Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari bir hafta muddatda tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislari funksional vazifalarining taqsimlanishini tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-dekabr,
561-son
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Yigʻma departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Yigʻma departamentning faoliyati:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini umuman mamlakat iqtisodiyotida hamda mintaqalarida bozor islohotlari va tarkibiy islohotlar masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga;
makroiqtisodiy, tarmoq va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy va tarkibiy siyosat samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlashda markaziy iqtisodiy idoralar, boshqaruvning tarmoq organlari va Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlarining prognoz-tahlil faoliyatini muvofiqlashtirishga;
iqtisodiy islohotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakat mintaqalarida roli va ahamiyatini oshirishning ahvolini tahlil qilish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishga yoʻnaltirilgan.
3. Yigʻma departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yigʻma departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek Yigʻma departamentga hisob beradi.
7. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududiy boʻlinmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan Yigʻma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
II. Yigʻma departamentning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Yigʻma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirish sohasida:
markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
iqtisodiyotdagi, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning va tarkibiy sifat oʻzgarishlari monitoringi tizimini yaratish;
Hukumatning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar boʻyicha maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni taʼminlashning strategik vazifalarini bajarishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashni va tarqatishni, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) hududlarni rivojlantirish sohasida:
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy boʻlinmalarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda mamlakat mintaqalarida iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mintaqalarda, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning, ijtimoiy vaziyatning va tarkibiy iqtisodiy islohotlarning tizimli monitoringini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan hududlarning muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolari boʻyicha maqsadli hududiy dasturlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
har bir mintaqada aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini koʻpaytirish va turmush darajasini oshirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
9. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi masalalari boʻyicha maʼlumotlar bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, oʻrganadi, oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Yigʻma departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini, Vazirlar Mahkamasi departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari boʻyicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yigʻma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Yigʻma departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Yigʻma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Yigʻma departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
IV. Yigʻma departamentning tuzilmasi
12. Yigʻma departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, departament mudirining hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish, hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Yigʻma departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Yigʻma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
14. Yigʻma departament mudiri, mudir oʻrinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Yigʻma departament faoliyatini tashkil etish
15. Yigʻma departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning oʻrinbosarlari shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari bilan kelishiladi va Yigʻma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
16. Yigʻma departament mudiri:
Yigʻma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, oʻz oʻrinbosarlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar, funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Yigʻma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Yigʻma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
oʻz oʻrinbosarlari va Yigʻma departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularni tasdiqlash uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Yigʻma departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Yigʻma departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Yigʻma departament mudiri oʻrinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga taqdim etadi.
17. Yigʻma departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Yigʻma departament mudirining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
18. Yigʻma departament mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va oʻziga boʻysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotlarning tizimli bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
chiquvchi xat-xabarlarni Yigʻma departament mudirining topshirigʻiga binoan imzolaydi;
Yigʻma departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Yigʻma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
19. Yigʻma departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Yigʻma departament mudiri oʻrinbosariga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
20. Yigʻma departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Yigʻma departament mudiri, uning oʻrinbosari va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga birkitilgan soha boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Yigʻma departament mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
21. Inspektor Yigʻma departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi; agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot va tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
fermerlik harakati monitoringini taʼminlash va uning rivojlanishini tahlil etish;
qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi monitoringini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda agrosanoat kompleksini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xoʻjalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli taʼminlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, agrosanoat kompleksi tarmogʻiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrosanoat kompleksi tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishga doir takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish ishlarini tashkil etish;
seleksiya va urugʻchilik, naslchilik, veterinariya, oʻsimliklar karantini, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirishni tahlil qilish va unga doir takliflar tayyorlash;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida tarmoqlar, boʻgʻinlar va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi sohasida:
