Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3680-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, jumladan, markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamg‘arma vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamg‘arma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamg‘armaga qo‘shimcha shtat birliklari jalb etish, O‘zbekiston fermerlari kengashiga zarurat bo‘lganda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondlarida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan ulush nomidan O‘zbekiston fermerlari kengashi, hududiy fermerlar kengashlari ishtirokchi bo‘lishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy fermerlar kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ijrochi etuvchi direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston fermerlari kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi, Jamg‘armaning hududiy vakillari hududiy fermerlar kengashlari raislari o‘rinbosarlari hisoblanadi. Bunda Jamg‘arma ijrochi direktoriga Kengash faoliyatida ishtirokidan kelib chiqib, Kengash mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, tayyor intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etish, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirish tartibi Jamg‘arma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qaroriga muvofiq mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizgacha miqdordagi Jamg‘arma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning o‘n birinchi xatboshisidagi maqsadlar uchun Jamg‘armaning “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav kapitalidagi ulushlarini nominal (balans) qiymatida O‘zbekiston fermerlari kengashiga hamda hududiy fermerlar kengashlariga berishga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 2A-uy manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin hamda mazkur manzilda ajratilgan hudud va xonalarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ta’mirlash vakolati berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Toshkent shahri hududida yer maydoni sotib olib, ma’muriy bino qurishi yoki tayyor binoni xarid qilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamg‘armani belgilangan tartibda Hukumat va shahar aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi raisi (Z. Mirzayev) Jamg‘armaning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-iyun,

O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vasiylik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh.M. G‘aniyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi
A.A. Xaitov
—
O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi, Vasiylik kyengashi raisining o‘rinbosari
E.M. Muxitdinov
—
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari
A.R. Karimov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari
A.A. Raximov
—
O‘zbekiston fermerlari kengashi raisining o‘rinbosari
I. Amanov
—
ATB “Agrobank” raisi o‘rinbosari
R. Sulaymonov
—
ATB “Mikrokreditbank” raisining o‘rinbosari
G.A. Rashidova
—
AT “Xalq banki” raisining o‘rinbosari
T.A. Sattarov
—
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ijrochi direktori, Vasiylik kyengashi a’zosi va mas’ul kotibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, sobiq a’zolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, jumladan, markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari miqdori Jamg‘arma vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamg‘arma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamg‘armaga qo‘shimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bo‘lim boshlig‘i bir vaqtning o‘zida Jamg‘arma ijro etuvchi direktori o‘rinbosari hisoblanadi, Kengash raisi bilan kelishgan holda o‘rinbosar vazifasini bajarish boshqa bo‘limlar boshliqlariga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamg‘arma ulushi ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Yuridik xizmat va buxgalteriya xizmati autsorsing asosida tashkil etilishi mumkin.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433- son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston fermerlari kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma muassasa shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga, o‘z emblemasi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish, kredit resurslaridan foydalanishni kengaytirish sohasida qo‘llab-quvvatlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalari, asbob-uskunalar yoki ular joylashgan bino-inshootlar bilan birga, shuningdek, tayyor intensiv bog‘ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 bob. Jamg‘armani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi to‘g‘risida nizomni tasdiqlaydi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga resurs ajratish, lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda Jamg‘armaning boshqa asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mablag‘lar ajratishning har yilgi prognoz parametrlarini belgilaydi. Bunda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga tashabbuskorlarning talabidan kelib chiqqan holda har yilgi parametrlardan kelib chiqib qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi mumkin;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyati ustidan nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘lari shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armani yillik auditdan o‘tkazish uchun, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ishtirokchi hisoblangan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitalidagi ulushlarini va ularning yirik bitimlari doirasidagi aktivlarini tasarrufidan chiqarish tartibini belgilaydi, odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar bundan mustasno;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari ochiq ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Vasiylik kengashi majlis bayonlari so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilganligi uchun Jamg‘armaning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda va miqdorlarda taqdirlash pullari to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘armaning ijroiya organi hisoblanadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi direktor deb ataladi) Jamg‘arma ijro etuvchi apparati rahbari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro etuvchi direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joriy faoliyatiga operativ rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarga muvofiq Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini tashkil etadi va shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilishini to‘xtatadi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamg‘arma nomidan ish ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma nomidan mehnat, xo‘jalik, kredit shartnomalarini va boshqa shartnomalarni, shu jumladan, resurslarni ajratish va tijorat banklarining depozitlarida joylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning pul mablag‘lari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisobotlari belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilayotgan majburiyat va vakolatlar Jamg‘arma ijro etuvchi direktori o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatini saqlab turish Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamg‘armaning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamg‘arma ijro etuvchi direktori va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘arma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq va ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida hamda Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mablag‘laridan tashkil topadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma o‘z xodimlarining lavozim maoshlariga 5 baravargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llashga haqli.