Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari tugrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi ka pop qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyun,
467-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Teri, moʻyna xomashyosi va qorakoʻl tayyorlashni va ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-avgustdagi 366-son qarorining 1 va 4-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bogʻliq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 64-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 40, 41, 45, 56 va 57-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilova 40-bandining “b”, “v” va “g” kichik bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 137-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ilovaning 26, 27 va 30-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekistan Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 13-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 17-avgustdagi 642-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 866-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 35-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)