1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehkon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3680-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondlarida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga shakllantirilgan va shakllantiriladigan ulush nomidan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari yoki Jamgʻarma ishtirokchi boʻlishi mumkin;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijrochi direktori lavozimiga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, Jamgʻarmaning hududiy vakillari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek. “Tomorqa xizmati” MCHJlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalarni lizingga berish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻninchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamgʻarmani belgilangan tartibda Hukumat va shahar aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi raisi (Z. Mirzayev) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi
Xaitov A.A.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, Kengash raisining oʻrinbosari
Muxitdinov E.M.
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
Karimov A.R.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Umarov Z.S.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
Achilov M.A.
—
AT “Agrobank” raisi oʻrinbosari
Rasulov Sh.G.
—
AT “Mikrokreditbank” raisining birinchi oʻrinbosari
Abbosov N.R.
—
AT “Xalq banki” raisining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijrochi direktori, Kengash masʼul kotibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, sobiq aʼzolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 25 nafar, shu jumladan, 16-nafar Jamgʻarmaning hududiy vakillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida ustuvor ravishda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Jamgʻarma hududiy vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi shtat birligi soni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi bilan kelishgan holda ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433- son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, oʻz emblemasi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish, kredit resurslaridan foydalanishni kengaytirish sohasida qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish, shuningdek qishloq xoʻjaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarga muhtoj “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini shakllantirish yoʻli bilan ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari, asbob-uskunalar hamda tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Vasiylik kengashi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlaydi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlarini kredit ajratish uchun tijorat banklariga berishning, Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishning, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar ustav fondida ishtirok etishning har yilgi cheklangan parametrlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyati ustidan nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilganligi uchun Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda va miqdorlarda taqdirlash pullari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning ijroiya organi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi direktor deb ataladi) Jamgʻarma ijro etuvchi apparati rahbari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro etuvchi direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga operativ rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarga muvofiq Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilishini toʻxtatadi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik, kredit shartnomalarini va boshqa shartnomalarni, shu jumladan, resurslarni ajratish va tijorat banklarining depozitlarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisobotlari belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatini saqlab turish Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida hamda Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan tashkil topadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq oʻn beshta xizmat avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun mablagʻ ajratiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan tegishlicha 350 milliard soʻm miqdoridagi bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan, mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar uning oʻz mablagʻlari hisoblanadi va Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida sarflanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tijorat banklarida ochiladigan hisob raqamlarida jamlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 2019-yil 31-dekabrga qadar 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurslar joylashtirishga. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomorqa xizmati” MCHJlarga kredit ajratish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga resurs sifatida 2 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda mablagʻlar taqdim etishga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan olingan grantlar hisobiga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlarga grantlar ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologiyalari va asbob-uskunalar, tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirishga;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berishga 2020-yil 1-iyuldan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 4 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ajratiladi;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yildan boshlab aholi tomorqalarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, dehqon xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarining hamda “Tomorqa xizmati” MCHJlar va ishlab chiqarish kooperativlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 44-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2021-y., 09/21/44/0072-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani faoliyatini saqlab turish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarni rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga;
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda tomorqadan samarali foydalanish yoʻnalishida 2 million soʻmgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning oʻn ikkinchi xatboshida keltirilgan obyekt va uskunalar fermer, dehqon xoʻjaliklari, “Tomorqa xizmati” MCHJlari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga Jamgʻarmadan ajratiladigan kredit evaziga va (yoki) lizing shartlari asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur obyektlarni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashni saqlashga va moddiy-texnik taʼminlashga hamda mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamgʻarma daromadlarning 30 foizi miqdordagi mablagʻlar uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(17-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tijorat banklariga resurslar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tijorat banklariga resurslar ajratish uchun Jamgʻarma va bosh tijorat banki oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan ushbu mablagʻlar “Tomorqa xizmati” MCHJlarga kredit ajratish uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-iyuldan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi.
(19-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan “Agrobank” ATBga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Uyushmaning sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan, 3 oyga imtiyozli davr bilan ikki foiz bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi alohida kelishib olinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 44-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2021-y., 09/21/44/0072-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bosh kelishuvni tuzish uchun tijorat banklari Jamgʻarmaga bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi) tomonidan tasdiqlangan bosh kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi qarorning yoki bosh kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning bir nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda yoki ularning tavsiyanomasiga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya etilgan qarzdor kredit olish boʻyicha talablarga mos boʻlmaganda tijorat banklari kredit bermaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh kelishuvni tuzgan tijorat banklari mablagʻlar olish uchun Jamgʻarmaga hududlar boʻyicha hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bilan kelishilganligini tasdiqlovchi axborot koʻrsatilgan qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga kiritilgan buyurtmanomalar qonunchilikda belgilangan talablarga mos boʻlmagan taqdirda, tijorat bankiga resurs qisman ajratilishi yoki ajratilmasdan qaytarib yuborilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun foydalanilayotgan resurslar uchun bosh bank bosh kelishuvda nazarda tutilgan tijorat banki marjasini ajratib qolgan holda imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foiz hisoblaydi, ushbu mablagʻlar jamgʻarib boriladigan hisobraqamida yigʻiladi va bosh kelishuvda belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning tegishli bank hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tijorat banki foydalanilmagan va muddatidan oldin qaytarilgan, shuningdek, maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlarni Jamgʻarma hisobraqamiga qaytarishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qarz oluvchi — tomorqa yer egalari kredit olishdan bosh tortgan taqdirda, buyurtmanoma kiritgan tijorat banki tomonidan Jamgʻarma bilan kelishilgan holda ajratilgan resurslar boshqa tomorqa yer egalariga rasmiylashtirilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)