suv xoʻjaligi kompleksida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar monitoringini taʼminlash va ularning amalga oshirilishini tahlil qilish, suv xoʻjaligida boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlar oʻzlashtirilishini tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
suv xoʻjaligi tizimi ishlashi masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipini va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish asosida suv resurslarini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
v) yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida:
erdan foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
er resurslari, ekologik vaziyat monitoringini taʼminlash va yer resurslaridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, tabiatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish;
erdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
er resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
atrof muhit muhofazasi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
davlat yer kadastri, davlat kartografiya-geodeziya kadastri, binolar va inshootlarning davlat kadastri, shuningdek Davlat kadastrlarining yagona tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
er resurslari va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish masalalarini tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
g) agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish sohasida:
agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlarida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
agrosanoat komlpeksining qayta ishlash korxonalari monitoringini taʼminlash va ular faoliyatini tahlil qilish;
agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlarida boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlari korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
agrosanoat kompleksi tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan soha masalalari boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
agrosanoat kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi; agrosanoat kompleksining qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha axborot — tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi ahvol va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan litseylar va kollejlar qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda ahvol va vaziyatni tahlil qilish;
kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
loyihalash va qurilish ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari tashkil etish darajasini oshirish;
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga oʻtishni taʼminlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning ahvolini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini taʼminlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
respublika qurilish kompleksini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
d) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, harbiylashtirilgan tuzilmalarning moddiy-texnik taʼminoti sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi monitoringini va nazorat qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan taʼminlash;
xavfli yuklar tranziti ahvoli monitoringi va tahlilini taʼminlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishni belgilangan tartibda taʼminlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish;
xavfli yuklar tranziti ustidan nazoratni tashkil etish;
harbiylashtirilgan tizimlarni moddiy-texnik taʼminlash masalalarini ishlab chiqish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash, ushbu yoʻnalishda ishlarni muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini yaratishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlashni, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajarishni amalga oshiradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatini yoqilgʻi-energetika kompleksi; geologiya, qidiruv-geologiya ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; energetika; rangli va qora metallurgiyani rivojlantirish, kimyo sanoatini rivojlantirish; mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish; harbiy — sanoat kompleksi korxonalarini rivojlantirish; safarbarlik va davlat zaxiralari; standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha axborot va tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) yoqilgʻi-energetika kompleksi sohasida:
yoqilgʻi-energetika kompleksida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashni oʻrganib chiqish va u boʻyicha takliflar tayyorlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Moliya vazirligi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa manfaatdor organlari bilan birgalikda yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari, yoqilgʻi-energetika resurslari va birlamchi energetika resurslarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari ishlab chiqilishini tashkil etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish, respublikaning yoqilgʻi-energetika tarmogʻida raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
koʻmir sanoati korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar negizida rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish ishlari monitoringini olib borish va muvofiqlashtirish;
b) geologiya, qidiruv-geologiya ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
geologiya sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, qidiruv-geologiya ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
geologik oʻrganish, yer bagʻridan foydalanish va muhofaza qilish, moddiy-xomashyo bazani qayta tiklash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
geologiya, qidiruv-geologiya ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;
Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa istiqbolli neft-gaz viloyatlarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal olib borish masalalari boʻyicha ishlarning ahvoli monitoringi va tahlilini taʼminlash, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
koʻmir qazib olish uchun geologiya-razvedka ishlari monitoringi va ularni muvofiqlashtirish, koʻmir konlarini qazishning samarali tizimlari va usullarini joriy etish;
v) energetika sohasida:
energetikada islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
energetikada ishlarning ahvoli monitoringi va tahlilini taʼminlash hamda energetika sohasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish, davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan energetikani rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
elektr energetikasini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va maqsadli dasturlari, elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari ishlab chiqilishini tashkil etish;
generatsiyalovchi quvvat va elektr tarmoqlarini ilgʻor texnologiyalar negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
g) qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish sohasida:
metallurgiya tarmogʻida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
qora va rangli metallurgiya tarmoqlarida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish, bozor iqtisodiyotining prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etishni tahlil etish va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
qora va rangli metallurgiya korxonalarini zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash ishlarining holati monitoringi, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
qora va rangli metallurgiya korxonalari mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi marketing tadqiqotlari va tahlilini tashkil etish;
