Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 11.06.2018 yildagi 442-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonini bajarish, shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatini ilmiy-uslubiy ta’minlashning sifati va samaradorligini oshirish, huquqiy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tadqiqotlar markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Tadqiqot instituti deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Tadqiqot instituti:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, sud-huquq sohasini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobraqamlarga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 25 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot instituti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot instituti xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda darajali unvonlar beriladi, darajali unvonlar va uzoq yillik xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot instituti xodimlariga avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lashga doir rag‘batlantirish shartlari Institut xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot institutining joriy ta’minotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar o‘tkazishdan va shartnoma asosida ishlarni bajarish (xizmat ko‘rsatish)dan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot instituti ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot institutining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadqiqot institutiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida uning ta’minoti uchun 2018-yilda zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini ajratsin va keyinchalik esa har yili mablag‘ ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita yengil, shu jumladan bitta biriktirilgan xizmat avtotransporti vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadqiqot instituti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika axboroti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy matbuot sharhlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliy axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy tarzda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadqiqot institutining buyurtmanomasiga ko‘ra uni belgilangan tartibda zarur bo‘lgan aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadqiqot institutiga Toshkent shahar, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy manzilida joylashgan bino operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-apreldagi 193-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 442-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktor o‘rinbosari* — Sud-huquq va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasini huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi

5

Bosh buxgalter

1

AKT bo‘yicha katta mutaxassis

1

Ijtimoiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi

5

Umumiy bo‘lim

2

Iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi

5

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

1

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Davlat boshqaruvi samaradorligini o‘rganish bo‘limi

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 25 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Direktor o‘rinbosari lavozimi aynan ushbu ustunga kiritilishi shartli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri buyrug‘i bilan direktor o‘rinbosari tegishli bo‘lim boshlig‘i etib tayinlanishi mumkin. Bunda mazkur tuzilmaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi talab qilinmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/442/1352-son, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)