Oʻzbekiston respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Qarori
Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2521-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2013-yil 30-oktabrdagi 21-son qarori (roʻyxat raqami 2521, 2013-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-iyun,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2018-yil 8-iyundagi 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davyergeodezkadastr qoʻmitasi deb yuritiladi).”;
tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi — Davyergeodezkadastr qoʻmitasi tasarrufidagi tashkilotlar.”.
2. 5, 13, 18 va 29-bandlardagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davyergeodezkadastr qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6, 8, 12 va 24-bandlardagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Davyergeodezkadastr qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 7 va 25-bandlardagi “tuman fermerlari kengashining” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 10-bandda:
“tuman fermerlari kengashi” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi” degan soʻzlar “tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq hoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 8-iyun
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2018-yil 8-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2521-1/1364-son)