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq o‘n beshta xizmat avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun mablag‘ ajratiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armada ish yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida Jamg‘arma vasiylik kengashi bilan kelishgan holda uning faoliyatidagi barcha hisob-kitoblarni va hujjatlashtirish jarayonini qamrab oluvchi hamda “oilakredit.uz” yagona elektron platformasiga integratsiya qilinadigan axborot dasturi yaratiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2023 yil 10iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosanchiqarilgan—Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, mablag‘larni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lar uning o‘z mablag‘lari hisoblanadi va Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida sarflanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning tijorat banklarida ochiladigan hisob raqamlarida jamlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 751-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/751/3720-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida quyosh panellarini o‘rnatish, artezian quduqlarini qazish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va dala do‘konlarini qurish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi to‘rli issiqxonalar) qurish, ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovutish omborxonalarini tashkil etish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “o‘simliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlari uchun aylanma mablag‘larga talabgorlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablag‘lari va Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga grantlar ajratish. Bunda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grant ajratish yo‘nalishlari va tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etish, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va o‘rnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar berish. Bunda, kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinadi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga va mazkur obyektlarni sotish uchun savdo maydonlari tashkil etishga. Bunda mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan faoliyat Jamg‘arma ta’sischiligida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek mazkur obyektlar fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga Jamg‘armadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing to‘lovlari asosida mazkur obyektlarning o‘zini garovga qo‘yish huquqi asosida Jamg‘arma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamg‘arma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalida Jamg‘arma ulushi shakllantirilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatida ishtirok etish va ularga qo‘shimcha mablag‘ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish. Bunda o‘quv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi borasida innovatsion yo‘nalishlarni ommalashtirish maqsadida mahalliy va xalqaro seminar va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda xorijda o‘tkaziladigan bu kabi tadbirlarda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, Kengash va Jamg‘arma xodimlarini ishtirokini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashni saqlash va moddiy-texnik ta’minlash hamda mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamg‘arma daromadlarning 30 foizi miqdordagi mablag‘lar (pul mablag‘lari yoki boshqa aktivlar ko‘rinishida) uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamg‘armaning tijorat banklariga resurs ajratish va mablag‘larini depozitga qo‘yishdan olingan, shuningdek Jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘lariga tijorat banki tomonidan to‘langan foiz ko‘rinishidagi daromadlari Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari bo‘lib, konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari yoki budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MCHJlarga 300 million so‘mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan hamda tijorat banklariga qo‘yilgan depozit mablag‘larining qaytmagan qismi mazkur bandning birinchi xatboshisida keltirilgan manbalar hisobidan yaratilgan zaxira mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning “Tomorqa xizmati” MCHJlar ustav fondini shakllantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lari mazkur bandning birinchi xatboshida keltirilgan manbalar hisobidan shakllantirilgan bo‘lib, Jamg‘armaning o‘z aktivlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmoni 6-bandida belgilangan mablag‘lar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazib berilgandan so‘ng Jamg‘armaning balansida mavjud barcha aktivlar, jumladan pul mablag‘lari Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining daromadidan shakllangan o‘z aktivlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyati va mablag‘lari davlat tashqi auditi va moliyaviy nazorati organlari nazorat obyekti hisoblanmaydi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tijorat banklariga resurslar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tijorat banklariga resurslar ajratish uchun Jamg‘arma va bosh tijorat banki o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuziladi.
(19-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bosh kelishuvni tuzish uchun tijorat banklari Jamg‘armaga bankning tegishli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlangan bosh kelishuv tuzish to‘g‘risidagi qarorning yoki bosh kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning bir nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ko‘ra oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya etilgan talabgor kredit olish bo‘yicha talablarga mos bo‘lmaganda tijorat banklari kredit bermaslik huquqiga ega.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarga kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlaridan tashqari boshqa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari asosida ham ajratilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh kelishuvni tuzgan respublika tijorat banklari yoki ularning viloyat filiallari mablag‘lar olish uchun Jamg‘armaga hududiy fermerlar kengashlari bilan kelishilganligini tasdiqlovchi axborot va hududlar bo‘yicha qarz oluvchilar — loyiha tashabbuskorlari ko‘rsatilgan buyurtmanomani taqdim etadilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Olingan buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma mablag‘larni tijorat bankiga o‘tkazib beradi, shuningdek, fermerlar bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari uchun mablag‘lar tijorat banklarining umumiy buyurtmanomasi asosida (tashabbuskor — fermerlar bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari ko‘rsatilmagan holda) ham o‘tkazib berilishi mumkin.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga kiritilgan buyurtmanomalar qonunchilikda belgilangan talablarga mos bo‘lmagan taqdirda, tijorat bankiga resurs bo‘lib — bo‘lib ajratilishi yoki ajratilmasdan qaytarib yuborilishi mumkin.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan hamda fermer xo‘jaliklariga kredit berish uchun foydalanilayotgan resurslar uchun bosh bank bosh kelishuvda nazarda tutilgan tijorat banki marjasini ajratib qolgan holda imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foiz hisoblaydi, ushbu mablag‘lar jamg‘arib boriladigan hisobraqamida yig‘iladi va bosh kelishuvda belgilangan muddatlarda Jamg‘armaning tegishli bank hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga maxsus elektron axborot dasturlari orqali rasmiylashtirib berilishi mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer egalariga onlayn tarzda mikrokreditlar ajratish uchun resurslar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining takliflariga asosan Jamg‘arma tomonidan respublika tijorat banklariga tumanlar kesimida joylashtiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/798/1226-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tijorat banki foydalanilmagan va muddatidan oldin qaytarilgan, shuningdek, maqsadsiz ishlatilgan mablag‘larni Jamg‘arma hisobraqamiga qaytarishga majbur.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari Jamg‘armadan ajratilgan kreditlarni tashabbuskorlar tomonidan maqsadli foydalanilishi va tijorat bankiga qaytarilishi to‘g‘risida Jamg‘armaga har oyning 5-sanasiga qadar tashabbuskorlar kesimida axborot taqdim etadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamg‘arma tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)