Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 982-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 982-4, 08.05.2023-y.) asosan 2023-yil 11-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 403-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 982, 2000-yil 4-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 21-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-aprel,
15/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1.3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Markaziy bankning bank nazorati qoʻmitasi
2.1. Markaziy bankning bank nazorati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat, shuningdek auditor malaka sertifikatlarini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
2.2. Qoʻmitaga quyidagi masalalar boʻyicha kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatiladi:
auditorlarga malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarni banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) kiritish;
roʻyxatga olish maʼlumotlari oʻzgargan holda, reyestrga tegishli aniqliklar kiritish;
auditorlarga qoʻyiladigan malaka talablarni ishlab chiqish;
auditorlarning malaka imtihonlari va attestatsiyasini oʻtkazish;
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatish, tugatish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
2.3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va mazkur Nizomga amal qiladi.
2.4. Qoʻmitaga taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
2.5. Hujjatlar qoʻmitaning majlisida koʻrib chiqilishidan oldin Markaziy bankning tegishli boʻlinmalari va qoʻmitaning aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
2.6. Qoʻmita zarurat yuzaga kelishiga qarab chaqiriladi va oʻz majlislarini oʻtkazadi.
2.7. Hujjatlar Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti tomonidan tayyorlanadi va qoʻmita majlisi muhokamasiga kiritiladi.
2.8. Qoʻmita majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qoʻmita qarorlari ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Qoʻmita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
2.9. Qoʻmita qarorlari majlisda qatnashayotgan Qoʻmita aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.”.
3. 3.3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
oliy iqtisodiy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (diplom xorijiy davlatda olingan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinganligi haqidagi hujjatning) va mehnat daftarchasi (nusxalar olinib, asli qaytariladi);”.
4. 3.6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Imtihon komissiyasi” degan soʻzlar “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 3.7-banddagi “imtihon komissiyasining” degan soʻzlar “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 3.8 va 3.9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.8. Malaka imtihonlarining natijalari imtihonlar oʻtkazish kunida qoʻmita tomonidan daʼvogarlarga eʼlon qilinadi.
3.9. Malaka sertifikati imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarlarga 15 kun muddat ichida beriladi. Malaka sertifikatlari davlat reyestriga sertifikat egasining imzosi qoʻydirilgan holda malaka sertifikati beriladi.”.
7. 3.10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8. 3.13-banddagi “Komissiya” degan soʻz “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 3.16-banddagi “komissiyaning” degan soʻz “Qoʻmitaning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 6.2-bandning toʻqqizinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Komissiyasi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. 6.6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.6. Qoʻmitaning malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.”.
12. 7.2-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markaziy bank” degan soʻz “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. 7.3-banddagi “Markaziy bank Komissiyasi” degan soʻzlar “Qoʻmita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
14. 7.5-banddagi “Markaziy bankning” degan soʻzlar “Qoʻmitaning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
15. 8.13-banddagi “faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish” degan soʻzlar “prudensial nazorati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 1-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank auditi komissiyasi raisi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 20-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)