d) kimyo sanoatini rivojlantirish sohasida:
kimyo sanoatida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga qaratilgan yagona texnika siyosatini oʻtkazishga doir takliflarni tahlil etish va tayyorlash, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, raqobatga bardoshli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, eksport salohiyatni kengaytirishga qaratilgan oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligining mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalariga boʻlgan ehtiyoji marketing tadqiqotlari olib borilishi hamda ularga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni aniqlash ishlarini muvofiqlashtirish;
e) mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida:
mashinasozlik va elektrotexnika sanoatida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etishga, tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirishga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga qaratilgan davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni tahlil etish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlash;
mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida monitoring olib borish va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qilish;
marketing tadqiqotlari olib borish, ichki va tashqi raqobatga bardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga chiqishi ishlarini muvofiqlashtirish;
j) harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini rivojlantirish sohasida:
harbiy-sanoat kompleksi korxonalarida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik zamonaviylashtirish, respublika korxonalarida harbiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqarishni, qurol-yarogʻ, texnika va harbiy maqsaddagi boshqa mol-mulkni taʼmirlashni oʻzlashtirishni tahlil etish va ular boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni shakllantirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy va davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
harbiy-sanoat kompleksi korxonalarining mahsulotlari tashqi bozorlarga yetkazib berilishini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
z) safarbarlik va davlat zaxiralari sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining safarbarlik va davlat zaxiralarini jamlash masalalariga tayyorligini tizimli oʻrganish va holatini tahlil etish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan olingan tovarlar va mahsulotlarning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borilishini va ishlarning ahvoli tahlil etilishini taʼminlash;
safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy va davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralari shakllantirilishini, shu jumladan ularning toʻplanishi, saqlanishi va yangilanishini, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
i) standartlashtirish va metrologiya sohasida:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, xalqaro standartlarni qoʻllash asosida, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirishni tahlil etish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlar sertifikatlanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasida boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borish va ishlarni muvofiqlashtirish;
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz yuritishiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, yoqilgʻi-energetika kompleksi; geologiya, qidirish-geologiya ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; energetika; rangli va qora metallurgiyani rivojlantirish, kimyo sanoatini rivojlantirish; mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish; harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini rivojlantirish; safarbarlik va davlat zaxiralari; xavfli yuklar tranziti; standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejasi, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejasi, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining ularga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini yaratishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlashni, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajarishni amalga oshiradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Isteʼmol tovarlari va savdo masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasini isloh qilish va rivojlantirish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida:
oziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish masalalari monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
oziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
b) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida:
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish masalalari monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etishni tashkil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil etish;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jahon standartlariga javob beradigan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
v) savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida:
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, savdo va pulli xizmat koʻrsatish sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va koʻrgazmalarning isteʼmol tovarlari qismi boʻyicha faoliyatini, aholini isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash va pulli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha marketing tadqiqotlarini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdolarni, pulli xizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish, savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek savdo va xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimlarini oʻrganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasini isloh qilish va rivojlantirish; savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatini axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, aloqa va pochtani rivojlantirish, axborot va matbuot masalalari boʻyicha axborot va tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida:
Milliy axborot tizimi, telekommunikatsiya tizimlari ahvoli va rivojlanishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
axborotlashtirish, axborot va telekommunikatsiya tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirishni shakllantirish va taʼminlashda ishtirok etish;
axborotlashtirish, axborot tizimlari, telekommunikatsiya masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning axborotlashtirish, axborot va telekommunikatsiya tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
monitoringni taʼminlash hamda axborotlashtirish, davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari, axborot resurslari va xizmatlar bozorini shakllantirish va ularni rivojlantirish sohasida ishlarning ahvolini tahlil etish, axborot va telekommunikatsiya tizimlaridagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari, axborot resurslari hamda xizmatlar bozorini rivojlantirish, axborot va telekommunikatsiya tizimlari sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, mazkur sohaga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etishning borishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, davlat organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng va samarali qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
axborot va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, shuningdek xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
axborot tizimlarida, telekommunikatsiyalar sohasida axborot xavfsizligi holatini oʻrganish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini taʼminlashning shakllari va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash ahvoli boʻyicha monitoring oʻtkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
b) aloqa va pochtani rivojlantirish sohasida:
aloqa va pochta sohasida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish, aloqa va pochtadagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
aloqa va pochta tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirishni shakllantirish va taʼminlashda ishtirok etish;
aloqa va pochta masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning aloqa va pochtalarning faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
aloqa va pochta korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ushbu jarayonlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aloqa va pochta sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mazkur sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmalarini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
monitoringni tashkil etish, aloqa va pochta korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
aloqa va pochta korxonalarini favqulodda vaziyatlar sharoitlarida faoliyat yuritish uchun tayyorlash boʻyicha ishlarning tashkil etilishini nazorat qilish;
aloqa va pochta korxonalari, vositalari hamda tarmoqlarini zamonaviylashtirish va texnik qayta jihozlash, mazkur sohaga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
aloqa va pochta xizmatlari sifatini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash, aloqa va pochta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish, tahlil qilish va ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda aloqa va pochta sohasining zamonaviy texnologiyalarga, texnika aloqa va vositalariga ehtiyojlarini oʻrganish boʻyicha ishlarini tashkil etish, aloqa va pochta sohasining tegishli texnologiyalar, texnika aloqa va vositalariga ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflarni tayyorlash;
aloqa va pochta sohasida xalqaro hamkorlik boʻyicha monitoring oʻtkazish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
v) axborot va matbuot sohasida:
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarini tarqatish, arxiv ishi va ish yuritishning ahvoli hamda ularni rivojlantirish tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish, noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarini tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqi va aralash huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish va ularni amalga oshirishni taʼminlashda ishtirok etish;
ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi, mualliflik huquqi va aralash huquqlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqi va aralash huquqlarni himoya qilish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
ommaviy axborot vositalarining barcha turlari faoliyati, ularni tarqatish tizimlari monitoringini olib borish va tahlil qilish, mazkur sohada boshqaruvning shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalari faoliyatida raqobat muhitini shakllantirish va taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha monitoring oʻtkazish va tahlil qilish, mazkur sohalarda boshqaruvning shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish, boshqaruv va bozor prinsiplari va mexanizmlarini xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
nashriyotlar va matbaa korxonalarini, kitob savdosi va bosma mahsulotlarni tarqatuvchi tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ushbu jarayonlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holati monitoringini olib borish va tahlil qilish, arxiv ishi, arxiv fondlarini saqlash tizimini takomillashtirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va muassasalarida ish yuritish samaradorligi hamda muntazamliligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
mualliflik huquqi va aralash huquqlarni himoya qilish tizimi boʻyicha monitoring olib borish hamda uning samarali tizimi mavjud boʻlishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizimni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, nashriyot ishi, matbaachilik, kitob va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish tizimi, arxiv ishi va ish yuritishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaachilik faoliyati, arxiv ishi hamda ish yuritish, ommaviy axborot vositalarini, kitob va boshqa bosma mahsulotlarini tarqatish tizimining samaradorligini oshirish va ularni rivojlantirish boʻyicha vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
axborot bozorini tartibga solish, ommaviy axborot vositalari faoliyati, noshirlik va matbaachilik faoliyati, kitob va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqi va aralash huquqlarni himoya qilish tizimi sohasida xalqaro hamkorlik boʻyicha monitoring olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda kelgusida hamkorlik qilish samaradorligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirining oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli sohalarni rivojlantirish, ularda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli sohalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlaydi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalar ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishi tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, aloqa va pochtani rivojlantirish, axborot va matbuot masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departamentning ishiga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departamentning ishi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning choraklik ish rejasi, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejasi, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallar, prognozlar va ekspert xulosalar tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini, ularni tayyorlash maqsadida, muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Departament mudiri va bosh mutaxassisning topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlar tizimlashtirilgan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini, ularni tayyorlash maqsadida, muhokama qiladi.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini taʼlim va kadrlar tayyorlash, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat, sport va turizm; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida:
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilishni taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini taʼminlash;
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy taʼlim tuzilmalari bilan koʻp tomonlama va samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
b) sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasida:
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining, shuningdek ijtimoiy muhofaza boʻyicha dasturlarning bajarilishini monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasining faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
aholi salomatligi saqlanishi va yaxshilanishini maqbullashtirish, samaradorligini oshirish va taʼminlash, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirish, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida aniq yoʻnaltirilganlikni va aholini qamrab olishni kuchaytirish boʻyicha vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash, mamlakatda respublika farmatsevtika sanoatining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish monitoringini olib borish;
