B. Sayfullayev | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi |
K. Tursunov | — | Navoiy viloyati hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
O. Nazarbekov | — | Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari |
B. Yusupaliyev | — | Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari |
D. Nazarmuxammedov | — | Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
O. Kasimov | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari |
Q. Yuldashev | — | Axborottexnologiyalarivakommunikatsiyalarinirivojlantirishvaziriningo‘rinbosari |
Sh. Shoraxmetov | — | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
A. Nuridinov | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
A. Xodjayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. |
A. Kuchimov | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
U. Abdullayev | — | “Hunarmand” uyushmasi raisi |
A. Haydarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori, Tashkiliy qo‘mita kotibi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2018 yildagi 486-son
Кучга кириш санаси
29.06.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Milliy qo‘shiqchilik san’atining durdonasi bo‘lgan folklor san’atini keng targ‘ib etish, turli xalqlarning qo‘shiq, raqs, musiqa va sahna ko‘rinishlari kabi janrlarini o‘zida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini hamda ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san’ati ijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek folklor san’atini yanada taraqqiy ettirish, xalq ijodiyoti an’analarini jahonga tarannum qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) 2018-yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkil etish, yakuniy bosqichini Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
“Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) 1-ilovaga;
“Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini ko‘rish;
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, haykalcha namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
5. Navoiy viloyati hokimligi Nurota tumanidagi Festival o‘tadigan joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Festival o‘tkaziladigan sahna maydonlari talab darajasida tayyorlanishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Festivalga tashrif buyuruvchi ishtirokchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining viza buyurtmanomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalarida, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Festivalga bag‘ishlangan esdalik buyumlari loyihalari ishlab chiqilishini va Festival doirasida turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;
Festival tadbirlari dasturi ishlab chiqilishini va uning Festivaldan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmog‘ida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini ta’minlasin.
8. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Navoiy viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda, Festivalga xorijdan tashrif buyuradigan hay’at a’zolari va ishtirok etuvchi delegatsiyalarning yashash, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari, shuningdek, sovrindorlarni taqdirlash bilan bog‘liq pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratsin, 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
folklor san’atini keng targ‘ib etish, turli xalqlarning qo‘shiq, raqs, musiqa va sahna ko‘rinishlari kabi janrlarini o‘zida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini hamda ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san’ati ijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
xorijiy davlatlar bilan milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosning eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, muhofaza qilish va rivojlantirish;
an’anaviy badiiy san’atni ommalashtirish va zamonaviy hayot tarziga singdirish, yurtimiz va qo‘shni mamlakatlardagi eng yaxshi folklor jamoalari o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, go‘zallik, vatanparvarlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va boshqa chin insoniy qadriyatlarni tarannum etish;
milliy an’analarni asrab-avaylash, yoshlarda san’atga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, xalqaro miqyosida ijodiy aloqalar doirasini kengaytirish, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini ulug‘lash, o‘zaro madaniy-ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
turli millat vakillarini ma’naviy muloqotga jalb etish, milliy an’analar va estetik ideallar umumiyligi asosida xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash, madaniy turizmni rivojlantirish.
3. Festival 2018-yildan boshlab har ikki yilda bir marta ushbu Nizomga muvofiq uch bosqichda o‘tkaziladi.
Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. Festivalning asosiy tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi, Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hisoblanadi.
Festivalining I bosqichi joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida o‘tkaziladi;
I bosqich natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi Festivalning keyingi bosqichlarida qatnashishga tavsiya etilganlarga oid ariza, ijodiy tavsifnoma, tadbir haqida bayonnoma, fotosuratlar hamda videotasvirlardan iborat hujjatlar va materiallarni Festival o‘tkaziladigan yilning 25-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etadilar;
Festivalning II bosqichi Toshkent shahrida Festival o‘tkaziladigan yilning aprel oyining birinchi yarmida Festivalning I bosqich natijalariga ko‘ra keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilganlarning hujjatlari va materiallari asosida alohida nominatsiyalar bo‘yicha sirtdan tanlov shaklida o‘tkaziladi va uning natijalariga ko‘ra Festival final bosqichi afishasi shakllantiriladi.
