Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonini bajarish, shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatini ilmiy-uslubiy taʼminlashning sifati va samaradorligini oshirish, huquqiy siyosatning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda Tadqiqot instituti deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Tadqiqot instituti:
Oldingi tahrirga qarang.
yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, adliya organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida respublikaning yetakchi davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 20 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki:
Tadqiqot institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Tadqiqot instituti xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Tadqiqot instituti xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda darajali unvonlar beriladi, darajali unvonlar va uzoq yillik xizmati uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi;
Tadqiqot instituti xodimlariga avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar Tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Tadqiqot institutining joriy taʼminotiga ajratiladigan budjet mablagʻlari;
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
tadqiqotlar oʻtkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarish (xizmat koʻrsatish)dan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Tadqiqot instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Tadqiqot institutining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlanishini taʼminlasin;
Tadqiqot institutini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadqiqot institutiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida uning taʼminoti uchun 2018-yilda zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini ajratsin va keyinchalik esa har yili mablagʻ ajratishni nazarda tutsin;
ikkita yengil, shu jumladan bitta biriktirilgan xizmat avtotransporti vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
8. Tadqiqot instituti:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika axboroti;
xorijiy matbuot sharhlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining tahliliy axborotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy tarzda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadqiqot institutining buyurtmanomasiga koʻra uni belgilangan tartibda zarur boʻlgan aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek keng qamrovli Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
10. Tadqiqot institutiga Toshkent shahar, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 69-uy manzilida joylashgan bino operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-apreldagi 193-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyun,
442-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 442-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 20 birlik.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/442/1352-son, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)