v) fan va innovatsiyalar sohasida:
ishlarni muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashiga yuklangan davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlari amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va texnologiya salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada isloh qilishning strategik vazifalari va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ulardan amaliyotda keng foydalanish;
Fanlar akademiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fan va innovatsiya, intellektual mulkni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishi boʻyicha faoliyatining muvofiqlashtirish;
fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish prinsiplarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini ilmiy va innovatsion faoliyatdagi boshqaruv va xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
g) madaniyat, sport va turizm sohasida:
madaniyat, sport va turizm sohasida ishlarning ahvolini tizimli va kompleks oʻrganishni, tahlil qilishni tashkil etish;
madaniyat, sport va turizm masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
madaniyat, ommaviy sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyatni, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismoniy sogʻlom, maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlash;
turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, respublikada turistik xizmatlar infratuzilmasini shakllantirish dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
sogʻlom avlodni tarbiyalashning tarkibiy qismi sifatida bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
d) Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish sohasida:
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
“Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish Davlat dasturining tizimli va kompleks joriy etilishini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilining amal qilishi sohasida monitoring va tahlil qilishni taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, taʼlim va kadrlar tayyorlash; sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat, sport va turizm; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini yaratishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini xalqaro hamkorlikda ustuvorliklarni amalga oshirish; jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; eksport salohiyatni kengaytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish; xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlar bilan aloqalar monitoringini olib borish; Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilish; tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot va tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xalqaro hamkorlikda ustuvorliklarni amalga oshirish monitoringi boʻyicha:
xalqaro hamkorlik sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini taʼminlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshliligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi boʻyicha shart-sharoitlar yaratilishida ishtirok etish va ular boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi rivojlantirilishini taʼminlash;
tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va ularning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning bajarilishi monitoringi olib borilishi sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tayyorlanishi jarayonini muvofiqlashtirish;
eng muhim tashqi iqtisodiy, tashqi savdo shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar) tayyorlash, tuzish va amalga oshirish jarayonini huquqiy taʼminlash;
b) jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish sohasida:
investitsiya dasturlari va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kreditlar va toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
joriy investitsiya muhiti tahlili va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalar oqimi jalb etilishi uchun shart-sharoitlarni yanada takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
investitsiya qoʻyish jarayonini, xorijiy investorlar va ular ishtirokidagi korxonalar faoliyati shart-sharoitlarini, xorijiy investorlarning huquqlari himoya qilinishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari shartlari va eng muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi parametrlari tuzilishi va ularga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti toʻgʻrisida, shu jumladan investitsiya qoʻyish jarayonining asosiy tartib-qoidalari masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari haqidagi axborot bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish hamda xorijiy investorlarni jalb etishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda alohida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, moliyalashtirish sxemalarini, ekspertiza tashkil etilishini koʻrib chiqish;
eng muhim investitsiya shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar) tayyorlash, tuzish va amalga oshirish jarayonini huquqiy taʼminlash, shuningdek eng muhim investitsiya loyihalari boʻyicha shartnomalar (kontraktlar, bitimlar)ni huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
eng muhim investitsiya loyihalari amalga oshirilishining barcha bosqichlarining tizimli yuridik monitoringini tashkil etish;
v) eksport salohiyatini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish sohasida:
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tovarlarning jahon bozorlarini kompleks marketing tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish hamda eksport hajmini yanada koʻpaytirish va uning tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda har yili tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozini tuzish va uning bajarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
ishlab chiqarish salohiyatini yanada oʻstirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;
xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning ayrim turlari boʻyicha importning oʻrnini bosuvchi tarmoq dasturlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va uni amalga oshirish monitoringi dasturini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xorijiy mamlakatlar bilan harbiy-texnik hamkorlik dasturlarni amalga oshirish boʻyicha respublika vazirliklari va idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish;
g) xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlar bilan aloqalar monitoringi boʻyicha:
hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
mamlakat qonun hujjatlarini Jahon savdo tashkilotining prinsiplari va qoidalari bilan uygʻunlashtirish jarayonini muvofiqlashtirish;
Jahon savdo tashkilotiga kirish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish;
ustuvor yoʻnalishlarni va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning imtiyozli kreditlari va grantlarini, texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar bilan moliyaviy va texnik hamkorligi dasturlari amalga oshirilishi monitoringi;
d) Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlik shartnomalari va bitimlarini tayyorlash va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
mintaqaviy hamkorlik sohasida Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan bitimlar bajarilishi masalalarida vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