Festivalning xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilari hujjatlari va materiallari tegishli davlatlardagi mutasaddi tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari orqali taqdim etiladi;
xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar Festivalning II bosqichidan boshlab ishtirok etadilar.
8. Festivalning yakuniy bosqichi, g‘oliblarning gala konserti hamda taqdirlash marosimi Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan muddatlarda o‘tkaziladi.
9. Festival doirasida ilmiy-ijodiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
10. Festivalda idoraviy mansubligidan qat’i nazar turli havaskor folklor jamoalari, ashula, musiqa va raqs ansambllari, yakkaxon ijrochilar ishtirok etishlari mumkin.
11. Festival ishtirokchilarining soni folklor san’ati bo‘yicha — 12 nafardan, qo‘g‘irchoqbozlik-tomosha san’ati yo‘nalishida — 4 nafardan oshmasligi lozim.
12. Nominatsiya bo‘yicha har bir ishtirokchining chiqish dasturlari ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
14. Festivalning I va II bosqichlarida hududlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan taniqli san’at va madaniyat arboblari, folklorshunos olimlar ishtirokida yetti kishidan iborat hakamlar hay’ati a’zolari ro‘yxati shaklantiriladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Festivalning yakuniy bosqichi ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan iborat xalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’at tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari kiritiladi.
repertuarning badiiy qiymati (etnografik aniqlik va asar qayta ishlanishi yoki stilizatsiyasidagi afzalliklar), materialda hududiy o‘ziga xosliklarining aks etishi;
og‘zaki, musiqiy, ashulachilik va raqs milliy an’analari ijrosi uslublari va yo‘llarining mutanosibligi;
bezakning badiiy saviyasi (kiyimlar, rekvizit) va uning milliy an’analarga mosligi, an’anaviy musiqa asboblaridan foydalanish;
17. Festival xalqaro hay’ati kollegiallik, erkin fikrlilik va professionalizm normalaridan kelib chiqib yakuniy bosqich barcha ishtirokchilarining dasturlari, asarlari va ishlari bilan tanishib chiqadi, ular bo‘yicha alohida nominatsiyalar bo‘yicha mustahkam asosli, har tomonlama mulohazali, mutlaqo xolis baho beradi.
18. Yakuniy bosqich Festival ishtirokchilarini bir necha guruhga bo‘lgan holda Festival o‘tkaziladigan hududdagi turli joylarda tashkil etiladi. Xalqaro hay’at ko‘rigidan o‘tgan yoki o‘z navbatini kutayotgan guruhlardagi ishtirokchilar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuziladigan maxsus jadval bo‘yicha joylarda tashkil etiladigan konsert dasturlari va ko‘rgazmalarda qatnashadilar.
20. Festivalning yakuniy bosqichi g‘oliblariga Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplomlar, sovrinlar va Festival ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Xalqaro hay’at qarori bilan eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan Laureat diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Bundan tashqari, har bir nominatsiyada bittadan I, II va III darajali diplomlar, Festival ishtirokchisi diplomlari hamda har bir qatnashchiga maxsus diplom beriladi.
22. Festival muassislari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, korxonalar, muassasalar, jamg‘armalar, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar ishtirokchilar uchun maxsus mukofotlar, sovrinlar, esdalik sovg‘alari va maxsus mukofotlar ta’sis etishlari mumkin.
23. Festivalning yakuniy bosqichi ishtirokchilari va mehmonlari, shuningdek, xalqaro hay’at a’zolari Tashkiliy qo‘mita tomonidan Festival o‘tkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan yo‘nalish bo‘yicha transport bilan ta’minlanadilar.
24. Festivalning I bosqichida ishtirok etish hamda yakuniy bosqich o‘tkaziladigan hududga joylardan kelib-ketish bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchilarni yuboruvchi tashkilot va muassasalar yoki ishtirokchilar hamda homiylar tomonidan qoplanishi mumkin.
25. Xorijiy mehmonlarning O‘zbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi hududida Festivalning barcha xorijiy ishtirokchilari va mehmonlari uchun ichki qatnovlar bo‘yicha avia va temir yo‘l chiptalari belgilangan tartibda sotiladi, mehmonxona haqi so‘mda qabul qilinadi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq madaniyat va ko‘rik-tanlov g‘oliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi.