25.06.2018 yildagi 471-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz va Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizdagi mavjud yerlardan samarali foydalanish, tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan manzarali va mevali daraxt hamda buta turlarini koʻpaytirish, hududlarda madaniy oʻrmonlarni barpo etish, dorivor va ozuqabop oʻsimliklarni yetishtirish, koʻpaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklarining ilovaga muvofiq yer maydonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz va Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qarorining 5-ilovasiga muvofiq shakllantirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining ustavlari va shtatlar jadvallari bir oy muddatda tasdiqlanishi hamda ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun maʼmuriy binolar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun yer uchastkalarini ajratish hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini va yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 471-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz va Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat oʻrmon xoʻjaligi nomi

Tashkil etilayotgan hudud nomi

Davlat oʻrmon xoʻjaligiga doimiy foydalanishga beriladigan yer maydonlari (ga)

1.

Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumani

2050,5

2.

Qonlikoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani

1993,3

3.

Shahrisabz ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani

18672

4.

Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani

24005

Jami

46720,8

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/471/1393-son)