MDHga aʼzo davlatlar ishtirokida iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga doir takliflarni ishlab chiqish;
e) tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyati nazorat qilinishini taʼminlash:
tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyati masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtirish;
davlat eksport dasturlari va import boʻyicha topshiriqlar tashqi savdo va transport kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi monitoringini olib borish, ular tomonidan amalga oshiriladigan eng yirik kontraktlarning samaradorligini baholash.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha axborot bilan taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiradigan sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi va Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro va Hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi strategiyasini shakllantirishda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati holatini, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida islohotlarni yanada shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga davlat tashriflari va safarlari bilan bogʻliq tadbirlarni axborot-tahliliy, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy taʼminlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari yordamida xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan alohida investitsiya loyihalari boʻyicha Hukumat qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va bajarishni nazorat qilish jarayonini taʼminlaydi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining muammoli masalalari oʻz vaqtida hal etilishi jarayonini muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya va transport-kommunikatsiya hamkorligi sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tayyorlanishini nazorat qiladi;
eng muhim tashqi iqtisodiy, tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar)ning huquqiy ekspertizasini oʻtkazadi va ularni amalga oshirish barcha bosqichlarining tizimli monitoringini tashkil etadi;
eksport prognozlarini, Investitsiya dasturini va Mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonun hujjatlarini sharhlaydi va ular boʻyicha tushuntirishlar beradi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallarni Vazirlar Mahkamasining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash;
tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek davlat-tijorat banklarining hisobotlarini eshitish va oʻz vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar berish;
Vazirlar Mahkamasida koʻriladigan masalalarni puxta ishlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish;
tashqi aloqalar sohasida eng muhim muammolar boʻyicha maslahatlashish, ularni oʻrganish va hal etish, ushbu sohada takliflar tayyorlash uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi olimlari va mutaxassislarini, shuningdek xorijiy ekspertlarni jalb etish;
moliyaviy va texnik koʻmaklashish boʻyicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga hamda xorijiy agentliklarga soʻrovlar yuborish;
xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning, xorijiy hukumat muassasalarining vakillari bilan olib boriladigan muzokaralarda qatnashish;
xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralarda kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyatiga tegishli qism boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari bilan mustaqil yozishmalar olib borish;
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining axborotlari va elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari va yirik investorlarning oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi takliflari ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, xalqaro hamkorlikda ustuvorliklarni amalga oshirish; jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish; eksport salohiyatni kengaytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish; xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlar bilan aloqalar monitoringini olib borish; Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilish; tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi. Departament tuzilmasiga shuningdek Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashining kotibi ham kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishiga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning choraklik ish rejasi, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentning choraklik ish rejasi, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, Departament mutaxassislari malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli turkumlangan maʼlumotlar bazalari yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Raisining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining holati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli turkumlangan maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi, ularning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi (yurist):
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishini tashkil etadi, ularning amaldagi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini yuridik ekspertizadan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalari boʻyicha yuridik xulosalarni bosh mutaxassis va Departament mudirining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishni huquqiy taʼminlaydi;
tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
davlat boshqaruvi organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganadi, ularning qoʻllanilishi amaliyoti va samaradorligini umumlashtiradi;
tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish masalalari boʻyicha mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslari hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan kengashlar va maslahatlashuvlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro shartnomalarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda va ularning bajarilishi monitoringida qatnashadi;
eng muhim investitsiya loyihalari boʻyicha shartnomalar (kontraktlar, bitimlar)ni oʻrganadi va ularning huquqiy ekspertizasi natijalariga baho beradi;
eng muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlari monitoringini mustaqil amalga oshiradi va uni tashkil etishda qatnashadi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari boʻyicha yuridik xulosalar beradi;
materiallarning ishlanishi sifati, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash va oʻziga yuklangan funksiyalar bajarilishi uchun javob beradi.
19. Etakchi mutaxassis — Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi kotibi:
Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi majlislari oʻtkazilishini tashkiliy taʼminlaydi;
Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi majlislarini oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishi, tahlil etilishi, umumlashtirilishi va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi qarorlari tegishlicha rasmiylashtirilishini amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi va Eksport salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi qarorlari bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi.
20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 495-modda; 2005-y., 14-son, 102-modda, 30-31-son, 234-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda, 39-son, 404-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 2009-y., 49-son, 523-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)