Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
429-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida:
a) 48-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari (individual qarorlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Vazirlar Mahkamasining majlisi) tomonidan maʼqullangandan keyin kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga kiritiladi”;
b) 54-bandning birinchi xatboshidagi “tegishli tarkibiy boʻlinmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 711 va 712-bandlar qoʻshilsin:
“711. Hukumatning protokol qarorlari loyihalari tasdiqlangunga qadar majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va imzolanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinishi shart.
712. Hukumatning protokol qarorlari loyihalarini va ekspertizadan oʻtkazish ularning hisobga olinishi tartibini Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan belgilanadi.”
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 1-ilova 1-boʻlimining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)