20.06.2018 yildagi PF-5460-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlashning va farmatsevtika tarmogʻini boshqarishning yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakat aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishga, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini va aholi sogʻligʻining koʻrsatkichlarini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muayyan muammolar hanuzgacha hal qilinmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, dori vositalarini, jumladan, ularni ishlab chiqarish va qoʻllashga yuqori talablar qoʻyilgan mamlakatlarda tayyorlangan dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimi haddan tashqari murakkabligicha qolmoqda, bu esa samarasiz dori vositalarining olib kirilishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarning keng tarmogʻini yaratish, shuningdek, farmatsevtika bozorida davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish va shaffof raqobatni oʻrnatish zarurati ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qatʼiy narxlarda sotish tartibini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va Oʻzbekiston farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qatʼiy narxlarda sotish toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari (substansiyalar) va dori preparatlari (keyingi oʻrinlarda dori vositalari deb ataladi)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalarini tan olish tartibini 2018-yil 1-avgustdan joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizligi, sifati va samaradorligi boʻyicha shubha uygʻotmaydigan dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlarni tabaqalashtirish asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarning tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan taqdirda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Farmonning 1-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartib qoʻllaniladigan dori vositalari ushbu vositalarning xavfsizligi, sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida ekspertiza qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5229-sonli Farmonining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilgʻor xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida bir oy muddatda asosiy kasalliklarning diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollari qayta koʻrib chiqilishini hamda har chorakda Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxati qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yil 20-iyulga qadar muddatda tanqidiy oʻrganish oʻtkazib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalarini tan olish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va realizatsiya qilinishiga talablarni takomillashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini tartibga soluvchi boshqa masalalar boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Bosh prokuratura va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarda qoʻllashga taqiq mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilsin, bunday taqiqlarni joriy etishning sabab va shart-sharoitlarini oʻrgansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ular kelgusida qoʻllanilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018-yil 20-iyulga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5460-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 06/18/5460/1380-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son)