklariga bepul tarqatish;
davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, toʻlovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va unga oid yangiliklarni doimiy ravishda Kengashning hamda “Agrobank” ATBning veb-saytida eʼlon qilib borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
11. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazlarni yuqori malakali buxgalter va soliq maslahatchilari bilan taʼminlash, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Buxgalterlar jamoat birlashmalari hamda soliq maslahatchilari birlashmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida filiallarini ochish, Markazlarda faoliyat yuritayotgan buxgalter va soliq maslahatchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin.
12. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan xolda ikki oy muddatda:
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni;
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibini ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-iyul,
PQ-3824-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tashkiliy
TUZILMASI
* 20 ta fermer xoʻjaligiga bitta buxgalter biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari
Keyingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Lavozim nomi |
Mehnatga haq toʻlash razryadi * |
|
1. |
Direktor |
10 |
|
2. |
Buxgalter |
9 |
|
3. |
Soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi |
8 |
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan respublikada oʻrnatiladigan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki baravarida qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkilny chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Qarorga 4-ilova kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami — 1281 nafar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 07/18/3824/1427-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)